O'zbekiston Respublikasi

Davlat soliq qo'mitasining

Soliq akademiyasi

 

gerb

   sitemap

 

 

"Shunga erishmog'imiz kerakki, har bir soliq to'lovchi, u xoh jismoniy, xoh yuridik shaxs bo'lsin, soliq to'lashdan bo'yin tovlamasdan, daromadlarini yashirishga urinmasdan, aksincha, o'z ishlab chiqarishini rivojlantirish va daromadini oshirishga intilsin"   I.A.Karimov. 

Home  /  Tuzilma  /  Bo'limlar  /  Axborot texnologiyalar bo'limi

Axborot texnologiyalar bo'limi

photo_2016-05-01_02-21-46

Bo’lim muhandisi: Mirzaliyev Saxiybek Maxamadali o’g’li
Qabul vaqti: Har kuni 14:00-17:30
Telefon: (0-371)230-16-39  ichki: 151
E-mail: sakhiybek@mail.ru

 

Bo'lim o‘zining faoliyatini va rivojlanishini yaratilayotgan dasturiy hamda multimediya mahsulotlari va boshqa mahsulotlar, ko‘rsatilayotgan xizmat va ish turlari bo‘yicha rivojlanish istiqbollarni rejalashtiradi, hamda bo'limning ishlab-chiqarish, ijtimoiy va material-texnik bazasini kengaytirishni belgilaydi.

Bo’lim vazifalari:

  • Akademiya binolarida kompyuter va orgtexnika ishlashini ta’minlash;
  • Kompyuter tarmoqlarini proektlashtirish va montaj qilish;
  • Akademiya kompyuter tarmog’ining domen va terminal infratuzilmasini tashkil qilish va qo’llab turish;
  • Sistema, amaliy va maxsus dasturiy ta’minotni o’rnatish;
  • O’quv auditoriyalar va tuzilma bo’linmalarning domen va terminal infratuzilmasini tashkil qilish va qo’llab turish;
  • Akademiya kompyuter tarmog’ining xavfsizligini kompleks ta’minlash;
  • O’qituvchi va xodimlarni o’quv va tashkiliy jarayonlarida informatsion texnologiyalaridan foydalanish masalalari bo’yicha maslahatlar berish;
  • Bo’linmalar talabnomalariga ko’ra foydalanuvchilarning ishchi joylarini installyatsiyalash;
  • Kompyuter texnikasi va orgtexnika buzuqliklarni aniqlash;
  • Sistema bloklarini ta’mirlash (o’rta va yuqori daraja murakkabligi) — ma’lumotlarni tiklash, testlash, komponentlarni ta’mirlash va almashtirish;
  • Akademiya saytlarini tadqiq qilish va ta’minlab turish;
  • Akademiya balansida turgan va infomatsion texnologiyalar bo’limi hisobida turgan (kompyuterlar, serverlar, printerlar, skanerlar va x.k.) mavjud moddiy boyliklarini hisob-kitob qilish;
  • O’quv jarayoniga yangi informatsion texnologiyalarni tashkil qilish va joriy etishda ko’maklashish;
  • Akademiyaning o’qish jarayonida o’qitish samaradorligini oshirishga yordam beruvchi zamonaviy texnik vositalardan qo’llashni tashkil qilish;
  • Hisoblash texnikasini sotib olish uchun hujjatlarni tayyorlash, rasmiylashtirish va muvofiqlashtirish. Hisoblash texnikalarning sifati va ularni sotib olish imkoniyatlarini hisobga olgan holda bo’linmalarning talabnomalarini moslashtirish, muvofiqlashtirish va to’g’rilash. Hisoblash va orgtexnika rivojlanish tendentsiyalarni kuzatish.

Ishlash funktsiyalarini saqlagan holda dasturiy ta’minot uchun xarajatlarni minimallashtirish maqsadida tijorat va erkin dasturiy mahsulotlar bo’yicha litsenziyalashning optimal variantalrini aniqlash. Dasturiy ta’minotni tanlash va sotib olish.

Lokal tarmog’ni proektlashtirish, montaj qilish va ta’mirlash.

Bo’linmalarning talabnomalariga ko’ra ma’lumotlar migratsiyasi, hisoblash texnikasini ta’mirlashda va kuchaytirishda operatsion sistemalari bo’yicha drayverlarni qidirish.

Akademiya o’qituvchilari, talabalari va xodimlari uchun Internetga yuqori tezlik bilan kirish yo’lini ta’minlash.

Akademiyaning elektron pochtasi ishini ta’minlash.