O'zbekiston Respublikasi

Davlat soliq qo'mitasining

Soliq akademiyasi

 

gerb

   sitemap

 

 

"Shunga erishmog'imiz kerakki, har bir soliq to'lovchi, u xoh jismoniy, xoh yuridik shaxs bo'lsin, soliq to'lashdan bo'yin tovlamasdan, daromadlarini yashirishga urinmasdan, aksincha, o'z ishlab chiqarishini rivojlantirish va daromadini oshirishga intilsin"   I.A.Karimov. 

Home  /  Talabalar uchun  /  Ichki tartib qoidalar

Ichki tartib qoidalar

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining
2012 yil 29 maydagi 221-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan
Davlat soliq qo‘mitasiga qarashli ta’lim muassasalarining

ICHKI TARTIB-QOIDALARI



Mazkur ichki tartib-qoidalari Davlat soliq qo‘mitasiga qarashli ta’lim muassasalarida (keyingi o‘rinlarda ta’lim muassasalari deb ataladi) o‘quv va mehnat intizomini mustahkamlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish maqsadida ishlab chiqilgan bo‘lib, ta’lim muassasalarining mahmuriy-boshqaruv xodimlari, pedagog-o‘qituvchilari va talaba-o‘quvchilarining o‘zaro munosabatlarini, unda amal qilinadigan tartib-intizom, odob-axloq tamoyillari, rioya etish shart bo‘lgan xulq-atvor qoidalarini va majburiyatlarini belgilab beradi.

I. Ichki tartib-qoidalarining asosiy maqsadi.
1. Quyidagilar mazkur ichki tartib-qoidalarining asosiy maqsadi hisoblanadi:
yuksak mahnaviy-axloqiy fazilatlarga ega, jamiyat, davlat va oila oldida o‘z mashuliyatini his etadigan, zamonaviy bilim va yuksak insoniy fazilatlarga ega shaxslarni tayyorlash;
talaba-o‘quvchilarning mahnaviy-mafkuraviy immunitetini shakllantirish, ularni turli yot g‘oya va mafkuralardan saqlash hamda himoya qilish;
yoshlar orasida odob-axloqni buzish, zo‘ravonlik, behayolik, shafqatsizlikni tashviqot va amalga oshirishga qaratilgan har qanday xatti-harakatlarning oldini olish;
talaba-o‘quvchilarga ichkilikbozlik, kashandalik, giyohvandlik illatlaridan, yot diniy ekstremistik ta’sirlardan, «Ommaviy madaniyat»ning salbiy oqibatlaridan himoyalanishida ko‘maklashish.

