O'zbekiston Respublikasi

Davlat soliq qo'mitasining

Soliq akademiyasi

 

gerb

   sitemap

 

 

"Shunga erishmog'imiz kerakki, har bir soliq to'lovchi, u xoh jismoniy, xoh yuridik shaxs bo'lsin, soliq to'lashdan bo'yin tovlamasdan, daromadlarini yashirishga urinmasdan, aksincha, o'z ishlab chiqarishini rivojlantirish va daromadini oshirishga intilsin"   I.A.Karimov. 

Home  /  Jismoniy shaxslar soliqqa tortish  /  Jismoniy shaxslarning jami daromadi

Jismoniy shaxslarning jami daromadi

Jismoniy shaxslarning jami daromadi

Jismoniy shaxslarning jami daromadi tarkibi

Jismoniy shaxslarning jami daromadiga quyidagilar kiradi:

1) mehnatga haq to’lash tarzidagi daromadlar;

2) mulkiy daromadlar;

3) moddiy naf tarzidagi daromadlar;

4) boshqa daromadlar.

 

Yuridik shaxslar amalga oshiradigan quyidagi xarajatlar jismoniy shaxslarning daromadi sifatida qaralmaydi:

1) mehnat sharoitlari noqulay bo’lgan ishlarda band bo’lgan xodimlarni mehnat to’g’risidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sut, davolash-profilaktika oziq-ovqati, gazlangan sho’r suv, shaxsiy himoya va gigiyena vositalari bilan ta’minlash xarajatlari;

2) kasaba uyushmasi qo’mitasi tomonidan amalga oshiriladigan to’lovlar, shu jumladan a’zolik badallari hisobidan kasaba uyushmasi a’zolariga beriladigan moddiy yordam, bundan kasaba uyushmasi qo’mitasining xodimlariga mehnat vazifalarini bajarganlik uchun beriladigan pul mukofotlari va boshqa to’lovlar mustasno;

3) xodimlarni ish joyiga olib kelish va qaytarib olib ketish xarajatlari;

4) diniy rasm-rusumlar va marosimlarni, bayram tantanalarini o’tkazish, vakillik xarajatlari, shahar yo’lovchilar transportida xodimlarning xizmat qatnovlari uchun foydalaniladigan yo’l kartochkalarini olish, shuningdek yuridik shaxsning xodimlarning mehnat va dam olish sharoitlarini ta’minlash bilan bog’liq hamda muayan jismoniy shaxslarning daromadi hisoblanmaydigan boshqa xarajatlar;

5) xodimga xizmat vazifalarini bajarish uchun zarur bo’lgan maxsus kiyim-bosh, maxsus poyabzal, formali kiyim-bosh berish xarajatlari yoki ularni pasaytirilgan baholarda sotish munosabati bilan qilingan xarajatlar, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda ayrim toifadagi xodimlarni o’z xizmat vazifalarini bajarishi chog’ida oziq-ovqat bilan ta’minlash xarajatlari;

6) xodim boshqa joyga ishga o’tkazilganda yoxud ko’chib borganda ko’chish, mol-mulkini ko’chirib borish, joy ijarasi (yo’l xarajatlari uchun beriladigan pul) bilan bog’liq xarajatlarni to’lash yoki bu xarajatlarning o’rnini qoplash xarajatlari;

7) xizmat safarlaridagi quyidagi kompensatsiya to’lovlari:

tasdiqlovchi hujjatlar asosida xizmat safari joyiga borish va u yerdan qaytib kelish uchun, shu jumladan joy band qilish uchun haq to’lashni qo’shgan holda haqiqatda amalga oshirilgan to’lovlar. Yo’l hujjatlari bo’lmagan taqdirda, temir yo’l transportidagi (agar temir yo’l qatnovi bo’lmasa, shaharlararo avtobusdagi) yo’l haqi qiymati miqdorida, biroq aviachipta qiymatining 30 foizidan oshmaydigan miqdorda;

uy-joyni ijaraga olish bo’yicha haqiqatda amalga oshirilgan to’lovlar. Yashaganligini tasdiqlovchi hujjatlar bo’lmagan taqdirda - qonun hujjatlarida belgilangan normalar doirasida;

tasdiqlovchi hujjatlar asosida uy-joyni band qilish uchun to’lovlar;

qonun hujjatlarida belgilangan normalar doirasida xizmat safarida bo’lingan vaqt uchun to’lanadigan kundalik xarajatlar uchun haq (sutkalik pullar);

qonun hujjatlarida belgilangan va hujjatlar bilan tasdiqlangan boshqa to’lovlar;

8) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan normalar doirasida xodimga to’lanadigan kompensatsiya to’lovlari (kompensatsiyalar):

doimiy ishi yo’lda kechadigan, harakatlanish va (yoki) qatnov tusiga ega bo’lgan, shuningdek vaxta usulida ishlarni bajarishda xodimga kompensatsiya to’lovlari (kompensatsiyalar);

xizmat ishlari uchun shaxsiy avtomobildan foydalanganlik uchun kompensatsiya to’lovlari (kompensatsiyalar), bundan xizmat safarlari mustasno;

dala ta’minoti;

qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda va normalar bo’yicha boshqa kompensatsiya to’lovlari (kompensatsiyalar), bundan Soliq Kodeksining 174 va 178-moddalarida ko’rsatilganlari mustasno;

9) mehnatda mayib bo’lganlik yoki sog’liqqa boshqacha shikast yetganlik bilan bog’liq zararning o’rnini qoplash bo’yicha quyidagi miqdordagi to’lovlar:

jabrlanuvchi mehnatda mayib bo’lguniga qadar olgan o’rtacha oylik ish haqiga nisbatan foiz hisobidagi, uning kasbga oid mehnat qobiliyatini yo’qotganlik darajasiga muvofiq belgilanadigan har oylik to’lovlar (voyaga yetmagan shaxs mehnatda mayib bo’lib qolgan taqdirda, zararning o’rni uning ish haqi (daromadi) miqdoridan kelib chiqqan holda, lekin qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqining besh baravaridan kam bo’lmagan miqdorda qoplanadi);

maxsus tibbiy parvarishga muhtoj jabrlanuvchilarga qo’shimcha xarajatlar uchun oyiga eng kam ish haqining ikki baravari miqdoridagi to’lovlar;

jabrlanuvchining maishiy parvarishi uchun qo’shimcha xarajatlar tariqasida har oyda eng kam ish haqining ellik foizi miqdoridagi to’lovlar;

xodimning sog’lig’iga shikast yetkazilganligi munosabati bilan ish beruvchi tomonidan bir yo’la to’lanadigan nafaqa tariqasida jabrlanuvchining yillik o’rtacha ish haqi miqdoridagi to’lovlar;

10) boquvchisi vafot etganligi munosabati bilan quyidagi miqdordagi to’lovlar:

marhumning o’rtacha ish haqining vafot etgan boquvchining qaramog’ida bo’lgan va uning vafoti munosabati bilan zararni undirishga haqli bo’lgan mehnatga qobiliyatsiz shaxslarga to’g’ri keladigan ulushi miqdoridagi to’lovlar;

boquvchisi vafot etganligi munosabati bilan zararni undirishga haqli bo’lgan shaxslarga bir yo’la to’lanadigan nafaqa tariqasida marhumning o’rtacha yillik ish haqining olti baravari miqdoridagi to’lovlar;

11) talabalarning ta’lim olishi uchun, O’zbekiston Respublikasining oliy o’quv yurti bilan to’g’ridan-to’g’ri shartnomalar bo’yicha pulli-kontrakt asosida o’tkaziladigan to’lovlar;

O’zR 30.12.2009 y. O’RQ-241-son Qonuniga muvofiq 12-band o’z kuchini yo’qotgan

12) O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hisobvarag’iga muqobil xizmat shartnomasi bo’yicha o’tkaziladigan mablag’lar;

13) O’zbekiston Respublikasida sug’urta faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo’lgan yuridik shaxslarga hayotni uzoq muddatli sug’urtalash bo’yicha to’lanadigan sug’urta mukofotlari. Hayotni uzoq muddatli sug’urtalash shartnomasi muddatidan ilgari bekor qilinganda va sug’urtalovchi sug’urta qilinuvchiga sug’urta mukofotining bir qismini yoki hammasini qaytarsa, qaytarilgan sug’urta mukofoti miqdori jismoniy shaxsning soliq solinadigan jami daromadi tarkibiga kiritiladi; (

