O'zbekiston Respublikasi

Davlat soliq qo'mitasining

Soliq akademiyasi

 

gerb

   sitemap

 

 

"Shunga erishmog'imiz kerakki, har bir soliq to'lovchi, u xoh jismoniy, xoh yuridik shaxs bo'lsin, soliq to'lashdan bo'yin tovlamasdan, daromadlarini yashirishga urinmasdan, aksincha, o'z ishlab chiqarishini rivojlantirish va daromadini oshirishga intilsin"   I.A.Karimov. 

Home  /  Tuzilma  /  Kafedralar  /  "Iqtisodiy fanlar"

"Iqtisodiy fanlar"

iqt1

Kafedra mudiri:   Qutbitdinova Mohigul Inoyatovna
Qabul vaqti: Har kuni
Telefon: (0 371)230-16-28      ichki: 140
Email: Mohigul Inoyatovna@ mail.ru

 

 

Iqtisodiy fanlar kafedrasi 2001 yildan buyon o’z ish faoliyatini boshlagan. “Ta’lim to’g’risida”gi qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” kafedra oldiga yangi vazifalar qo’ydi. Bu vazifalar ijtimoiy-ma’naviy ma’rifiy ta’lim tarbiya mazmunini tubdan isloh qilish bilan bog’liq edi. Kafedra o’z faoliyati davrida yuqori malakali ilmiy kadrlar tayyorlash ishiga doimiy ravishda o’z e’tiborini qaratib keldi va kafedrani malakali kadrlar bilan to’ldirishga e’tibor berildi. Каfedra turdosh oliy o’quv yurtlari bilan aloqada ish olib boradi. Ular kafedraga tegishli o’quv fanlaridan dars va darsdan tashqari ishlar mazmuni va usullarini “ Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” da belgilab berilgan talablarga javob beradigan darajaga olib chiqish maqsadida samarali mehnat qilmoqdalar.

Iqtisodiy fanlar kafedrasi doirasida o’tiladigan fanlar va maxsus kurslar mavzulari ro’yxati

Т/r O’tiladigan fan yoki mavzu nomi Bakalavriat, magistratura, qayta tayyorlash, malaka oshirish
1. Iqtisodiyot nazariyasi Bakalavriat
2. Mintaqaviy iqtisodiy Bakalavriat
3. Menejment va marketing asoslari Bakalavriat
4. Statistika Bakalavriat
5. Makroiqtisodiyot Bakalavriat
6. Mikroiqtisodiyot Bakalavriat
7. Innavatsion menejment Bakalavriat
8. Korporativ boshqaruv tizimini rivojlantirishning dolzarb masalalari. Malaka oshirish
9. Islohotlarni chuqurlashtirish sharoitida milliy iqtisodiyotni modernizatsiyalashning ustivor yo’nalishlari  muammolari va yechimlari Malaka oshirish

“Iqtisodiy fanlar” kafedrasida

Akademiya rektorining buyrug‘i bilan tasdiqlangan shtat jadvaliga muvofiq 2016-2017 o‘quv yilida Iqtisodiy fanlar kafedrasi tarkibida kafedra mudiri, 1 nafar professor, 1 nafar dotsent, 1 nafar katta o‘qituvchi va 2 nafar o‘qituvchi lavozimlari mavjud. 2016 yil dekabr holatiga ko’ra, kafedrada faoliyat olib borayotgan jami professor-o’qituvchilardan, 3 nafari fan doktori professor, 5 nafari fan nomzodi shulardan 1 nafari dotsent va 2 nafari mustaqil tadqiqotchi hisoblanib, bugungi kunda u doktorlik dissertatsiyasi ustida ish olib bormoqda.

 

F.I.O.

Тugatgan oliygohi va yili

Ilmiy darajasi

Egallab turgan lavozimi

Qaysi yildan shu ta’lim muassasasida ishlaydi

1.

Qutbitdinova M. I. 

Тoshkent xalq xo’jaligi institute, 1990 yil

i.f.n.

kafedra mudiri 

2004

2.

Abdullaev Y.

Тoshkent xalq xo’jaligi instituti, 1972 yil

i.f.d., professori

 kafedra professori

 2010

3.

Nabiyev E.G’

Тoshkent xalq xo’jaligi instituti, 1974 yil

i.f.d., professori

0.5 st. kafedra dotsenti

2016

4.

Xakimov R.