II. Ta’lim muassasalarining mahmuriy-boshqaruv xodimlari, pedagog-o‘qituvchilari hamda talaba-o‘quvchilarining o‘zaro munosabatlari tamoyillari
2. Ta’lim muassasalarining mahmuriy-boshqaruv xodimlari, pedagog-o‘qituvchilari, talaba-o‘quvchilarining o‘zaro munosabatlari hamjihatlik, bir-biriga ishonch, hurmat, g‘amxo‘rlikka hamda
ahil-inoqlikka asoslanishi zarur.
3. Ta’lim muassasasida umum e’tirof etilgan axloq qoidalarini namoyishkorona mensimaslik bilan ifodalanuvchi behayo so‘zlardan foydalanish taqiqlanadi.
4. Ta’lim muassasalari talaba-o‘quvchilarining kiyim-boshi quyidagi talablarga javob berishi, yahni:
o‘g‘il bolalar qora kostyum-shim, oq ko‘ylak va galstukda, qiz bolalar qora kostyum-yubka (yubkaning quyi chegarasi tizzadan past), oq ko‘ylak (kofta)da bo‘lishlari;
oq (qiz bolalar uchun) yoki qora (jigarrang) rangli poyafzalda;
talaba-o‘quvchilar ta’lim muassasalari binolari ichida bosh kiyimsiz yurishlari lozim.
Ta’lim muassasalariga ob-havo sharoitiga qarab ustki kiyimlarda (palg’to, plash, kurtka va h.k.) yoki issiq kunlarda kostyumsiz kelishga ruxsat etiladi.
5. Ta’lim muassasalari hududiga atrofdagilar diqqatini tortadigan, shaffof materialdan tikilgan, tananing yelka, ko‘krak, qorin, tizzadan yuqori qismlari ochiq qoladigan, haddan ziyod tor, shuningdek ibodat liboslarida kelishga ruxsat etilmaydi.
6. Ta’lim muassasalarida turli taqinchoqlar bilan, tana qismlaridagi rasmlar tasvirini namoyish qilib yurish, o‘tkir hidli atir-upalardan foydalanish man etiladi.
7. Talaba-o‘quvchilar ta’lim muassasasida belgilangan kiyim-boshda ozoda, o‘g‘il bolalarning sochlari kalta olingan, qizlarning sochlari ixcham turmaklangan holatda bo‘lishi lozim.
8. Ta’lim muassasasidagi ommaviy tadbirlar (majlislar, tantanali yig‘ilishlar, amaliy uchrashuvlar, bayramlar)da jamoat tartibiga rioya etilishi va shovqin solinmasligi shart.
Ushbu tadbirlarda so‘zga chiquvchilarga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lish lozim, zarurat taqozo etganda, bir notiq o‘z so‘zini tugatganidan so‘ng zaldan chiqish mumkin.
9. Binolarga kirish va chiqish joylarida talaba-o‘quvchilar pedagog-o‘qituvchi va xodimlarni, erkaklar ayollarni o‘zlaridan oldin o‘tkazib yuborishlari lozim.
10. Ta’lim muassasalarining binolariga kirayotgan har bir kishi binolarga kirib-chiqishni nazorat qilish uchun tayinlangan mashul shaxs yoki navbatchiga o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjatni ochiq holda ko‘rsatib o‘tishi zarur.
11. Talaba-o‘quvchilar ta’lim muassasalari hududida yo‘lning (yo‘lakning) o‘ng tomonidan yurishlari, odob-axloqning milliy anhanalariga asoslangan holda salom-alikda bo‘lishlari zarur.
12. Ta’lim muassasalarida quyidagilar:
milliy va umumbashariy qadriyatlarga xos bo‘lmagan, shuningdek ta’lim muassasasining ichki faoliyatiga doir muammo va masalalarni Internet tarmog‘iga joylashtirish yoki undan turli maqsadlar yo‘lida foydalanish;
kompg’yuter, mobil telefonlarida va o‘zaro munosabatlarda ta’lim muassasasiga tegishli bo‘lmagan mahlumotlarni, shuningdek turli kinofilg’mlar, diniy targ‘ibotlar, behayo suratlar, milliy, irqiy, etnik, diniy adovatni targ‘ib etuvchi har qanday materialni tayyorlash, saqlash, tarqatish va targ‘ib etish;
o‘quv mashg‘ulotlariga, xodimlarning mehnat faoliyatiga, talaba-o‘quvchilarning osoyishtaligiga xalaqit beradigan xatti-harakatlar sodir etish, shuningdek radiopriyomnik, televizor, magnitofon va boshqa ovoz kuchaytirish vositalaridan maqsadsiz foydalanish;
har qanday huquqbuzarlik sodir etish, shu jumladan tuhmat, haqorat qilish, jamoa ahzosiga mahnaviy yoki moddiy zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan mahlumotni tarqatish, tan jarohati yetkazish, giyohvand va psixotropik moddalarni, spirtli ichimliklarni istehmol qilish, qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlar o‘tkazish taqiqlanadi.
13. Ta’lim muassasalarining mahmuriy-boshqaruv xodimlari, pedagog-o‘qituvchilari mehnat shartnomasi shartlariga muvofiq ish vaqtida ish joylarida bo‘lishlari lozim.
14. Ta’lim muassasalari hududida tartib-intizomni saqlash uchun mahmuriy-boshqaruv xodimlari, pedagog-o‘qituvchilardan iborat jamoatchilik kengashi bilan kelishilgan holda navbatchilik tashkil etiladi. Navbatchilikning vazifalari va muddatlari ta’lim muassasasi rahbariyati tomonidan belgilanadi.

III. O‘quv mashg‘ulotlari davomida pedagog-o‘qituvchilar va talaba-o‘quvchilarning o‘zaro munosabatlari
15. Pedagog-o‘qituvchi auditoriyaga kirganida barcha talaba-o‘quvchilar o‘rinlaridan turib salomlashishlari, so‘ngra o‘z joylarini egallashlari lozim.
16. Pedagog-o‘qituvchilar nojo‘ya xatti-harakatlari bilan dars mashg‘ulotlariga xalaqit berayotgan talaba-o‘quvchilarni tartibga chaqirishi, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan murakkab holatlarning oldini olishi va bu haqda ta’lim muassasasi rahbariyatini xabardor qilishi lozim.