14) yuridik shaxsdan - ish beruvchidan:

yosh oilalar a’zolari tomonidan uy-joy olish uchun olingan mablag’lar;

qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo’yicha yakka tartibda uy-joy qurish uchun kreditlar berish qonun hujjatlariga muvofiq zimmasiga yuklatilgan banklar tomonidan ushbu maqsadlar uchun beriladigan ipoteka krediti bo’yicha boshlang’ich badal sifatida quruvchi shaxs tomonidan olingan mablag’lar.

Uy-joy olingan (mulkka bo’lgan huquqlar davlat ro’yxatidan o’tkazilgan) sanadan e’tiboran besh yil ichida sotilsa, ushbu bandda ko’rsatilgan daromadlarga belgilangan tartibda soliq solinadi;

15) xodimlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash xarajatlari. 

 

Mehnatga haq to’lash tarzidagi daromadlar

Ish beruvchi bilan mehnatga oid munosabatlarda bo’lgan va tuzilgan mehnat shartnomasiga (kontraktiga) muvofiq ishlarni bajarayotgan jismoniy shaxslarga hisoblanadigan va to’lanadigan barcha to’lovlar mehnatga haq to’lash tarzidagi daromadlar deb e’tirof etiladi:

mehnatga haq to’lashning qabul qilingan shakllari va tizimlariga muvofiq ishbay narxlar, tarif stavkalari va mansab maoshlaridan kelib chiqqan holda haqiqatda bajarilgan ish uchun hisoblangan ish haqi;

ilmiy daraja va faxriy unvon uchun qo’shimcha to’lovlar;

Soliq Kodeksining 173-moddasiga muvofiq rag’batlantirish xususiyatiga ega to’lovlar;

Soliq Kodeksining 174-moddasiga muvofiq kompensatsiya to’lovlari (kompensatsiya);

Soliq Kodeksining 175-moddasiga muvofiq ishlanmagan vaqt uchun haq to’lash.

Mehnatga haq to’lash tarzidagi daromadlarga quyidagilar ham kiradi:

predmeti ishlarni bajarish va xizmatlar ko’rsatish bo’lgan fuqarolik-huquqiy tusda tuzilgan shartnomalarga muvofiq jismoniy shaxslarga (Soliq Kodeksi 169-moddasining ikkinchi qismida ko’rsatilgan daromadlar bundan mustasno) to’lovlar;

yuridik shaxsning boshqaruv organi (kuzatuv kengashi yoki boshqa shunga o’xshash organi) a’zolariga yuridik shaxsning o’zi tomonidan amalga oshiriladigan to’lovlar;

O’zbekiston Respublikasi mudofaa, ichki ishlar, favqulodda vaziyatlar vazirliklarining, O’zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilariga, ichki ishlar organlarining oddiy askarlar, serjantlar va ofitserlar tarkibiga hamda O’zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo’mitasining xodimlariga xizmatni o’tashi (xizmat majburiyatlarini bajarishi) munosabati bilan to’lanadigan pul ta’minoti, pul mukofotlari va boshqa to’lovlar.

 

Rag’batlantirish xususiyatiga ega to’lovlar

Rag’batlantirish xususiyatiga ega to’lovlar jumlasiga quyidagilar kiradi:

1) yillik ish yakunlari bo’yicha mukofot;

2) yuridik shaxsning mukofotlash to’g’risidagi qoidasida nazarda tutilgan rag’batlantirish xususiyatiga ega to’lovlar;

3) kasb mahorati, murabbiylik uchun tarif stavkalariga va maoshlarga ustamalar;

4) ta’tilga qo’shimcha haqlar;

5) ko’p yil ishlaganlik uchun pul mukofoti va to’lovlar;

6) ratsionalizatorlik taklifi uchun to’lov;

7) mehnat natijalari bilan bog’liq bo’lmagan bir yo’la beriladigan mukofotlar.

