O'zbekiston Respublikasi

Davlat soliq qo'mitasining

Soliq akademiyasi

 

gerb

   sitemap

 

 

"Shunga erishmog'imiz kerakki, har bir soliq to'lovchi, u xoh jismoniy, xoh yuridik shaxs bo'lsin, soliq to'lashdan bo'yin tovlamasdan, daromadlarini yashirishga urinmasdan, aksincha, o'z ishlab chiqarishini rivojlantirish va daromadini oshirishga intilsin"   I.A.Karimov. 

Home  /  Jismoniy shaxslar soliqqa tortish  /  JISMONIY SHAXSLARDAN OLINADIGAN YER SOLIG’I

JISMONIY SHAXSLARDAN OLINADIGAN YER SOLIG’I

JISMONIY SHAXSLARDAN OLINADIGAN YER SOLIG’I

Soliq to’lovchilar

Mulk huquqi, egalik qilish huquqi, foydalanish huquqi yoki ijara huquqi asosida yer uchastkalariga ega bo’lgan jismoniy shaxslar, shuningdek yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo’jaliklari yer solig’ini to’lovchilardir.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ijaraga berilgan yer uchastkalari uchun to’lanadigan ijara haqi yer solig’iga tenglashtiriladi. Yer uchastkalarini ijaraga olgan jismoniy shaxslarga yer solig’ini to’lovchilar uchun belgilangan imtiyozlar, soliqni hisoblab chiqarish va soliqni to’lash tartibi tatbiq etiladi.

Uy-joy, yashash uchun mo’ljallanmagan imorat va inshootlar meros bo’yicha o’tishi bilan birgalikda mulk huquqi, egalik qilish huquqi va foydalanish huquqi o’tgan yer uchastkalari uchun yer solig’i meros qoldiruvchining soliq majburiyatlari hisobga olingan holda merosxo’rlardan undiriladi.

(Soliq kodeksining 287-moddasi).

Soliq solish ob’ekti

Jismoniy shaxslar uchun quyidagi yer uchastkalari soliq solish ob’ektidir:

1) dehqon xo’jaligi yuritish uchun meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga berilgan yer uchastkalari;

2) yakka tartibda uy-joy qurilishi uchun meros qilib qoldiriladigan, umrbod egalik qilishga berilgan yer uchastkalari;

3) jamoa bog’dorchiligi, uzumchiligi va polizchiligini yuritish uchun berilgan, shuningdek yakka tartibdagi garajlar egallagan yer uchastkalari;

4) xizmat yuzasidan berilgan chek yerlar;

5) meros bo’yicha, hadya qilinishi yoki olinishi natijasida uy-joy va imoratlar bilan birgalikda mulk huquqi, egalik qilish va foydalanish huquqi ham o’tgan yer uchastkalari;

6) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mulk qilib olingan yer uchastkalari;

7) tadbirkorlik faoliyati yuritish uchun foydalanishga yoki ijaraga berilgan yer uchastkalari.

Ko’p kvartirali uylar egallagan yer uchastkalari soliq solish ob’ekti bo’lmaydi, ushbu modda birinchi qismining 7-bandida ko’rsatilganlari bundan mustasno.

(Soliq kodeksining 288-moddasi).

Soliq solinadigan baza

Ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazishni amalga oshiruvchi organning yer uchastkalarining maydoniga doir ma’lumotlari soliq solinadigan bazadir.

Jamoa bog’dorchiligi, uzumchiligi va polizchiligini yuritish uchun fuqarolarga berilgan, shuningdek yakka tartibdagi garajlar egallagan yer uchastkalarining maydonlari bo’yicha soliq solinadigan baza ushbu yer uchastkalarini bergan tashkilotlar boshqaruv organlarining ma’lumotlari bo’yicha aniqlanadi.

Xizmat yuzasidan berilgan chek yerlarning maydonlari bo’yicha soliq solinadigan baza o’z xodimlariga yer uchastkalari bergan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning ma’lumotlari bo’yicha aniqlanadi.

(Soliq kodeksining 289-moddasi).

Soliq stavkalari

 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 4 dekabrdagi «O’zbekiston Respublikasining 2015 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari to’ѓrisida»gi PQ-2270-sonli qarori (20-ilova) bilan jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig’i stavkalari tasdiqlangan.

Soliq imtiyozlari

Yer solig’idan quyidagilar ozod qilinadilar:

1) «O’zbekiston Qahramoni», Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor bo’lgan, uchala darajadagi SHuhrat ordeni bilan taqdirlangan fuqarolar.

2) urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek doirasi qonun hujjatlari bilan belgilanuvchi ularga tenglashtirilgan shaxslar.

3) I va II guruh nogironlari.

4) yolg’iz pensionerlar. Yolg’iz yoki voyaga yetmagan bolalari bilan yoxud nogiron bolasi bilan alohida uyda birga yashovchi pensionerlar yolg’iz pensionerlar deb tushuniladi.

5) boquvchisini yo’qotgan ko’p bolali oilalar. Ota-onasidan biri yoki ota-onasi vafot etgan hamda oilada o’n olti yoshga to’lmagan beshta va undan ortiq bolalari bo’lgan oilalar soliq solish maqsadida boquvchisini yo’qotgan ko’p bolali oilalardir.

6) Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatishda ishtirok etganlik uchun imtiyozlar oladigan fuqarolar (shu jumladan vaqtincha yuborilgan yoki xizmat safariga yuborilgan fuqarolar.