IV. Pedagog-o‘qituvchilarning ichki tartib-intizom va
odob-axloqqa oid majburiyatlari
17. Ta’lim muassasalarining mahmuriy-boshqaruv xodimlari va pedagog-o‘qituvchilariga quyidagi majburiyatlar yuklatiladi:
odob-axloq qoidalariga rioya qilishda talaba-o‘quvchilarga namuna bo‘lish;
ta’lim muassasasi manfaatlariga zid bo‘lgan xatti-harakatlardan o‘zlarini tiyish;
biror-bir noxush voqea yoki hodisa ro‘y bersa, zudlik bilan u haqida ta’lim muassasasi rahbariyatiga xabar berish;
ta’lim muassasasining shahni va nufuziga dog‘ tushiradigan har qanday holatlarning oldini olish;
ta’lim muassasasi to‘g‘risidagi axborotlardan uning manfaatlari va obro‘siga ziyon yetkazish uchun yoki o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanmaslik;
ta’lim jarayonida talaba-o‘quvchilarga odob-axloqqa oid milliy anhanalarimiz, urf-odat va qadriyatlarimizni targ‘ib qilish;
yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, ularni ichkilikbozlik va giyohvandlik illatlaridan, boshqa turli halokatli tahdidlar hamda yot diniy va ekstremistik ta’sirlardan, «Ommaviy madaniyat»ning salbiy xurujlaridan ogoh etib borish;
talaba-o‘quvchilarni mahnaviy-axloqiy tarbiyalashning va mahrifiy ishlarning samarali shakllari hamda uslublarini ishlab chiqishga ko‘maklashish;
biror-bir masala yuzasidan ta’lim muassasasi rahbariyatiga
o‘zaro hurmat (subordinatsiya) tamoyili asosida murojaat qilish.