 

Kompensatsiya to’lovlari (kompensatsiya)

Mehnatga haq to’lash tarzida daromadga kiritiladigan kompensatsiya to’lovlari (kompensatsiyalar) jumlasiga quyidagilar kiradi:

1) tabiiy-iqlim sharoitlari noqulay bo’lgan joylardagi ishlar bilan bog’liq qo’shimcha to’lovlar (ish staji uchun ustamalar, baland tog’li, cho’l va suvsiz hududlarda ishlaganlik uchun belgilangan koeffitsiyentlar bo’yicha to’lovlar);

2) O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan kasblar va ishlar ro’yxati bo’yicha og’ir, zararli, o’ta zararli mehnat sharoitlarida ishlaganlik uchun ustamalar, shu jumladan shunday sharoitlardagi uzluksiz ish staji uchun ish haqiga ustamalar;

3) texnologik jarayon jadvalida nazarda tutilgan tungi vaqtda, ish vaqtidan tashqari, dam olish kunlarida va bayram (ishlanmaydigan) kunlarida ishlaganlik uchun tarif stavkalariga hamda maoshlarga ustamalar va qo’shimcha to’lovlar;

4) ko’p smenali rejimda ishlaganlik, shuningdek bir necha kasbda, lavozimda ishlaganlik, xizmat ko’rsatish doirasi kengayganligi, bajariladigan ishlar hajmi ortganligi, o’zining asosiy ishi bilan bir qatorda ishda vaqtincha bo’lmagan xodimlarning vazifalarini bajarganlik uchun ustamalar;

5) doimiy ishi yo’lda kechadigan, harakatlanish va (yoki) qatnov tusiga ega bo’lgan xodimlarning, shuningdek doimiy ishi ishlarni vaxta usulida bajarilishini nazarda tutadigan xodimlarning ish haqiga qonun hujjatlarida belgilangan normalardan ortiqcha to’lanadigan ustamalar;

6) yuridik shaxs joylashgan yerdan (yig’ilish punktidan) ishlash joyigacha va orqaga qaytish uchun vaxtada ishlash jadvalida nazarda tutilgan ishlar vaxta usulida bajarilgan taqdirda yo’lga ketadigan kunlar, shuningdek xodimlar meteorologik sharoitlar sababli va transport tashkilotlarining aybi bilan yo’lda ushlanib qolgan kunlar uchun tarif stavkasi, maosh miqdorida to’lanadigan summalar;

7) yer osti ishlarida doimiy band bo’lgan xodimlarga ularning stvoldan ishlash joyiga borish va u yerdan qaytish uchun shaxtada (konda) harakatlanishining me’yoriy vaqti uchun to’lanadigan qo’shimcha haqlar;

8) qonun hujjatlarida belgilangan normalardan ortiqcha dala ta’minoti;

9) xizmat safarlari vaqtidagi qonun hujjatlarida belgilangan normalardan ortiqcha kundalik xarajatlar uchun haq (sutkalik pullar);

10) ishlar vaxta usulida tashkil qilinganda, ish vaqti umumlashtirilgan holda hisobga olinayotganda va qonun hujjatlarida belgilangan boshqa hollarda xodimlarga ish vaqtining belgilangan davomiyligidan ortiq ishlaganliklari munosabati bilan beriladigan dam olish kunlari (otgullar) uchun to’lovlar;

11) xizmat ishlari uchun xodimning shaxsiy avtomobilidan yoki xizmat maqsadlari uchun uning boshqa mol-mulkidan qonun hujjatlarida belgilangan normalardan ortiqcha foydalanganlik uchun to’lovlar;

12) mehnatda mayib bo’lganlik yoki sog’liqqa boshqacha shikast yetganlik bilan bog’liq zararning o’rnini qoplash uchun Soliq Kodeksi 171-moddasi ikkinchi qismining 9-bandida ko’rsatilgan miqdorlardan ortiqcha olingan summalar;

13) oziq-ovqat va yo’l chiptalarining qiymati yoki oziq-ovqat va yo’l chiptalarining qiymatini qoplash.

