O'zbekiston Respublikasi

Davlat soliq qo'mitasining

Soliq akademiyasi

 

gerb

   sitemap

 

 

"Shunga erishmog'imiz kerakki, har bir soliq to'lovchi, u xoh jismoniy, xoh yuridik shaxs bo'lsin, soliq to'lashdan bo'yin tovlamasdan, daromadlarini yashirishga urinmasdan, aksincha, o'z ishlab chiqarishini rivojlantirish va daromadini oshirishga intilsin"   I.A.Karimov. 

Home  /  Ta'lim  /  Qayta tayyorlash va malaka oshirish  /  Bir yillik qayta tayyorlash kursi

Bir yillik qayta tayyorlash kursi

O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi Soliq akademiyasi “Qayta tayyorlash va malaka oshirish” fakulteti bir yilllik qayta tayyorlash kursiga qabul qilish tartibi haqida.

O’zbekiston  Respublikasi Davlat soliq qo’mitasining 2014 yi l4 avgustdagi 318-sonli buyrug’ining birinchi ilovasiga asosan “Soliq akademiyasi Bir yillik qayta tayyorlash kursi to’g’risida” Nizom tasdiqlangan.

Ushbu nizomga asosan qayta tayyorlash kursining asosiy maqsadi– bu Davlat soliq xizmati organlarida faoliyat ko’rsatayotgan oily ma’lumotli xodimlarni “Soliqlar va soliqqa tortish” yo’nalishi bo’yicha qayta tayyorlash, ularga iqtisodiy fanlar, shu jumladan soliqlar haqidagi fanlar bo’yicha nazariy va amaliy bilimlarni berishdan iborat.

Qayta tayyorlash kursiga Davlat soliq xizmati organlarining asosiy tarkibidagi lavozimlarda ishlayotgan, tizimda kamida 2 yillik ish stajiga ega bo’lgan, iqtisod ta’lim sohasidan boshqa ta’lim yo’nalishlaridagi oily ma’lumotga ega xodimlar qabul qilinadi.

Istisno hollarda, iqtisod ta’lim sohasining “Menejment (tarmoqlar va sohalar bo’yicha)”, “Marketing (tarmoqlar va sohalar bo’yicha)”, “Sug’urta ishi”, “Pensiya ishi”, “Statistika (tarmoqlar va sohalar bo’yicha)”, “Baholashishi”, “Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi” ta’lim yo’nalishlari bo’yicha oily ma’lumotga ega bo’lgan, DSXO ning rahbarlik lavozimlari istiqbolli zaxirasiga kiritilgan xodimlar ham qabul qilinishi mumkin (xodimlarning tizimda ish staji deganda - DSXO ning asosiy tarkib lavozimlaridagi ish staji davomiyligi tushuniladi).

Qayta tayyorlash kursiga nomzodlar DSQning so’roviga asosan, Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar DSBlari tomonidan Nizomda ko’rsatilgan talablarga asoslanib, DSQ ga belgilangan tartibda tavsiyanoma  yuboriladi.

Hududiy DSBlari tomonidan qayta tayyorlash kursida o’qishga tavsiya etilgan nomzodlarning tegishli hujjatlari DSQ ning Rejim va kadrlar bilan ishlash bosh boshqarmasi tomonidan belgilangan tartibda o’rganib chiqiladi va ushbu kursda o’qish maqsadga muvofiq deb topilgan nomzodlarning ro’yxati Soliq akademiyasiga taqdim etiladi.

Nomzodlar tomonidan Soliq akademiyasi qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

1.     Soliq akademiyasi rektori nomiga ariza;

2.     DSXO rahbarining tavsiyanomasi;

3.     Oliy ma’lumot to’g’risidagi hujjatning asl nusxasi (yoki diplomdan ko’chirma – O’zbekiston Respublikasi oily ta’lim muassasalarini davlat granti bo’yicha o’qib tugatganlar uchun) hamda unga ilova;

4.     086-U-shakldagi tibbiyma’lumotnoma;

5.     3.5x4.5 hajmdagi 6 dona rangli fotosurat;

6.     Mehnat daftarchasining Kadrlar bilan ishlash bo’limi tomonidan tasdiqlangan nusxasi;

7.     Xodimning   DSXO asosiy tarkib lavozimlaridagi ish staji to’g’risida Kadrlar bo’limining  ma’lumotnomasi.

 

Soliq akademiyasining bir yillik qayta tayyorlash kursi Nizomi