O'zbekiston Respublikasi

Davlat soliq qo'mitasining

Soliq akademiyasi

 

gerb

   sitemap

 

 

"Shunga erishmog'imiz kerakki, har bir soliq to'lovchi, u xoh jismoniy, xoh yuridik shaxs bo'lsin, soliq to'lashdan bo'yin tovlamasdan, daromadlarini yashirishga urinmasdan, aksincha, o'z ishlab chiqarishini rivojlantirish va daromadini oshirishga intilsin"   I.A.Karimov. 

Home  /  Tuzilma  /  Kafedralar  /  "Informatsion texnologiyalar"

"Informatsion texnologiyalar"

infor1

Kafedra mudiri:   Djurayeva K. G.
Qabul vaqti: Har kuni
Telefon: (0 371) 230-16-31 ichki: 147
 E-mail:  djurayevak@umail.uz

 

 

 

«Informatsion texnologiyalar» kafedrasi Soliq akademiyasi tashkil topgan kundan boshlab uning tarkibiy qismi sifatida o‘z faoliyatini davom ettirib kelmoqda. Dastlab kafedra “Informatika asoslari” deb nomlangan, 2003 yil 1 sentabrdan boshlab «Informatsion texnologiyalar» kafedrasi deb nomlandi.

Akademiya rektorining buyrug‘i bilan tasdiqlangan shtat jadvaliga muvofiq 2016-2017 o‘quv yilida kafedra tarkibida kafedra mudiri, 1 nafar professor, 2 nafar dotsent, 2 nafar katta o‘qituvchi va 1 nafar o‘qituvchi lavozimlari mavjud.

Kafedra pedagog xodimlari tarkibi

Professor-o‘qituvchilarning

F.I.Sh.

Тugatgan
oliygohi

Ilmiy darajasi

Egallab turgan lavozimi

Qaysi yildan shu ta’lim muassasasida ishlaydi

1.

Djurayeva K.G.

Тoshkent xalq xo‘jaligi instituti

Iqtisod fanlari nomzodi

Kafedra mudiri

2010

2.

Тojiyev Ilhom Ibraimovich

Nizomiy nomidagi Тoshkent davlat pedagogika universiteti

Fizika-matematika fanlari nomzodi

Dotsent

2012

3.

Axrarov Baxtiyor Sagdullayevich

Тoshkent davlat universiteti

 

Katta o‘qituvchi

2005

4.

Nasridinov Saloxidin Samaridinovich

Тoshkent davlat universiteti

 

Katta o‘qituvchi

2006

5.

Nasrulloyev Hayot Habibulloyevich

Soliq akademiyasi

Bank-Moliya akademiyasi

 

O‘qituvchi

2012

6. Xasanov Bobir Abidjanovich Soliq akademiyasi   O‘qituvchi 2016

DSC_6386 

O‘quv va o‘quv –uslubiy ishlar

Soliq akademiyasining «Informatsion texnologiyalar» kafedrasi tomonidan «Soliqlar va soliqqa tortish» bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tasdiqlangan o‘quv rejaga muvofiq, 2016-2017 o‘quv yilida “Iqtisodchilar uchun matematika”, “Ehtimollar nazariyasi va  matematik statistika”, “Iqtisodiy matematik usullar va modellar”, “Iqtisodiyotda axborot texnologiyalari”, “Soliq tizimida dasturiy mahsullar” fanlari, magistratura yo‘nalishida “Axborot tizimlari” fanlari o‘qitilmoqda. Qayta tayyorlash va malaka oshirish fakultetida bir yillik qayta tayyorlash kursida “Iqtisodchilar uchun matematika”, “Soliq sohasida axborot tizimlari” fanlari olib boriladi. Malaka oshirish kurslarida “Davlat soliq xizmati organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari”, “Elektron hukumat va elektron davlat xizmatlari”, “Davlat soliq xizmati organlari xodimlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha malakasini oshirish” mavzularida ma’ruza va amaliyot mashg‘ulotlari olib boriladi.