 

Ishlanmagan vaqt uchun haq to’lash

Ishlanmagan vaqt uchun haq to’lashga quyidagilar kiradi:

1) qonun hujjatlariga muvofiq:

a) yillik asosiy (uzaytirilgan asosiy) ta’tilga haq to’lash, shuningdek ushbu ta’tildan foydalanilmaganda, shu jumladan xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda pullik kompensatsiya to’lash;

b) noqulay va o’ziga xos mehnat sharoitlarida, shuningdek og’ir va noqulay tabiiy-iqlim sharoitlarida ishlaganligi uchun ayrim tarmoqlarning xodimlariga beriladigan qo’shimcha ta’tilga haq to’lash;

v) o’qish bilan bog’liq ta’tilga va ijodiy ta’tillarga haq to’lash;

g) o’n ikki yoshga to’lmagan ikki va undan ortiq bolasi yoki o’n olti yoshga to’lmagan nogiron bolasi bor ayollarga berilgan qo’shimcha ta’tilga haq to’lash;

2) asosiy ish haqi qisman saqlanib qolgan holda majburiy ta’tilda bo’lgan xodimlarga beriladigan to’lovlar;

3) donor xodimlarga ko’rikdan o’tish, qon topshirish va qon topshirilgan har bir kundan keyin beriladigan dam olish kunlari uchun haq to’lash;

4) O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq davlat yoki jamoat vazifalarini bajarganlik uchun mehnatga haq to’lash;

5) qishloq xo’jaligi va boshqa ishlarga jalb qilinadigan xodimlarning asosiy ish joyi bo’yicha saqlab qolinadigan ish haqi;

6) boshqa yuridik shaxslardan avvalgi ish joyida lavozim bo’yicha maoshi miqdorlari ma’lum bir muddat davomida saqlab qolingan holda ishga olingan, shuningdek vaqtinchalik vazifani bajarib turganda xodimlarga maoshdagi farqni to’lash;

7) yuridik shaxslarning xodimlariga kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimida ishdan ajralgan holda o’qishlari vaqtida asosiy ish joyi bo’yicha ularga to’lanadigan ish haqi;

8) xodimning aybisiz bekor turib qolingan vaqt uchun haq to’lash;

9) mehnat layoqatini vaqtincha yo’qotgan xodimlarga qo’shimcha haq to’lash;

10) qonun hujjatlariga muvofiq yoki yuridik shaxsning qarori bilan majburiy progul vaqti yoki kam haq to’lanadigan ishni bajarganlik uchun haq to’lash;

11) o’n sakkiz yoshga to’lmagan shaxslarning imtiyozli soatlariga, onalarga bolani ovqatlantirishi uchun ishda beriladigan tanaffuslarga, shuningdek tibbiy ko’rikdan o’tish bilan bog’liq vaqt uchun haq to’lash;

12) yuridik shaxslarning asosiy ishidan ozod qilingan va ozod qilinmagan holda xodimlar tayyorlash, ularni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish uchun hamda o’quvchilar va talabalarning ishlab chiqarish amaliyotiga rahbarlik qilish uchun jalb qilinadigan yuqori malakali xodimlari mehnatiga haq to’lash;

O’zR 30.12.2009 y. O’RQ-241-son Qonuniga muvofiq 13-band o’z kuchini yo’qotgan

13) yuridik shaxsning boshqaruv organi (kuzatuv kengashi yoki boshqa shunga o’xshash organi) a’zolariga yuridik shaxsning o’zi amalga oshiradigan to’lovlar;

O’zR 30.12.2009 y. O’RQ-241-son Qonuniga muvofiq 14-band o’z kuchini yo’qotgan

14) moddiy yordam to’lovi, Soliq Kodeksi 178-moddasining 16-bandida ko’rsatilganlar bundan mustasno; (O’zR 29.12.2008 y. O’RQ-196-son Qonuni tahriridagi band)

15) yuridik shaxsning mablag’lari hisobidan to’lanadigan pensiyalar va nafaqalarga qo’shimchalar, stipendiyalar;

16) oliy o’quv yurtini tamomlaganidan keyin yosh mutaxassislarga ta’til vaqti uchun yuridik shaxs hisobidan to’lanadigan nafaqalar;

O’zR 30.12.2009 y. O’RQ-241-son Qonuniga muvofiq 17-band o’z kuchini yo’qotgan

17) xodimga muhim sana, uzoq yillik xizmati, jamoatchilik faoliyatidagi yutuqlari munosabati bilan to’lanadigan rag’batlantirish tarzidagi to’lov.

