O'zbekiston Respublikasi

Davlat soliq qo'mitasining

Soliq akademiyasi

 

gerb

   sitemap

 

 

"Shunga erishmog'imiz kerakki, har bir soliq to'lovchi, u xoh jismoniy, xoh yuridik shaxs bo'lsin, soliq to'lashdan bo'yin tovlamasdan, daromadlarini yashirishga urinmasdan, aksincha, o'z ishlab chiqarishini rivojlantirish va daromadini oshirishga intilsin"   I.A.Karimov. 

Home  /  Jismoniy shaxslar soliqqa tortish  /  JISMONIY SHAXSLARNING MOL-MULKIGA SOLINADIGAN SOLIQ

JISMONIY SHAXSLARNING MOL-MULKIGA SOLINADIGAN SOLIQ

JISMONIY SHAXSLARNING MOL-MULKIGA SOLINADIGAN SOLIQ

Soliq to’lovchilar

Mulkida soliq solinadigan mol-mulki bo’lgan jismoniy shaxslar, shu jumladan chet el fuqarolari, agar O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, shuningdek yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo’jaliklari jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq to’lovchilaridir.

Agar ko’chmas mulk mulkdorining joylashgan yerini aniqlash imkoni bo’lmasa, bu mol-mulk qaysi shaxsning egaligida va (yoki) foydalanishida bo’lsa, o’sha shaxs soliq to’lovchidir.

 (Soliq kodeksining 272-moddasi).

Soliq solish ob’ekti

O’zbekiston Respublikasi hududida joylashgan uy joylar, kvartiralar, dala hovli imoratlari, garajlar va boshqa imoratlar, joylar, inshootlar soliq solish ob’ektidir.

(Soliq kodeksining 273-moddasi).

Soliq solinadigan baza

Ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazuvchi organ tomonidan belgilanadigan soliq solish ob’ektlarining inventarizatsiya qiymati to’lovchilar uchun soliq solinadigan bazadir.

Jismoniy shaxslarning mol-mulkini baholash bo’yicha vakolatli organ tomonidan aniqlangan soliq solish ob’ektining bahosi mavjud bo’lmagan taqdirda, mol-mulkning qonun hujjatlari bilan belgilanadigan shartli qiymati soliq solinadigan bazadir.

2015 yilda jismoniy shaxslar mol-mulkini baholash organlari tomonidan  belgilangan inventarizatsiya qiymati bo’lmaganda, soliќni undirish uchun Toshkent shahri va viloyat markazlarida 20328,0 ming so’m miќdorida, boshqa shaharlar va qishloq joylarda esa 8833,0 ming so’m miqdorida mol-mulkning shartli qiymati qabul ќilindi.

Bitta jismoniy shaxs bir nechta soliq solish ob’ekti bo’yicha to’lovchi bo’lgan taqdirda, soliq solinadigan baza har bir ob’ekt bo’yicha alohida-alohida hisoblab chiqiladi.

(Soliq kodeksining 274-moddasi).

Soliq stavkalari

Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq summasi mol-mulkning 1 yanvarga bo’lgan holatiga ko’ra inventarizatsiya qiymatidan va belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.

2015 yilda jismoniy shaxslarga tegishli uy-joy, kvartira, dala ћovli imoratlari, garajlar, boshќa imorat va inshootlar uchun olinadigan mol-mulk soliѓining umumiy stavkasi inventarizatsiya ќiymatiga nisbatan 1,3 foiz miqdorida belgilandi.

Shu bilan birga, respublika shaћarlarida joylashgan turar-joylar uchun ularning umumiy maydoni 200 kv.metrdan 500 kv.metrgacha bo’lganda jami inventarizatsiya qiymatiga - 1,6 foiz, 500 kv.metrdan oshganda inventarizatsiya qiymatiga - 2,2 foiz miќdorida mol-mulk solig’i stavkalari belgilandi.

Soliq imtiyozlari

Quyidagilarning mulkida bo’lgan mol-mulkka jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq solinmaydi:

1) «O’zbekiston Qahramoni», Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor bo’lgan, uchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan fuqarolarning.

2) urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek doirasi qonun hujjatlari bilan belgilanuvchi ularga tenglashtirilgan shaxslarning.

3) o’n nafar va undan ortiq bolalari bor ayollarning (soliќ solinmaydigan maydon o’lchami 60 kv.metr doirasida);

4) pensionerlarning (soliќ solinmaydigan maydon o’lchami 60 kv.metr doirasida);

5) I va II guruh nogironlarining (soliќ solinmaydigan maydon o’lchami 60 kv.metr doirasida);

6) sobiq SSSRni, O’zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini himoya qilish yoki harbiy xizmatning yoxud ichki ishlar organlaridagi xizmatning boshqa majburiyatlarini bajarish chog’ida yaralanganligi, kontuziya bo’lganligi yoki shikastlanganligi oqibatida yoxud frontda bo’lish bilan bog’liq kasallik tufayli halok bo’lgan harbiy xizmatchilar hamda ichki ishlar organlari xodimlari ota-onalarining va beva xotinlarining (beva erlarining).

