O'zbekiston Respublikasi

Davlat soliq qo'mitasining

Soliq akademiyasi

 

gerb

   sitemap

 

 

"Shunga erishmog'imiz kerakki, har bir soliq to'lovchi, u xoh jismoniy, xoh yuridik shaxs bo'lsin, soliq to'lashdan bo'yin tovlamasdan, daromadlarini yashirishga urinmasdan, aksincha, o'z ishlab chiqarishini rivojlantirish va daromadini oshirishga intilsin"   I.A.Karimov. 

Home  /  Jismoniy shaxslar soliqqa tortish  /  Jamoat joylarida chekish va spirtli ichimlik ichish uchun jarimalar oshirildi

Jamoat joylarida chekish va spirtli ichimlik ichish uchun jarimalar oshirildi

Jamoat joylarida chekish va spirtli ichimlik ichish uchun jarimalar oshirildi

“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 29.12.2015 yildagi O‘RQ-396-son Qonun bilan jamoat joylarida tamaki va alkogolli mahsulotlar iste’mol qilganlik uchun javobgarlik oshirildi.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga (bundan buyon matnda MJtK deb yuritiladi) jamoat joylarida tamaki va alkogolli mahsulotlar iste’mol qilganlik uchun yangi ma’muriy jarimalar joriy qilish hamda mavjudlarini oshirishni ko‘zda tutadigan bir qator o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Inchunun, xususan,  MJTKning 561-moddasiga muvofiq jamoat joylarida tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish 1/3 EKIH miqdorida (EKIH miqdorlari material chop etilgan sanasiga dolzarb) jarima solinishiga sabab bo‘ladi, bugungi kunda  bu 43 413 so‘mni tashkil qiladi.

Eslatib o‘tamiz, jamoat joylarida tamaki mahsulotlarini iste’mol qilishga cheklovlar “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda iste’mol qilinishini cheklash to‘g‘risida” Qonun (26.08.2011 yildagi) bilan mustahkamlangandi. Biroq, oldin mazkur huquqbuzarlik uchun sanksiyalar ko‘zda tutilmagan edi.

  Transportda belgilanmagan joylarda tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish uchun jarima miqdori 1/3 EKIHgacha oshirildi (avval – 1/20 EKIH). Bunday joylar deganda poezdlarning vagonlari (shu jumladan tamburlar), daryo kemalari, yo‘lovchi avtobuslari salonlari, taksi, shu jumladan yo‘nalishli taksi, shahar elektr transporti tushuniladi.

Havo kemalarida chekish uchun jarima summasi oldingidek 2 EKIH yoki 260 480 so‘mni tashkil qiladi.

Jamoat joylarida alkogolli mahsulotlar iste’mol qilganlik uchun endi ancha jiddiy jazo ko‘zda tutiladi. Demak, MJtKning 187-moddasiga muvofiq ushbu huquqbuzarlik uchun jarima summasi endilikda ½ EKIH yoki 65 120 so‘mni tashkil qiladi (avval 1/10 dan 1/3 EKIHgacha).

Mazkur huquqbuzarlik takroran sodir etilganda jarima summasi 1 dan 2 EKIHgachani (avval 1/3 dan 1 EKIHgacha) yoki 15 sutkagacha ma’muriy qamoqni tashkil qiladi. Ma’muriy undiruv qo‘llangandan keyin bir yil mobaynida sodir etilsa, u takroriy huquqbuzarlik hisoblanadi.

Ko‘rsatilgan choralarga rioya qilinishi ustidan nazorat qilish MJtKning 248-moddasiga muvofiq ichki ishlar organlariga yuklatiladi.