O'zbekiston Respublikasi

Davlat soliq qo'mitasining

Soliq akademiyasi

 

gerb

   sitemap

 

 

"Shunga erishmog'imiz kerakki, har bir soliq to'lovchi, u xoh jismoniy, xoh yuridik shaxs bo'lsin, soliq to'lashdan bo'yin tovlamasdan, daromadlarini yashirishga urinmasdan, aksincha, o'z ishlab chiqarishini rivojlantirish va daromadini oshirishga intilsin"   I.A.Karimov. 

Home  /  Jismoniy shaxslar soliqqa tortish  /  SUV RESURSLARIDAN FOYDALANGANLIK UCHUN SOLIQ

SUV RESURSLARIDAN FOYDALANGANLIK UCHUN SOLIQ

SUV RESURSLARIDAN FOYDALANGANLIK UCHUN SOLIQ

Soliq to’lovchilar

Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to’lovchilar O’zbekiston Respublikasi hududida suvdan foydalanishni yoki suv iste’molini amalga oshiruvchi quyidagi shaxslardir:

- tadbirkorlik faoliyati uchun suvdan foydalanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar;

- yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo’jaliklari.

(Soliq kodeksining 257-moddasi).

 Soliq solish ob’ekti

Yer usti va yer osti manbalaridan olib foydalaniladigan suv resurslari soliq solish ob’ektidir.

Suv resurslarining yer usti manbalariga quyidagilar kiradi:

daryolar, ko’llar, suv omborlari, turli xil kanallar va hovuzlar, yer ustidagi boshqa suv havzalari hamda suv manbalari.

Suv resurslarining yer osti manbalariga artezian quduqlari va skvajinalar, vertikal va gorizontal drenaj tarmoqlari hamda boshqa inshootlar yordamida chiqazib olinadigan suvlar kiradi.

(Soliq kodeksining 258-moddasi).

Soliq solinadigan baza

Foydalanilgan suvning hajmi soliq solinadigan bazadir.

(Soliq kodeksining 259-moddasi).

Soliq solinadigan bazani belgilash tartibi

Yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun suv resurslarining yer usti va yer osti manbalaridan olingan suv hajmi suvdan foydalanishning buxgalteriya (birlamchi) hisobga olish hujjatlarida aks ettirilgan suv o’lchagich asboblarining ko’rsatkichlari asosida aniqlanadi.

Suvdan o’lchagich asboblarsiz foydalanilgan taqdirda, uning hajmi suv ob’ektlaridan suv olish limitlaridan, suv iste’molining texnologik va sanitariya normalaridan, ekinlar hamda dov-daraxtlarni sug’orish normalaridan yoki ma’lumotlarning to’g’riligini ta’minlovchi boshqa usullardan kelib chiqqan holda aniqlanadi.

Soliq to’lovchi issiq suv hamda bug’ hosil qilinishi bo’yicha soliq solinadigan bazani ishlab chiqarish va texnik ehtiyojlar uchun o’zi foydalangan suv resurslari hajmidan kelib chiqqan holda aniqlaydi.

Yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo’jaliklari uchun soliq solinadigan baza soliq davrida bir gektar sug’oriladigan yerlarni sug’orish uchun sarflanadigan suvning butun xo’jalik bo’yicha o’rtacha hajmidan kelib chiqqan holda davlat soliq xizmati organlari tomonidan aniqlanadi. (Soliq kodeksining 260-moddasi).

 Soliq stavkalari:

2015 yilga

 

To’lovchilar

 

1 kub. metr uchun stavka (so’m)

er usti suv

resurslari

manbalari

er usti suv

resurslari

manbalari

1

 

Barcha iќtisodiyot tarmoќlari korxonalari (2-4 bandlarda ko’rsatilganlaridan tashќari) deћќon ћo’jaliklari  (yuridik va jismoniy shaxslar) ћamda tadbirkorlik faoliyati uchun suvdan foydalanuvchi jismoniy shaxslar  

 

 

 61,9

 

 

 78,6

 

 

 

Soliqni hisoblab chiqish tartibi

Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasi soliq solinadigan bazadan va belgilangan stavkalardan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.

Yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo’jaliklari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasi davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq solinadigan bazadan va belgilangan stavkalardan kelib chiqqan holda belgilanadi.

Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqning hisob-kitobi suvdan foydalanish yoki suv iste’moli joyidagi davlat soliq xizmati organlariga yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan yiliga bir marta - soliq davridan keyingi yilning 25 yanvarigacha taqdim etiladi.

Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to’lash to’g’risidagi to’lov xabarnomasi yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo’jaliklariga davlat soliq xizmati organlari tomonidan hisobot davridan keyingi yilning 1 fevralidan kechiktirmay topshiriladi.

(Soliq kodeksining 263-moddasi).

 Soliq to’lash tartibi

Soliq davri mobaynida soliq to’lovchi yakka tartibdagi tadbirkorlar suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bo’yicha joriy to’lovlarni to’laydilar.

Joriy to’lovlar miqdorini hisoblab chiqarish uchun yakka tartibdagi tadbirkorlar joriy soliq davrining 25 yanvarigacha, yangi tashkil qilinganlari esa - davlat ro’yxatidan o’tkazilgan kundan e’tiboran o’ttiz kundan kechiktirmay, suvdan foydalanish yoki suv iste’moli joyidagi davlat soliq xizmati organlariga mo’ljallanayotgan soliq solinadigan bazadan (foydalaniladigan suv hajmidan) va suv resurslaridan foydalanganlik uchun belgilangan soliq stavkalaridan kelib chiqqan holda hisoblangan joriy soliq davrida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasi to’g’risidagi ma’lumotnomani taqdim etadilar.

Hisoblab chiqarilgan joriy to’lovlar yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan - yilning har choragi uchinchi oyining 25-kunidan kechiktirmay suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq yillik summasining to’rtdan bir qismi miqdorida to’lanadi.

Soliq davri mobaynida mo’ljallanayotgan soliq solinadigan baza o’zgargan taqdirda, yakka tartibdagi tadbirkorlar suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasi to’g’risida aniqlashtirilgan ma’lumotnoma taqdim etishga haqli. Bunda soliq davrining qolgan qismi uchun joriy to’lovlarga suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqning o’zgarish summasiga teng ulushlarda tuzatish kiritiladi.

Soliq davrida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to’lash joriy to’lovlar hisobga olingan holda yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan, suvdan foydalanish yoki suv iste’moli joyida, hisob-kitob taqdim etiladigan muddatdan kechiktirmay amalga oshiriladi.

Soliq davrida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bo’yicha joriy to’lovlar summasi hisob-kitobga ko’ra byudjetga to’lanishi lozim bo’lgan soliq summasiga nisbatan 10 foizdan ortiq miqdorga kamaytirilgan taqdirda, davlat soliq xizmati organi joriy to’lovlarni suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqning haqiqiy summasidan kelib chiqib, penya hisoblagan holda qaytadan hisoblab chiqadi.

Yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo’jaliklari tomonidan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to’lash yiliga bir marta, soliq davridan keyingi yilning 1 mayigacha amalga oshiriladi.

(Soliq kodeksining 264-moddasi).