O'zbekiston Respublikasi

Davlat soliq qo'mitasining

Soliq akademiyasi

 

gerb

   sitemap

 

 

"Shunga erishmog'imiz kerakki, har bir soliq to'lovchi, u xoh jismoniy, xoh yuridik shaxs bo'lsin, soliq to'lashdan bo'yin tovlamasdan, daromadlarini yashirishga urinmasdan, aksincha, o'z ishlab chiqarishini rivojlantirish va daromadini oshirishga intilsin"   I.A.Karimov. 

Home  /  Davlat ramzlari  /  O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BAYROG'I

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BAYROG'I

 

Davlat bayrog`i O'zbekiston Respublikasining 1991 yil 18 noyabrdagi 407-XII-sonli «O'zbekiston Respublikasining Davlat bayrog'i to'g'risida»gi Qonuni bilan tasdiqlangan.

O‘zbekiston Respublikаsining Dаvlаt bаyrog‘i O‘zbekiston Respublikаsi dаvlаt suverenitetining rаmzidir.

O‘zbekiston Respublikаsining Dаvlаt bаyrog‘i xаlqаro munosаbаtlаrdа O‘zbekiston Respublikаsining timsoli bo‘lаdi.

O‘zbekiston Respublikаsining Dаvlаt bаyrog‘i — bаyroqning butun uzunligi bo‘ylаb o‘tgаn to‘q moviy rаng, oq rаng vа to‘q yashil rаngli uchtа endаn tаrkib topgаn to‘g‘ri to‘rtburchаk shаklidаgi mаtodir.

Davlat bayrog‘i va uning ramzi bugungi O‘zbekiston sarhadida qadimda mavjud bo‘lgan davlatlar bilan tarixan bog‘liqligini anglatadi hamda respublikaning milliy-madaniy an’analarini o‘zida mujassamlashtiradi.

Bayroqdagi moviy rang tiriklik mazmuni aks etgan mangu osmon va obihayot ramzi. Timsollar tilida bu – yaxshilikni, donishmandlikni, halollikni, shon-shuhrat va sadoqatni bildiradi. Binobarin, Amir Temur davlati bayrog‘ining rangi ham moviy rangda edi.

Bayroqdagi oq rang – muqaddas tinchlik ramzi bo‘lib, u kun charog‘onligi va koinot yoritkichlari bilan uyg‘unlashib ketadi. Oq rang – poklik, beg‘uborlik, soflikni, orzu va hayollar tozaligi, ichki go‘zallikka intilishning timsoli.

Yashil rang – tabiatning yangilanish ramzi. U ko‘pgina xalklarda navqironlik, umid va shodumonlik timsoli hisoblanadi.

Qizil chiziqlar – vujudimizda jo‘shib oqayotgan hayotiy qudrat irmoqlarini anglatadi.

Navqiron yarim oy tasviri bizning tarixiy an’analarimiz bilan bog‘lik. Ayni paytda u ko‘lga kiritilgan mustaqilligimiz ramzi ham.

Yulduzlar barcha uchun ruhoniy, ilohiy timsol sanalgan.O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘idagi 12 yulduz tasviri ham tarixiy an’analarimiz, qadimgi yilnomamizga bevosita aloqador. Bizning o‘n ikki yulduzga bo‘lgan e’tiborimiz O‘zbekiston sarhadidagi qadimgi davlatlar ilmiy tafakkurida nujum ilmi taraqqiy etganligi bilan ham izohlanadi.

Davlat bayrog‘imizdagi 12 yulduz tasvirini o‘zbek xalqi madaniyatining qadimiyligi, uning komillikka, o‘z tuprog‘ida saodatga intilishi ramzi sifatida tushunish lozim.