O'zbekiston Respublikasi

Davlat soliq qo'mitasining

Soliq akademiyasi

 

gerb

   sitemap

 

 

"Shunga erishmog'imiz kerakki, har bir soliq to'lovchi, u xoh jismoniy, xoh yuridik shaxs bo'lsin, soliq to'lashdan bo'yin tovlamasdan, daromadlarini yashirishga urinmasdan, aksincha, o'z ishlab chiqarishini rivojlantirish va daromadini oshirishga intilsin"   I.A.Karimov. 

Home  /  Tuzilma  /  Akademiya kengashi

Akademiya kengashi

ko'chimov

Akademiya Ilmiy kotibi: Kuchimov Nurali Norqizilovich
Qabul vaqti: Har kuni
Telefon: (0371) 275-56-92
Elektron manzil: Kuchli73@gmail.com

 

 

 

Akademiya Kengashi 24 nafar a’zodan iborat bo‘lib,  uning majlislari har oyning oxirgi shanba kunida utkaziladi.Akademiya Kengashi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 y. 9-son, 225-modda) va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 y. 9-son, 225-modda) va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 y. 11-12-son, 295-modda) qonunlariga hamda “Oliy ta’lim to‘g‘risida”gi Nizomi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining normativ hujjatlari asosida faoliyatini olib bormoqda. Kengashning maqsadi – Soliq akademiyasi jamoasi say’-harakatlari, intellektual salohiyati va boshqa barcha imkoniyatlarni O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi qonunlariga belgilangan vazifalarning bajarilishini ta’minlash, oliy ta’limning davlat ta’lim standarti talablari darajasida mukammal bilim, malaka, ko‘nikmalarga ega bo‘lgan professional mutaxassislar tayyorlashga yo‘naltirishdan iborat.

Kengashning asosiy maqsadlari quyidagicha etib belgilangan:

-  Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejalari va dasturlarining qat’iy bajarilishini o‘rganib chiqadi hamda ustivor masalalar bo‘yicha tavsiya va topshiriqlar belgilaydi;

  - O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Respulikasi Davlat soliq qo‘mitasi hay’at qarorlarida belgilangan Akademiyaga tegishli qarorlar ijrosi yuzasidan Kengash qarorlari qabul qiladi.

  - fakultetlarning o‘quv, ilmiy tadqiqot va ma’naviy-ma’rifiy ishlari to‘g‘risidagi, qabul komissiyasining qabul natijalari to‘g‘risidagi hisobotlarini eshitadi hamda tegishli qaror qabul qiladi;

- ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejalari ijrosi, professor-o‘qituvchilar tarkibining malaka oshirish va qayta tayyorlash masalalarini muhokama qiladi hamda tegishli qarorlarni qabul qiladi;

  - Soliq akademiyasi rivojlanishining yillik va istiqboliy rejalarini tasdiqlaydi, moddiy-texnik ta’minot va moliyaviy-xo‘jalik faoliyati natijalarini muhokama qiladi hamda tegishli qarorlarni qabul qiladi;

- fakultet va kafedralarni ochish, tugatish, o‘zgartirish, shuningdek marketing xizmati takliflarini hisobga olgan holda yangi bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish yoki to‘xtatish bilan bog‘lik masalalar bo‘yicha qaror qabul qiladi;

- “Oliy ta’lim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq professor-o‘qituvchilar lavozimlarini egallash uchun tanlovlar o‘tkazadi;

- professor, dotsent ilmiy unvonini olishga intilayotgan izlanuvchilarning xujjatlarini ko‘rib chiqadi va belgilangan tartibda ilmiy unvonga tasdiqlashga taqdim etadi;

- ta’lim jarayonining o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlanganligi, yangi avlod darslik va o‘quv qo‘llanmalari, shuningdek innovatsion ta’lim texnologiyalarini qo‘llashga asoslangan o‘quv-uslubiy majmualarni tayyorlash va nashr etish masalalarini muhokama qiladi;

- Soliq akademiyasi iqtidorli talabalari va stajer-tadqiqotchi-izlanuvchilari safidan  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi va nomli davlat stipendiyalar tanlovida ishtiroq etadigan nomzodlarni tavsiya etadi;

- Soliq akademiyasi  talabalari va xodimlarining texnika xavfsizligi va mehnat muhofazasini takomillashtirish bo‘yicha tadbirlarni belgilashga doir qarorlar qabul qiladi.

Kengash majlisi bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bayonnomalar Kengash raisi va Kengash kotibi tomonidan imzolanadi.