O'zbekiston Respublikasi

Davlat soliq qo'mitasining

Soliq akademiyasi

 

gerb

   sitemap

 

 

"Shunga erishmog'imiz kerakki, har bir soliq to'lovchi, u xoh jismoniy, xoh yuridik shaxs bo'lsin, soliq to'lashdan bo'yin tovlamasdan, daromadlarini yashirishga urinmasdan, aksincha, o'z ishlab chiqarishini rivojlantirish va daromadini oshirishga intilsin"   I.A.Karimov. 

Home  /  Jismoniy shaxslar soliqqa tortish  /  JISMONIY SHAXSLARDAN OLINADIGAN DAROMAD SOLIG’I

JISMONIY SHAXSLARDAN OLINADIGAN DAROMAD SOLIG’I

JISMONIY SHAXSLARDAN OLINADIGAN DAROMAD SOLIG’I

Soliq to’lovchilar

Soliq Kodeksiga muvofiq soliq solinadigan daromadga ega bo’lgan jismoniy shaxslar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i to’lovchilardir.

Jismoniy shaxslarga - O’zbekiston Respublikasining norezidentlariga soliq solishning o’ziga xos xususiyatlari

Jismoniy shaxslarning - O’zbekiston Respublikasi norezidentlarining O’zbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlariga Soliq Kodeksining 182-moddasida nazarda tutilgan o’ziga xos xususiyatlar hisobga olingan holda va stavkalar bo’yicha soliq solinadi.

Soliq solish obyekti

Jismoniy shaxslarning quyidagi daromadlari soliq solish obyektidir:

O’zbekiston Respublikasi rezidentlarining O’zbekiston Respublikasidagi va undan tashqaridagi manbalardan olingan daromadlari;

O’zbekiston Respublikasi norezidentlarining O’zbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlari.

Yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatidan olingan, Soliq Kodeksining 58-bobiga muvofiq qat’iy belgilangan soliq solinadigan daromadlar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’ining soliq solish obyekti bo’lmaydi.

Soliq solinadigan baza

Soliq solinadigan baza jami daromaddan kelib chiqib, Soliq Kodeksining 179 va 180-moddalariga muvofiq soliq solishdan ozod qilingan daromadlar chegirilgan holda aniqlanadi.

Agar soliq to’lovchining daromadidan uning ixtiyoriga ko’ra, sud yoki boshqa organlarning qaroriga binoan biron bir ushlab qolishlar amalga oshirilsa, bunday ushlab qolishlar soliq solinadigan bazani kamaytirmaydi.

Jismoniy shaxsning chet el valyutasida ifodalangan daromadlari daromadlar amalda olingan sanada O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs bo’yicha milliy valyutada qayta hisoblab chiqiladi.