V. Talaba-o‘quvchilarning odob-axloqqa oid majburiyatlari
18. Ta’lim muassasalari talaba-o‘quvchilariga quyidagi majburiyatlar yuklatiladi:
a) ta’lim muassasalarida:
hududga kirish va chiqishdatalabalik (o‘quvchilik) guvohnomasini mashul xodimlarga ko‘rsatishi;
hududni ifloslantirmaslik va chiqindilarni faqat maxsus idish (urna)larga tashlash;
o‘quv mashg‘ulotlari vaqtida auditoriyadan sababsiz chiqmaslik;
ta’lim muassasasi mulki (ko‘char va ko‘chmas mulki, o‘simlik va hayvonot dunyosi va h.k.)ga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish;
kiyinish va o‘zaro suhbat madaniyatiga rioya qilish;
tinchlikni saqlash;
narkotik va psixotrop moddalar, alkogol va tamaki mahsulotlari istehmol qilinishi hamda tarqatilishiga qarshi kurashish;
b) auditoriyada:
o‘quv mashg‘ulotlari vaqtida darsga aloqador bo‘lmagan masalalarda gaplashmaslik;
jihozlarga madaniy munosabatda bo‘lish, partalarga yozmaslik;
qog‘oz va boshqa keraksiz narsalarni qoldirib ketmaslik;
ovqatlanmaslik, saqich chaynamaslik;
maxsus formada bo‘lishlari;
v) umumiy ovqatlanish joylarida:
taomlarni olishda navbat tartibiga rioya qilish;
tirbandlik holatida pedagog-o‘qituvchilar, ayollar, yoshi kattalarga va boshqa talaba-o‘quvchilarga hurmat ko‘rsatish;
ovqatlanish vaqtida shovqin solmaslik;
umumiy ovqatlanish shoxobchasida belgilangan tartib-qoidalarga rioya qilish;
g) axborot resurs markazida:
axborot-resurs markazi xodimlari bilan xushmuomalada bo‘lish;
kitoblar, kompg’yuter vositalari va boshqa jihozlarga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish;
baland ovozda so‘zlashmaslik va atrofdagilarga xalaqit bermaslik;
qog‘oz, saqich va boshqa chiqindilarni qoldirib ketmaslik;
kitoblarni olish va topshirish tartib-qoidalariga rioya qilish;
d) talaba-o‘quvchilar turar joylarida:
mavjud jihozlarni asrash, ularga zarar yetkazmaslik;
elektr energiyasi, gaz va suv resurslaridan tejamkorona (oqilona) foydalanish;
sanitariya va gigiena xonalaridan foydalanish qoidalariga amal qilish;
talaba-o‘quvchilar turar joyida o‘rnatilgan tartib-qoidalarga qat’iy rioya qilish;
e) sport majmualarida:
sport majmuasiga maxsus kiyim va poyafzallarda kirish;
sport inventarlariga nisbatan ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish;
mashg‘ulotlardan keyin sport inventarlarini mashul xodimlarga qayta topshirish;
sport majmuasining belgilangan tartib-qoidalariga rioya qilish;
j) madaniyat saroyi va boshqa ommaviy tadbirlar o‘tkazish joylarida:
o‘rindiq va boshqa jihozlarga nisbatan ehtiyotkor munosabatda bo‘lish;
ommaviy tadbirlar vaqtida hushtak chalmaslik, shovqin solmaslik, tadbir tugashidan oldin sababsiz chiqib ketmaslik;
o‘rindiqlarda to‘g‘ri o‘tirish, bir-biri bilan gaplashmaslik, yon atrofdagilarga xalaqit bermaslik lozim.
19. Talaba-o‘quvchilar:
turli davralarda o‘zining namunaviy xulqi va bilimi bilan ta’lim muassasasi haqida yuksak ijobiy taassurot hosil qilishga intilishi;
ta’lim muassasasi va davlat soliq xizmati organlarining manfaati, uning shahni, obro‘si hamda nufuzi to‘g‘risida qayg‘urishi, ularni saqlab qolishga jonkuyarlik qilishi va ularga hurmat bilan munosabatda bo‘lishi shart.
20. Ta’lim muassasasi xodimlari va talaba-o‘quvchilari
odob-axloqida quyidagilar man etiladi:
ta’lim muassasasi xodimlari va talaba-o‘quvchilarining shaxsiyati va qadr-qimmatini kamsitish, o‘zgalarning shaxsiy va oilaviy muammolarini muhokama qilish;
ta’lim muassasasi xodimlari va talaba-o‘quvchilari ustidan turli ig‘vo, g‘iybat va bo‘htonlar uyushtirish;
talaba-o‘quvchilar bilan o‘z hamkasblarining kasbiy va shaxsiy kamchiliklarini muhokama qilish;
talaba-o‘quvchilarni o‘quv mashg‘ulotlardan asossiz chiqarib yuborish;
o‘quv mashg‘ulotlarida tijorat reklamasi o‘tkazish;
diniy ekstremistik tashviqot olib borish;
ta’lim muassasasi va davlat soliq xizmati organiga giyohvand moddalar, spirtli ichimliklar ta’sirida yoki o‘zgacha tarzda mast ahvolda, soch-soqol olinmagan va kiyinish tartibiga rioya qilmagan holda kelish;
ta’lim muassasasi va davlat soliq xizmati organlari hududida spirtli ichimliklar ichish va tamaki mahsulotlarini chekish;
qo‘pollik qilish, mashg‘ulotlar vaqtida suhbatlashish;
pedagog-o‘qituvchilar va xodimlar bilan boshqalarning bahosini muhokama qilish;
yolg‘on gapirish, g‘irromlik yoki pedagog-o‘qituvchilarni chalg‘itish bilan bog‘liq har qanday xatti-harakatlar qilish;
pedagog-o‘qituvchilar, xodimlar, talaba-o‘quvchilarga nisbatan hurmatsizlik qilish;
yozma ishlarni himoya qilish va reyting nazoratiga doir boshqa tartib-taomillarni bajarish vaqtida boshqa shaxslardan yordam olish, o‘zgalarga yordam ko‘rsatish;
boshqa shaxslar tomonidan tayyorlangan topshiriqlar yoki yozma ishlarni o‘z nomidan topshirish;
mashg‘ulotlarni sababsiz o‘tkazib yuborish yoki kechikib kelish;
mashg‘ulotlar vaqtida pedagog-o‘qituvchining ruxsatisiz auditoriyadan chiqib ketish;
boshqa talaba-o‘quvchining sahy-harakatlariga qasddan ziyon yetkazish;
moddiy jihatdan yaxshi tahminlanganligini turli yo‘llar bilan namoyish qilish.