Тoshkent xalq xo’jaligi instituti, 1978 yil

i.f.n. dosenti

0.5 st. kafedra dotsenti

2016

5.

Zaynitdinova U.J.

Тoshkent davlat sharqshunoslik  instituti,           1997 yil

i.f.n.

0.5 st. kafedra o’qituvchi

2013

6.

Umarova G.G’.

Тoshkent to’qimachilik va engil sanoat instituti, 2002 yil

i.f.n.

0.25 st. kafedra o’qituvchi

2016

7.

Xasanov.P.P.

Тoshkent xalq xo’jaligi instituti, 1979 yil

i.f.d., professori

0.25 st. kafedra o’qituvchi

2016

9.

Umarov I.Y.

Andijon muxandislik iqtisodiyot instituti, 2004 yil

i.f.n.

kafedra katta o’qituvchi

2014

10.

Shokirova F. B.

Samarqand davlat arxitektura va qurilish insituti, 1995 yil,

Samarqand iqtisodiyot va servis insituti, 2004 yil,

Bank -  Moliya akademiyasi, 2008 yil  

-

kafedra o’qituvchi

2009

  

Oquv va oquvuslubiy ishlar

 Soliq akademiyasining «Iqtisodiy fanlar» kafedrasi tomonidan «Soliqlar va soliqqa tortish» bakalavriat ta’lim yo’nalishi bo’yicha tasdiqlangan o’quv rejaga muvofiq, 2016-2017 o’quv yilida “Iqtisodiyot nazariyasi”, “Mintaqaviy iqtisodiy”, “Mikroiqtisodiyot”, “Makroiqtisodiyot”, “Statistika” va “Innovatsion menejment” fanlari hamda  Prezident asarlari o’qitilmoqda. Qayta tayyorlash va malaka oshirish fakultetida bir yillik malaka oshirish kurslarida “Makro va mikroiqtisodiyot”, “Menejment” fanlari olib boriladi. Malaka oshirish kurslarida “Islohotlarni chuqurlashtirish sharoitida milliy iqtisodiyotni modernizatsiyalashning ustuvor yo’nalishlari, muammolari va yechimlari” va “Korporativ boshqaruv tizimini rivojlantirishning dolzarb masalalari” mavzusida ma’ruza olib boriladi.

2016-2017 o’quv yili 2-semestr uchun qayd etilgan fanlar bo’yicha yakuniy nazorat (YaN) savollari tubdan yangilandi, yangi variantlar ishlab chiqildi hamda mazkur fanlarning ma’ruza matnlaridagi foydalaniladigan adabiyotlar ro’yxati ham amaldagi qonunchilikdagi o’zgarishlarni hisobga olgan holda yangilandi. Bir yillik Qayta tayorlash kursi tinglovchilariga o’tiladigan fanlardan namunaviy o’quv dasturlar, ishchi o’quv dasturlari va bakalavriat ta’lim yo’nalishida o’qitiladigan fanlar bo’yicha namunaviy o’quv dasturlari asosida ishlab chiqilgan ishchi o’quv dasturlari, kafedra nizomi, kafedra ish rejasi va boshqa kerakli hujjatlar tegishli tartibda tasdiqlangan.

“Iqtisodiy fanlar” kafedrasida iqtidorli talabalar bilan ishlash yo’lga qo’yilgan bo’lib, “Yosh iqtisodchi” iqtidorli talabalar bilan ishlash to’garagi faoliyat yuritmoqda. Kafedra mudiri M.Qutbitdinova, kafedra professori Yo.Abduiiaev, kafedra katta o’qituvchisi I.Umarov va kafedra o’qituvchisi F.Shokirovalar ustoz-shogird tizimi asosida talabalar bilan ish olib bormoqdalar.

Qayta tayyorlash va malaka oshirish kursi tinglovchilari va  bakalavriat talabalari uchun yangi pedagogik texnologiyalar asosida tayyorlangan o’quv-uslubiy majmua hozirgi ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlar, qonunlar, Prezident qarorlari, farmonlari va ma’ruzalaridan kelib chiqqan holda yangilanib borilmoqda.

iqt3

iqt2

Ilmiy-tadqiqot ishlari

2016 yil mobaynida kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan respublikamiz davriy nashrlarida hamda o’tkazilayotgan turli respublika, xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalarda 18 ta tezis, nufuzli ilmiy jurnallarda 10 ta ilmiy maqola va 2 ta xorijiy jurnallarda, 1 ta o’guv qo’llanma chop ettirilgan.