 

Mulkiy daromadlar

Jismoniy shaxslarning mulkiy daromadlari tarkibiga quyidagilar kiradi:

1) foizlar;

2) dividendlar;

3) mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlar;

4) jismoniy shaxslarga xususiy mulk huquqi asosida tegishli bo’lgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan olingan daromadlar. Mol-mulkni realizatsiya qilishdan olingan daromadlar mazkur mol-mulkni realizatsiya qilish summasining hujjatlar bilan tasdiqlangan uni olish qiymatidan oshgan qismi sifatida aniqlanadi. Mol-mulkni olish qiymatini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo’lmagan taqdirda, mol-mulkni realizatsiya qilish qiymati, ko’chmas mulk bo’yicha esa, inventarizatsiya qiymati hamda realizatsiya qilish narxi o’rtasidagi farq daromad deb e’tirof etiladi;

5) sanoat mulki obyektlariga, seleksiya yutug’iga berilgan patent (litsenziya) egasi bo’lgan jismoniy shaxsning patentdan boshqa shaxs foydasiga voz kechganda yoki litsenziya shartnomasi tuzganda olgan daromadi;

6) royalti;

O’zR 30.12.2009 y. O’RQ-241-son Qonuniga muvofiq 7-band o’z kuchini yo’qotgan

7) qimmatli qog’ozlarni realizatsiya qilishdan tushgan daromadlar va yuridik shaxslarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushini (payini) realizatsiya qilishdan olingan daromadlar;

8) soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar to’laganidan keyin xususiy korxona mulkdori, oilaviy korxona ishtirokchisi hamda fermer xo’jaligi boshlig’i ixtiyorida qoladigan foyda summasi.


 

Moddiy naf tarzidagi daromadlar

Soliq to’lovchi tomonidan yuridik shaxsdan moddiy naf tarzida olingan daromadlar, agar Soliq Kodeksi 171-moddasining ikkinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, quyidagilardir:

1) yuridik shaxs tomonidan jismoniy shaxs manfaatlarini ko’zlab, tovarlar (ishlar, xizmatlar) haqini, mulkiy huquqlarni to’lash, shu jumladan:

jismoniy shaxslarning bolalarini maktabgacha ta’lim muassasalarida o’qitish, tarbiyalash;

kommunal xizmatlar, xodimlarga berilgan uy-joy haqini, uy-joydan foydalanish xarajatlari haqini, yotoqxonadagi joylar haqini yoki ularning o’rnini qoplash qiymatini to’lash;

O’zR 30.12.2011 y. O’RQ-313-son Qonuniga muvofiq to’rtinchi xatboshi o’z kuchini yo’qotgan

oziq-ovqat, yo’l chiptalari qiymatini to’lash yoki oziq-ovqat, yo’l chiptalari qiymatini qoplash; (O’zR 29.12.2008 y. O’RQ-196-son Qonuni tahriridagi xatboshi) (Oldingi tahririga qarang)

sanatoriy-kurortlarda davolanish yo’llanmalari qiymatini, dam olish, statsionar va ambulatoriyaga qatnab davolanish haqini yoki ularning o’rnini qoplash qiymatini to’lash;

yuridik shaxsning jismoniy shaxs daromadi bo’lgan boshqa xarajatlari;

2) soliq to’lovchining manfaatlarini ko’zlab tekinga, shu jumladan hada shartnomasi asosida berilgan mol-mulk, bajarilgan ishlar va ko’rsatilgan xizmatlar qiymati;

3) tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) xodimlarga realizatsiya qilinadigan narxi va shu tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlariga muvofiq hisoblab chiqarilgan qiymati o’rtasidagi salbiy tafovut;

4) qonun hujjatlariga muvofiq xodimlarga temir yo’l, aviatsiya, daryo, avtomobil transporti va shahar elektr transportida yurish bo’yicha beriladigan imtiyozlar summasi;

5) jismoniy shaxsning yuridik shaxs oldidagi qarzining yuridik shaxs qarori bilan hisobdan chiqarilgan summalari;

6) ish beruvchi tomonidan to’lovlar hisobiga to’lanib, xodimdan ushlab qolinishi lozim bo’lgan, lekin ushlab qolinmagan summalar.