Ushbu imtiyozlar mulkdorning tanlashiga binoan faqat bir mol-mulk ob’ektiga taalluqli bo’ladi.

Mazkur imtiyozlar jismoniy shaxslar tomonidan tadbirkorlik faoliyati uchun foydalaniladigan yoxud yuridik shaxsga yoki yakka tartibdagi tadbirkorga ijaraga berilgan soliq solish ob’ektlariga nisbatan qo’llanilmaydi.

(Soliq kodeksining 275-moddasi).

 

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 4 yanvardagi «Qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo’yicha yakka tartibdagi uy-joylar qurilishining 2013 yil Dasturi to’g’risida»gi PQ-1902-sonli qaroriga muvofiq, 2013 yil
1 yanvardan jismoniy shaxslar, qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo’yicha yakka tartibdagi uy-joylar qurilishi Dasturi doirasida, ipoteka kreditini to’lab bo’lmagunga qadar, harid qilingan uy-joylar bo’yicha mulk solig’ini to’lashdan ozod qilinadilar.

Soliq stavkasini qo’llashning o’ziga xos xususiyatlari

Soliq solish ob’ektlari jismoniy shaxslar tomonidan tadbirkorlik faoliyati uchun foydalanilgan yoxud ular yuridik shaxsga yoki yakka tartibdagi tadbirkorga ijaraga berilgan taqdirda, shuningdek jismoniy shaxslarning mulkida bo’lgan yashash uchun mo’ljallanmagan joylar bo’yicha jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq yuridik shaxslar uchun belgilangan stavka bo’yicha to’lanadi.

(Soliq kodeksining 276-moddasi).

Soliqni hisoblab chiqarish va to’lash tartibi

Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni hisoblab chiqarish soliq to’lovchining yashash joyidan qat’i nazar, soliq solish ob’ekti joylashgan yerdagi davlat soliq xizmati organlari tomonidan ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazuvchi organning ma’lumotlari asosida amalga oshiriladi.

Soliq Kodeksning 275-moddasida ko’rsatilgan imtiyozlarni olish huquqiga ega bo’lgan shaxslar imtiyozlarni olish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni mustaqil ravishda taqdim etadilar.

Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq summasi mol-mulkning 1 yanvarga bo’lgan holatiga ko’ra inventarizatsiya qiymatidan va belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.

Bir nechta mulkdorning umumiy ulushli mulkida bo’lgan imoratlar, binolar va inshootlar uchun jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq mulkdorlarning har biri tomonidan ularning ushbu imoratlar, binolar va inshootlardagi ulushiga mutanosib ravishda to’lanadi.

Mol-mulkka bo’lgan mulk huquqi kalendarь yil mobaynida bir mulkdordan boshqasiga o’tgan taqdirda, jismoniy shaxslarning mulkiga solinadigan soliq avvalgi mulkdor tomonidan shu yilning 1 yanvaridan e’tiboran u mol-mulkka bo’lgan mulk huquqini yo’qotgan oyning boshlanishiga qadar, yangi mulkdor tomonidan esa unda mulk huquqi vujudga kelgan oydan e’tiboran to’lanadi.

Yangi imoratlar, binolar va inshootlar bo’yicha jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq ular barpo etilgan yildan keyingi yil boshidan e’tiboran to’lanadi.

Meros bo’yicha o’tgan mol-mulk uchun jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq merosxo’rlarda mulk huquqi vujudga kelgan oydan e’tiboran to’lanadi.

Soliq solish ob’ekti yo’q qilingan, vayron bo’lgan, buzib tashlangan taqdirda, jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni undirish mol-mulk yo’q qilingan, vayron bo’lgan yoki buzib tashlangan oydan e’tiboran to’xtatiladi. Soliq summasini qayta hisob-kitob qilish mahalliy davlat hokimiyati organi yoki fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organi tomonidan berilgan yo’q qilinganlik, vayron bo’lganlik, buzib tashlanganlik faktini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo’lgan taqdirda, amalga oshiriladi.

Kalendarь yil mobaynida imtiyoz huquqi vujudga kelgan (amal qilishi tugagan) taqdirda, jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni qayta hisob-kitob qilish ushbu huquq vujudga kelgan (amal qilishi tugagan) oydan e’tiboran amalga oshiriladi.

Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni to’lash to’g’risidagi to’lov xabarnomasi soliq to’lovchilarga davlat soliq xizmati organi tomonidan har yili 1 maydan kechiktirmay topshiriladi.

Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni soliq davri uchun to’lash hisobot yilining 15 oktyabriga qadar amalga oshiriladi.

(Soliq kodeksining 277-moddasi).