O'zbekiston Respublikasi

Davlat soliq qo'mitasining

Soliq akademiyasi

 

gerb

   sitemap

 

 

"Shunga erishmog'imiz kerakki, har bir soliq to'lovchi, u xoh jismoniy, xoh yuridik shaxs bo'lsin, soliq to'lashdan bo'yin tovlamasdan, daromadlarini yashirishga urinmasdan, aksincha, o'z ishlab chiqarishini rivojlantirish va daromadini oshirishga intilsin"   I.A.Karimov. 

Home  /  Tuzilma  /  "Kamolot" YOIH

"Kamolot" YOIH

BOSHLANG‘ICH TASHKILOT MAQSAD VA VAZIFALARI

Soliq akademiyasi “Kamolot” YoIH boshlang‘ich tashkilotining asosiy maqsadi – akademiyadagi talaba-yoshlarni mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik, siyosiy va iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish jarayonlariga jalb qilish, ularning huquq, erkinlik va manfaatlarini himoya qilinishini ta'minlash, yigit-qizlarning ma'naviy, ma'rifiy va intellectual darajasini yuksaltirish, ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish va intilishlarini qo‘llab-quvvatlashdir.

Boshlang‘ich tashkilotning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • mustaqil fikrlaydigan, o‘zining hayotiy pozitsiyasi va qat'iy e'tiqodiga ega, jamiyatda munosib o‘rin egallash, mamlakatni isloh qilish va yangilash jarayonlarida hal qiluvchi kuch va tayanch bo‘lishga qodir barkamol avlodni shakllantirish, ularning siyosiy¬huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga ko‘maklashish;
  • akademiyada yoshlarni ma'naviy ¬axloqiy jihatdan tarbiyalash, ularda tarixiy xotira, milliy g‘urur va o‘zlikni anglash, ro‘y berayotgan voqealarga daxldorlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini shakllantirish;
  • yoshlarni diniy¬ekstremistik va boshqa buzg‘unchi g‘oyalar ta'siridan hamda “ommaviymadaniyat” niqobi ostida chetdan kirib kelayotgan tahdidlardan asrash, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish;
  • talaba-yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning o‘z kasbini etuk mutaxassisi bo‘lishga qaratilgan intilishlarini qo‘llab-quvvatlash;
  • iste'dodli talaba-yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ijodiy va intellectual salohiyatini ro‘yobga chiqarishlari uchun shart-sharoitlar yaratish hamda ilmiy faoliyatga jalb qilish;
  • yoshlarda sog‘lom turmush tarzi, ekologik madaniyatni shakllantirish, ularni jismoniy tarbiyava sport bilan muntazam shug‘ullanishga keng jalb qilish;
  • talaba-yoshlarni akademiya talabalar turar joylariga joylashtirish, ularga qulay shart-sharoit va qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish bo‘yicha tizimli ishlarni bajarish va boshqalar.