7) ko’chirib keltirilgan fuqarolar kelib joylashgan yer uchastkalari bo’yicha - yer uchastkalari berilgan paytdan e’tiboran besh yilgacha (O’zbekiston Respublikasining 2014 yil 4 dekabrdagi O’RQ-379-sonli Qonuniga asosan mazkur imtiyoz 2015 yilning 1 aprelidan bekor qilinadi).

8) shaxslar — ularga yakka tartibdagi uy-joy qurilishi dehqon xo’jaligi yuritish uchun qonun hujjatlarida belgilangan normalar doirasida berilgan yer uchastkalari bo’yicha — yer uchastkasi berilgan oydan keyingi oydan e’tiboran ikki yil muddatga (O’zbekiston Respublikasining 2014 yil 4 dekabrdagi O’RQ-379-sonli Qonuniga asosan  dehqon xo’jaliklari uchun mazkur imtiyoz
2015 yilning 1 aprelidan bekor qilinadi
.

Mazkur imtiyozlar (bundan 5-bandda ko’rsatilgani mustasno) yakka tartibdagi uy-joy qurilishi, dehqon xo’jaligi yuritish uchun berilgan yer uchastkalariga bo’lgan huquqlarini davlat ro’yxatidan o’tkazishni amalga oshiruvchi organda ro’yxatdan o’tgan jismoniy shaxslarga beriladi. Bunda mazkur imtiyozlar soliq to’lovchining tanlashi bo’yicha faqat bitta yer uchastkasiga berilishi mumkin.

Soliq kodeksining 282-moddasi ikkinchi qismining soliq solinmaydigan yer uchastkalariga taalluqli qismida nazarda tutilgan imtiyozlar yer solig’i to’lovchilar bo’lgan jismoniy shaxslarga ham tatbiq etiladi.

(Soliq kodeksining 290-moddasi).

Soliq stavkasini qo’llashning o’ziga xos xususiyatlari

Tadbirkorlik faoliyatida foydalaniladigan yoxud uylar, dala hovli imoratlari, yakka tartibdagi garajlar va boshqa imoratlar, inshootlar, joylar yuridik shaxsga yoki yakka tartibdagi tadbirkorga ijaraga berilganda yer uchastkalari uchun yer solig’i jismoniy shaxslardan yuridik shaxslardan olinadigan yer solig’ini to’lash uchun belgilangan stavkalar bo’yicha undiriladi hamda ularga Soliq kodeksning 290-moddasida nazarda tutilgan imtiyozlar tatbiq etilmaydi. (Soliq kodeksining 291-moddasi).

Soliqni hisoblab chiqarish tartibi

Yer solig’ini hisoblab chiqarish davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.

Davlat soliq xizmati organlari yer solig’ini to’lovchilar bo’lgan jismoniy shaxslarning hisobini muntazam yuritadi.

Soliq kodeksning 290-moddasida ko’rsatilgan imtiyozlarni olish huquqiga ega bo’lgan shaxslar yer uchastkasi joylashgan yerdagi davlat soliq xizmati organlariga ushbu imtiyozlarga bo’lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarni mustaqil ravishda taqdim etadi.

Yer solig’i summasi va uni to’lash muddatlari ko’rsatilgan to’lov xabarnomasi jismoniy shaxslarga davlat soliq xizmati organlari tomonidan har yili 1 maydan kechiktirmay topshiriladi.

Yil mobaynida yer uchastkasi maydoni o’zgarganda va imtiyozlarga bo’lgan huquqlar vujudga kelganida (bekor qilinganda) davlat soliq xizmati organlari mazkur o’zgarishlardan keyin bir oy ichida yer solig’ini qayta hisob-kitob qilishlari hamda soliq to’lovchiga yer solig’i summasi va uni to’lash muddatlari ko’rsatilgan yangi yoki qo’shimcha to’lov xabarnomasini taqdim etishlari kerak.

(Soliq kodeksining 293-moddasi).

Soliqni to’lash tartibi

Yer solig’i yer uchastkasining mulkdori, yerga egalik qiluvchi, yerdan foydalanuvchi yoki ijarachining yashash joyidan qat’i nazar, yer uchastkasi joylashgan hududdagi tuman yoki shaharning mahalliy byudjetiga to’lanadi.

Yil mobaynida ajratilgan yer uchastkalari uchun yer solig’i jismoniy shaxslar tomonidan yer uchastkasi ajratilganidan keyingi oydan e’tiboran to’lanadi.

Yer uchastkasi maydoni kamaytirilgan taqdirda, yer solig’ini to’lash yer uchastkasi kamaytirilgan oydan e’tiboran to’xtatiladi (kamaytiriladi).

Yer solig’i bo’yicha imtiyozlar belgilangan taqdirda, bu soliq imtiyoz huquqi vujudga kelgan oydan e’tiboran to’lanmaydi. Yer solig’i bo’yicha imtiyozlarga bo’lgan huquqlar bekor qilingan taqdirda, bu soliq mazkur huquq bekor qilinganidan keyingi oydan e’tiboran to’lana boshlaydi.

Belgilangan tartibda berilgan yer uchastkalari uchun yer solig’i yer uchastkasidan foydalanish faktidan qat’i nazar, jismoniy shaxslar tomonidan to’lanadi.

Soliq davri uchun yer solig’i to’lash jismoniy shaxslar tomonidan hisobot yilining 15 oktyabriga qadar amalga oshiriladi.

(Soliq kodeksining 294-moddasi).