2016-2017 o‘quv yilida qayd etilgan fanlar bo‘yicha yakuniy nazorat savollari tubdan yangilandi, yangi variantlar ishlab chiqildi hamda mazkur fanlarning ma’ruza matnlaridagi foydalaniladigan adabiyotlar ro‘yxati ham amaldagi qonunchilikdagi o‘zgarishlarni hisobga olgan holda yangilandi. Bir yillik Qayta tayorlash kursi tinglovchilariga o‘tiladigan fanlardan namunaviy o‘quv dasturlari, ishchi o‘quv dasturlari va bakalavriat ta’lim yo‘nalishida o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha namunaviy o‘quv dasturlari asosida ishlab chiqilgan ishchi o‘quv dasturlari tegishli tartibda tasdiqlangan.

  Qayta tayyorlash va malaka oshirish kursi tinglovchilari,  bakalavriat hamda magistratura talabalari uchun yangi pedagogik texnologiyalar asosida tayyorlangan o‘quv-uslubiy majmualar hozirgi ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar, qonunlar, Prezident qarorlari, farmonlari va ma’ruzalaridan kelib chiqqan holda yangilanib borilmoqda.

            “Informatsion texnologiyalar” kafedrasida iqtidorli talabalar bilan ishlash yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, “Iqtisodiyotda axborot texnologiyalari” iqtidorli talabalar bilan ishlash to‘garagi faoliyat yuritmoqda. Kafedra mudiri K.Djuraeva, kafedra dotsenti  I.Tojiev, kafedra katta o‘qituvchilari B.Axrarov va S.Nasridinovlar ustoz-shogird tizimi asosida talabalar bilan ish olib bormoqdalar.

To‘garak mashg‘ulotlari. Kafedrada «Iqtisodiyotda axborot texnologiyalari» nomli iqtidorli talabalar bilan o‘tkaziladigan to‘garak mashg‘ulotlari tasdiqlangan ishchi o‘quv dasturi asosida olib boriladi. Mazkur mashg‘ulotlar o‘quv yili davomida haftasiga 2 soat hajmda o‘tiladi (nazorat haftalaridan tashqari).

“Iqtisodiyotda axborot texnologiyalari” fanidan tashkil etilgan to‘garak mashg‘ulotlarining asosiy maqsadi talabalarda kompyuterlar va ularda joriy etilgan informatsion texnologiyalardan o‘z mehnat jarayonida foydalana bilishga oid bilim va malakalarni takomillashtirishdan iborat. To‘garak mashg‘ulotlarida talabalarda zamonaviy axborot texnologiyalari, shu jumladan dasturlash asoslari, kompyuter grafikasi, MS Office texnologiyalarining qo‘shimcha imkoniyatlari, Web-texnologiyalari, axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari o‘rganiladi. To‘garak mashg‘ulotlari ikki yo‘nalishda – boshlovchilar va iqtidorli talabalar uchun tashkil qilingan.

Informatsion texnologiyalar kafedrasi tomonidan o‘tiladigan fanlar va maxsus kurslar mavzulari ro‘yxati

Т/r

O‘tiladigan fan yoki mavzu nomi

Bakalavriat, magistratura, qayta tayyorlash, malaka oshirish

 
 

1.

Iqtisodchilar uchun matematika

Bakalavriat

 

2.

Ehtimollar nazariyasi va  matematik statistika

Bakalavriat

 

3.

Iqtisodiy matematik usullar va modellar

Bakalavriat

 

4.

Iqtisodiyotda axborot texnologiyalari

Bakalavriat

 

5.

Soliq tizimida dasturiy mahsullar

Bakalavriat

 

6.

Axborot tizimlari

Magistratura

 

7.

Soliq sohasida axborot tizimlari

Qayta tayyorlash va malaka oshirish fakulteti

Bir yillik qayta tayyorlash kursi

 

8.

Iqtisodchilar uchun matematika

Qayta tayyorlash va malaka oshirish fakulteti Bir yillik qayta tayyorlash kursi

 

9.

Davlat soliq xizmati organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari

Qayta tayyorlash va malaka oshirish fakulteti

 

 

10.

Elektron hukumat va elektron davlat xizmatlari

Qayta tayyorlash va malaka oshirish fakulteti

 

 

11.

