O'zbekiston Respublikasi

Davlat soliq qo'mitasining

Soliq akademiyasi

 

gerb

   sitemap

 

 

"Shunga erishmog'imiz kerakki, har bir soliq to'lovchi, u xoh jismoniy, xoh yuridik shaxs bo'lsin, soliq to'lashdan bo'yin tovlamasdan, daromadlarini yashirishga urinmasdan, aksincha, o'z ishlab chiqarishini rivojlantirish va daromadini oshirishga intilsin"   I.A.Karimov. 

Home  /  Javob

Javob

1-savol. Soliq akademiyasiga bakalavrga topshirish uchun qanday hujjatlar taqdim etiladi?

Javob: Bakalavriat ta'lim bosqichiga o‘qishga kirmoqchi bo‘lgan abiturientlar Akademiya qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni topshirishlari lozim: 

1.  Ariza.

2.  O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Soliq kollejining o‘rta-maxsus ma’lumoti haqidagi hujjatining asl nusxasi.

3.  № 086-U shakl bo‘yicha tibbiy ma’lumotnoma.

4.  Pasportning nusxasi.

5.  3,5x4,5 sm hajmdagi 6 ta fotosurat.

6. Tavsiyanoma (muddatli harbiy xizmatni o’tab, tegishli tavsiyanomaga ega bo’lgan abiturientlar uchun).

7. Konvert va hujjatlar jildi. 

Abiturient tomonidan pasport hamda harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjat shaxsan ko‘rsatiladi.

Hujjatlar 2017 yilning 15 iyuligacha qabul qilinadi.

2-savol. Hujjatlarni topshirish vaqtida abiturientlar qanday formada kelishi kerak?Javob: Qabul komissiyasiga hujjatlarni topshirish vaqtida abiturientlar "Veb-kamera" yordamida foto suratga tushirilishi munosabati bilan abiturientlar o'quvchi formasida kelishlari kerak.

3-savol. Soliq akademiyasiga faqat soliq kolleji bitiruvchilari qabul qilinadimi? Yoki boshqa kollej bitiruvchilari ham hujjat topshirsa bo'ladimi?

Javob. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 10-yanvardagi 16-son qarorining 1-bandiga muvofiq Akademiyaga faqat soliq kollejlarini tamomlaganlar 4 yil muddat bilan bakalavrlar tayyorlash dasturi bo'yicha o'qitish uchun, oliy o'quv yurtlarini tamomlaganlar qisqartirilgan bir yillik dastur bo'yicha qayta tayyorlash va 2 yil o'qitish muddati bilan magistrlar tayyorlash uchun qabul qilinadi.