O'zbekiston Respublikasi

Davlat soliq qo'mitasining

Soliq akademiyasi

 

gerb

   sitemap

 

 

"Shunga erishmog'imiz kerakki, har bir soliq to'lovchi, u xoh jismoniy, xoh yuridik shaxs bo'lsin, soliq to'lashdan bo'yin tovlamasdan, daromadlarini yashirishga urinmasdan, aksincha, o'z ishlab chiqarishini rivojlantirish va daromadini oshirishga intilsin"   I.A.Karimov. 

Home  /  Tuzilma  /  Bo'limlar  /  Ma'naviyat va ma'rifat va iqtidorli talabalar bilan ishlash bo'limi

Ma'naviyat va ma'rifat va iqtidorli talabalar bilan ishlash bo'limi

ma'naviyat

 

Bo‘lim  boshlig‘i:   Aliqulov Xusniddin Akbarovich
Qabul vaqti: Har kuni
Telefon: (0 371)230-16-37 ichki: 105
Email: Husniddin@umail.uz

 

  Talaba-yoshlarni mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash jarayonida ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma'naviy va madaniy salohiyatning tub mohiyatini anglaydigan raqobatbardosh mutaxassis, insonparvar, etuk, davr talabiga javob beradigan, ma'naviy-madaniy, axloqiy ruhiy va jismoniy jihatdan barkamol, Vatanga, el-yurtga sadoqatli kishilar qilib tarbiyalash hamda ularda turli ekstremistik va buzg'unchi g'oyalar va yo'nalishlarga qarshi immunitetni kuchaytirish bolim faoliyatida ustuvor vazifa sifatida belgilab olingan.

  Akademiyada ma'naviy-ma'rifiy yo'nalishdagi faoliyat O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ma'naviyat va ma'rifat jamoatchilik Markazini tashkil qilish to'g'risida"gi (1994 yil 24 aprel), "Ma'naviyat va ma'rifat jamoatchilik markazi faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish to'g'risida"gi (1996 yil 9 sentyabr) Farmonlari, Oliy Majlis IX sessiyasida qabul qilingan "Ta'lim to'g'risida"gi Qonun va "Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi" (1997 yil 27 avgust), O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning "Milliy g'oya targ'iboti va ma'naviy-ma'rifiy ishlarning samaradorligini oshirish to'g'risida"gi (2006 yil 25 avgust), dagi  “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi (2014 yil 6 fevral) PQ-2124-sonli Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining "Ma'naviy - ma'rifiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish va uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi (1998 yil 14 iyul) Qarori, Davlat soliq qomitasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining Hay'at Qarorlari va buyruqlari mazmun, mohiyatidan kelib chiqadigan maqsad va vazifalarni hayotga tadbiq qilish borasida, vatanparvarlik, ma'naviy-axloqiy, huquqiy, kasbiy mehnat, badiiy - estetik, ekologik va jismoniy tarbiya yo'nalishlarida o'quv jarayonida, talabalarning darsdan bo'sh vaqtlarida, talabalar turar joylarida va talabalarning salomatligi yo'lida olib boriladi.