O'zbekiston Respublikasi

Davlat soliq qo'mitasining

Soliq akademiyasi

 

gerb

   sitemap

 

 

"Shunga erishmog'imiz kerakki, har bir soliq to'lovchi, u xoh jismoniy, xoh yuridik shaxs bo'lsin, soliq to'lashdan bo'yin tovlamasdan, daromadlarini yashirishga urinmasdan, aksincha, o'z ishlab chiqarishini rivojlantirish va daromadini oshirishga intilsin"   I.A.Karimov. 

Home  /  Abituriyentlar uchun  /  Hujjatlar to'plami

Hujjatlar to'plami

SOLIQ  AKADEMIYASIGA O‘QISHGA  MARHAMAT!

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining Soliq akademiyasi 2017/2018 - o‘quv yili uchun bakalavriat bosqichining «Soliqlar va soliqqa tortish» ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘zbek va rus guruhlariga o‘qishga qabul qilmoqda.

Soliq akademiyasiga bakalavrlar tayyorlash dasturi bo‘yicha o‘qitish uchun Davlat soliq qo‘mitasining Soliq kollejlari bitiruvchilari o‘rnatilgan yagona tartib va tanlov asosida qabul qilinadi.

O‘qishga kirmoqchi bo‘lgan abituriyentlar Akademiya qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni topshirishlari lozim: 

1.  Ariza.

2.  O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Soliq kollejining o‘rta-maxsus ma’lumoti haqidagi hujjatining asl nusxasi.

3.  № 086-U shakl bo‘yicha tibbiy ma’lumotnoma.

4.  Pasportning nusxasi.

5.  3,5x4,5 sm hajmdagi 6 ta fotosurat.

6. Tavsiyanoma (muddatli harbiy xizmatni o’tab, tegishli tavsiyanomaga ega bo’lgan abiturientlar uchun).

7. Konvert va hujjatlar jildi. 

Abiturient tomonidan pasport hamda harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjat shaxsan ko‘rsatiladi.

Hujjatlar 2017 yilning 15 iyuligacha qabul qilinadi.

 Manzilimiz: Toshkent sh., Uchtepa tumani, Kichik halqa yo‘li ko‘chasi,  3 uy, tel.: 230-16-46.

Hurmatli abiturientlar!

Qabul komissiyasiga hujjatlarni topshirish vaqtida abituriyentlar "Veb-kamera" yordamida foto suratga tushirilishi munosabati bilan Sizdan o'quvchi formasida kelishlaringizni so'raymiz.

 QABUL  KOMISSIYASI