Davlat soliq xizmati organlari xodimlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha malakasini oshirish

Qayta tayyorlash va malaka oshirish fakulteti

 

12.

Moliyaviy razvedka faoliyatini tashkil etishda axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari

Qayta tayyorlash va malaka oshirish fakulteti “ Moliyaviy-iqtisodiy xavfsizlik” maxsus malaka oshirish kursi

 

 

 

 

Ilmiy-tadqiqot ishlari

Kafedra a’zolari o‘z ilmiy izlanishlarini kafedraning bosh ilmiy yo‘nalishi «Soliq tizimining informatsion texnologiyalari va matematik ta’minotini takomillashtirish muammolari» bo‘yicha olib boradilar.

2016  yil mobaynida kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan respublikamiz davriy nashrlarida hamda o‘tkazilayotgan turli respublika, xalqaro ilmiy-amaliy  konferensiyalarda 15 ta tezis, nufuzli ilmiy jurnallarda 6 ta ilmiy maqola, 2 ta o‘quv qo‘llanma chop ettirilgan.

Hamkorlik. Тa’lim jarayonining samaradorligi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohalari bo‘yicha professor-o‘qituvchilarning kasbiy darajasiga bog‘liq bo‘lganligi sababli, Soliq akademiyasi bilan Davlat soliq qo‘mitasi Texnik boshqarmasi (Axborot texnologiya ta’minoti boshqarmasi) o‘rtasida o‘zaro hamkorlik shartnomasi tuzilgan. Shartnomaga asosan, professor-o‘qituvchilarning nazariy-uslubiy bilimlarini amalda sinab ko‘rish va boyitish, soliq xizmati organlaridagi axborot tizimlari va texnologiyalari, soliq xizmati organlarida joriy qilingan dasturiy mahsulotlarni ishlatishning texnologik asoslarini, ma’lumotlar bazasini, hisobotlarni shakllantirish bo‘yicha amalda olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishib, o‘rganish hamda olgan bilimlarini o‘quv jarayonida qo‘llash maqsadida, kafedra professor-o‘qituvchilarining davlat soliq xizmati organlarida amaliy stajirovkasi belgilangan jadval hamda dastur asosida Davlat soliq qo‘mitasi Texnik boshqarmasida o‘tilishi yo‘lga qo‘yilgan. Shu bilan birgalikda, kafedra tomonidan ishlab chiqarish va fanning amaliy hamkorligini ta`minlash, ishlab chiqarishdagi muammoli masalalarni o‘rganish, fanlar bo‘yicha ilmiy yangiliklarni amaliyotga joriy etishni tashkil etish maqsadida, quyidagi oliy va o‘rta maxsus kasb hunar ta’limi muassasalari bilan o‘zaro hamkorlik shartnomasi asosida ilmiy-amaliy ishlar tashkil etilgan:

  • O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
  • Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
  • Toshkent moliya instituti.
  • Davlat soliq qo‘mitasi soliq kolleji.
  • Davlat soliq qo‘mitasi Buxoro soliq kolleji.
  • Davlat soliq qo‘mitasi Farg‘ona soliq kolleji. 

Yuqoridagi tashkilotlar bilan doimiy aloqa o‘rnatilib, hamkorlikni yanada kengaytirish ishlari olib borilmoqda.

0B4A7294

Ma’naviyat va ma’rifat ishlari

 Akademiyaning Ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha birinchi prorektori B.Тuxliyev tomonidan tasdiqlangan “Informatsion texnologiyalar” kafedrasi tomonidan joriy 2016-2017 o‘quv yilda “Тalabalar turar joyi”da va “Kafedra kunlari”da o‘tkazilishi rejalashtirilgan tadbirlar rejasiga muvofiq tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Kafedra professor o‘qituvchilari talabalar va tinglovchilar bilan poytaxt Тoshkent shahridagi diqqatga sazovor joylar, tabarruk qadamjolar, ziyoratgohlarga tashriflar uyushtirdi.

O‘tkazilgan barcha ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning, davra suhbatlarining ma’lumotnomalari hamda bayonnomalari tegishli tartibda rasmiylashtirilib ma’naviyat-ma’rifat bo‘limiga topshirilgan.