VI. Ta’lim muassasasida mobil telefonlaridan foydalanish
21. Ta’lim muassasasida mobil telefonlaridan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 21 maydagi 139-sonli qarori bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanish tartibi to‘g‘risida»gi Nizom talablariga qat’iy rioya qilgan holda foydalaniladi.

VII. Talaba-o‘quvchilarning amaliyot davrida odob-axloq qoidalari va kiyim-bosh kiyish tartiblari
22. Talaba-o‘quvchilar amaliyot davrida davlat soliq xizmati organlarida o‘rnatilgan tegishli tartib-qoidalar hamda ta’lim muassasasida belgilangan odob-axloq qoidalari va kiyim-bosh kiyish tartiblariga rioya etishlari lozim.

VIII. Ichki tartib-qoidalarda belgilangan mehyorlarning bajarilishini nazorat qilish
23. Ichki tartib-qoidalarda belgilangan mehyorlarning bajarilishini nazorat qilish ta’lim muassasalarining mahnaviyat va mahrifat tuzilmalari, davlat soliq xizmati organlarining kadrlar bilan ishlash tuzilmalari mashul xodimlari zimmasiga yuklatiladi.
24. Ta’lim muassasalari yoki davlat soliq xizmati organlarining har bir xodimlari tomonidan ichki tartib-qoidalarda belgilangan mehyorlarga amal qilinishi bo‘yicha berilgan ko‘rsatmalar va topshiriqlarni talaba-o‘quvchilar so‘zsiz bajarishlari lozim.

IX. Rag‘batlantirish va javobgarlik
25. Ta’lim muassasalari yoki davlat soliq xizmati organlari tomonidan mazkur ichki tartib-qoidalarga qat’iy rioya etishi bilan boshqalarga o‘rnak bo‘layotgan, ta’lim muassasasida mahnaviy-axloqiy va ijtimoiy-psixologik muhitni mustahkamlashda tashabbus ko‘rsatayotgan talaba-o‘quvchilarning o‘ziga, ularning ota-onasiga, doimiy yashash joyidagi o‘zini-o‘zi boshqarish organlariga tashakkurnoma yuborilishi mumkin.
26. Talaba-o‘quvchilar tomonidan mazkur ichki tartib-qoidalariga rioya etilmaganligi holatlari ta’lim muassasalaridagi Kasaba uyushma qo‘mitasi, «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakatining boshlang‘ich tashkiloti, Xotin-qizlar va ota-onalar kengashlarida muhokama qilinadi.
Ushbu jamoat tashkilotlarining qaroriga binoan talaba-o‘quvchining xulq-atvori to‘g‘risida uning ota-onasiga (yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarga), doimiy yashash joyidagi o‘zini-o‘zi boshqarish organlariga mahlumot tariqasida yozma xabar yuboriladi.
Ta’lim muassasalarining mahmuriy-boshqaruv xodimlari, pedagog-o‘qituvchilari, talaba-o‘quvchilari, shuningdek davlat soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan ichki tartib-qoidalarda belgilangan mehyor va qoidalar takroran buzilgan yoki unga amal qilinmagan holatlarda ularga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli choralar qo‘llaniladi.

X. Boshqa qoidalar
27. Ichki tartib-qoidalarida belgilangan mehyor va qoidalar ta’lim muassasalarining mahmuriy-boshqaruv xodimlari, pedagog-o‘qituvchilari, talaba-o‘quvchilari, shuningdek davlat soliq xizmati organlari xodimlari uchun majburiydir.
28. Ta’lim muassasalarining mahmuriy-boshqaruv xodimlari, pedagog-o‘qituvchilari, talaba-o‘quvchilari, davlat soliq xizmati organlari xodimlari mazkur ichki tartib-qoidalari bilan batafsil tanishib chiqishi hamda unga rioya qilishni o‘z zimmasiga olib, imzo qo‘yishi shart.
29. Mazkur ichki tartib-qoidalarning to‘liq matni ta’lim muassasasining va davlat soliq xizmati organining ko‘rinarli joyiga ilib qo‘yiladi.