Soliq to’lovchi yuridik shaxsdan tovarlar (ishlar, xizmatlar) olgan taqdirda, ushbu tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) qiymati ularni olish narxidan yoki tannarxidan kelib chiqqan holda belgilanadi.

Jismoniy shaxs yuridik shaxsdan aksiz to’lanadigan tovarlar yoki qo’shilgan qiymat solig’i solinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) olsa, bunday tovarlar (ishlar, xizmatlar) qiymatida aksiz solig’ining va qo’shilgan qiymat solig’ining tegishli summasi hisobga olinadi.

 

Boshqa daromadlar

Jismoniy shaxslarning boshqa daromadlari jumlasiga quyidagilar kiradi:

1) pensiyalar va qonun hujjatlarida belgilangan nafaqalar;

2) stipendiyalar;

3) fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari, hayriya va ekologiya jamg’armalari tomonidan jismoniy shaxslarga beriladigan nafaqalar hamda boshqa turlardagi yordam;

4) donorlik uchun pul mukofotlari;

5) alimentlar;

6) hayvonlarni (qoramol, parranda, mo’ynali va boshqa hayvonlarni, baliq va boshqalarni) tirik holda hamda ularni so’yib, mahsulotlarini xom yoki qayta ishlangan holda, ipak qurti, chorvachilik, asalarichilik va dehqonchilik mahsulotlarini tabiiy va qayta ishlangan holda sotishdan olingan daromadlar;

7) jismoniy shaxslardan tekin (shu jumladan hada shartnomalari bo’yicha) olingan mol-mulk yoki mulkiy huquqlar qiymati;

8) musobaqalarda, ko’riklarda, tanlovlarda sovrinli o’rinlar uchun beriladigan sovrinlar, pul mukofotlari;

9) yutuqlar;

10) grant beruvchidan olingan grantlar, shu jumladan chet davlatlar grantlari bo’yicha olingan summalar;

11) jamg’arib boriladigan majburiy pensiya badallari, ular bo’yicha olingan foiz tarzidagi va boshqa daromadlar, jamg’arib boriladigan pensiya to’lovlari;

12) yaratilgan fan, adabiyot va san’at asarlari (predmetlari) uchun jismoniy shaxslar tomonidan olingan daromadlar;

13) O’zbekiston Respublikasining davlat mukofotlari va davlat pul mukofotlariga sazovor bo’lgan jismoniy shaxslar olgan bir yo’la beriladigan davlat pul mukofoti yoki shunga teng bahodagi esdalik sovg’alarining qiymati, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida bir yo’la beriladigan pul mukofoti;

14) xalqaro sport musobaqalarida sovrinli o’rinlarni egallaganligi uchun sportchilar olgan bir yo’la beriladigan pul mukofoti;

15) xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinganda mehnat to’g’risidagi qonun hujjatlariga muvofiq beriladigan ishdan bo’shatish nafaqasi va boshqa to’lovlar;

16) moddiy yordam tariqasida:

vafot etgan xodimning oila a’zolariga yoki oila a’zosi vafot etganligi munosabati bilan xodimga beriladigan to’lovlar;

xodimga mehnatda mayib bo’lganlik, kasb kasalligi yoxud sog’liqqa boshqacha shikast yetganligi bilan bog’liq to’lovlar;

favqulodda holatlar munosabati bilan beriladigan to’lovlar;

maqsadli xususiyatga ega bo’lgan hamda xodimlar bilan yuz bergan shaxsiy tusdagi voqealar, hodisalar va tadbirlar bilan bog’liq bo’lgan hamda bajariladigan ish natijalariga bog’liq bo’lmagan to’lovlar;

qishloq xo’jaligi mahsulotlarini berish yoki ularni sotib olish uchun mablag’lar berish tarzidagi to’lovlar;

17) qonun hujjatlariga muvofiq uy-joy-kommunal xizmatlari haqini to’lash bo’yicha har oylik kompensatsiya pul to’lovlari;

18) ishlamaydigan pensionerlarga yuridik shaxs tomonidan to’lanadigan to’lovlar;

19) sug’urta tovoni summalari

20) ma’naviy zararni kompensatsiya qilish bo’yicha pul to’lovlari.