O'zbekiston Respublikasi

Davlat soliq qo'mitasining

Soliq akademiyasi

 

gerb

   sitemap

 

 

"Shunga erishmog'imiz kerakki, har bir soliq to'lovchi, u xoh jismoniy, xoh yuridik shaxs bo'lsin, soliq to'lashdan bo'yin tovlamasdan, daromadlarini yashirishga urinmasdan, aksincha, o'z ishlab chiqarishini rivojlantirish va daromadini oshirishga intilsin"   I.A.Karimov. 

Home  /  Jismoniy shaxslar soliqqa tortish  /  JSHDS stavkasi pasayadi. Bundan kim foyda ko‘radi?

JSHDS stavkasi pasayadi. Bundan kim foyda ko‘radi?

JSHDS stavkasi pasayadi. Bundan kim foyda ko‘radi?

Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i shkalasining ikkinchi stavkasi 1 foizga pasayadi. 2016 yilning 1 yanvaridan boshlab, Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasining 2016 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida” Qarori (22.12.2015 yildagi PQ-2455-son) bilan u 7,5% miqdorida belgilandi..

Eslatib o‘tamiz,  4 pog‘onali soliq solish shkalasi 2015 yil 1 yanvardan boshlab joriy qilingan (2014 yilda – uch pog‘onali). U 1 EKIHgacha bo‘lgan daromadlarga nol stavka, 1 dan 5 EKIHgacha daromadlarga  eng kam stavka, 5 dan 10 EKIHgacha daromadlarga o‘rtacha stavka hamda 10 EKIHdan ortiq daromadlarga eng yuqori stavka belgilanishini ko‘zda tutadi.

Soliq solishning yangi shkalasiga binoan eng kam stavka 8,5 dan 7,5% gacha pasayadi. Stavkalarning pasayishidan, birinchi navbatda, Soliq kodeksiga muvofiq eng kam stavka bo‘yicha soliq solinadigan daromadlar oladiganlar yutadi. Bu:

mol-mulkni ijaraga berishdan;

baland tog‘li, cho‘l va suvsiz hududlarda ishlaganlik uchun;

vaqtinchalik qishloq xo‘jaligi ishlarini bajarganlik uchun;

jismoniy shaxslardan tekin olingan ulushlar, paylar va aksiyalar tarzida olingan;

jismoniy shaxslarga xususiy mulk huquqida tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulkni realizatsiya qilishdan olingan daromadlar.

Biroq soliq solinadigan daromadlarga ega qolgan jismoniy shaxslardan  ham kamroq soliq ushlab qolinadi, chunki uni, masalan, o‘rtacha yoki eng yuqori stavkalarda hisob-kitob qilishda ham nol stavka, ham eng kam stavka hisobga olinadi. Bu degani, shkalaning kamroq eng kam stavkasi soliq to‘lovchilarning barcha toifalari uchun ijobiy ta’sir ko‘rsatadi hamda daromad solig‘ining real stavkasi doim  nominal (shkala bo‘yicha) stavkasidan past bo‘ladi.

Ekspert bahosiga ko‘ra JSHDS eng kam stavkasining pasayishi aholi daromadlarini 230 mlrd so‘mdan ortiq oshirish va ayni vaqtda o‘rtacha darajadagi daromadlarga ega soliq to‘lovchilar uchun soliq yukini 6,2 dan 5,5% ga pasaytirish imkonini beradi.

JSHDSning o‘rtacha va eng yuqori stavkalari miqdorlari 2016 yilda oldingidek qoldi – 17 va 23%.