O'zbekiston Respublikasi

Davlat soliq qo'mitasining

Soliq akademiyasi

 

gerb

   sitemap

 

 

"Shunga erishmog'imiz kerakki, har bir soliq to'lovchi, u xoh jismoniy, xoh yuridik shaxs bo'lsin, soliq to'lashdan bo'yin tovlamasdan, daromadlarini yashirishga urinmasdan, aksincha, o'z ishlab chiqarishini rivojlantirish va daromadini oshirishga intilsin"   I.A.Karimov. 

Home  /  Ta'lim  /  Magistratura

Magistratura

5A230801 – Soliqlar va soliqqa tortish magistratura mutaxassisligining umumiy tasnifi


5A230801 – Soliqlar va soliqqa tortish magistratura mutaxassisligi bo’yicha magistrlar tayyorlovchi oliy ta’limning dasturi amalga oshiriladi, uning nazariy va amaliy mashg’ulotlarini to’liq o’zlashtirgan, yakuniy davlat attestatsiyasidan muvaffaqiyatli o’tgan shaxsga «magistr» malakasi (darajasi) hamda oliy ma’lumot to’g’risidagi davlat namunasidagi rasmiy hujjat(lar) beriladi.
Magistratura bitiruvchilari magistr akademik darajasini olgandan so’ng oliy ta’lim muassasalari hamda O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ITIlarda katta ilmiy xodim-izlanuvchi va mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy-tadqiqot ishlarini davom ettirishi mumkin.


Magistrlarning tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan umumiy talablar


- ilmiy dunyoqarashga doir bilimlar tizimini egallagan bo’lishi, umummetodologik fanlar asosini, davlat siyosatining dolzarb masalalarini bilishi; ijtimoiy muammolar va jarayonlarni mustaqil tahlil qilish;
- ijtimoiy muammolar va jarayonlarni mustaqil taxlil qilish;
- milliy ma’naviy va umuminsoniy qadriyatlar bo’yicha o’z nuqtai nazarini og’zaki va yozma bayon etishi, milliy g’oyaning nazariy asoslarni anglagan holda “Ozod va obod vatan, erkin va farovon hayot qurish” bosh g’oyasining mohiyatini hamda uning asosiy g’oyalar bilan mutanosibligi va farqini bilish;
- tabiat va jamiyatda yuz berayotgan jarayon va hodisalar haqida yaxlit tasavvurga ega bo’lishi, insonning ma’naviy qiyofasi haqida bilimlarga ega bo’lishi, ulardan hayotda va kasbiy faoliyatida hamda zamonaviy ilmiy tadqiqotlarda foydalana olish;
- shaxsning inson, jamiyat, atrof muhitga bo’lgan munosabatini tartibga soluvchi huquqiy va axloqiy me’yorlarni kasbiy faoliyatida qo’llay olish;
- yangi bilimlarni mustaqil o’zlashtira olishi, takomillashtirishi va o’z mehnatini ilmiy asosda tashkil qila bilish;
- o’zining individual bilimlariga tayangani holda ijtimoiy va shaxsiy ahamiyatga ega bo’lgan muammolarni tushunishi va ularni tahlil qilish;
- o’z faoliyatida me’yoriy huquqiy hujjatlardan foydalana bilish;
- fikrlash madaniyati, muayyan tafakkur uslubiga, og’zaki va yozma nutqini aniq bayon qilish;
- o’zlashtirilgan bilimlarni ijodiy tanqidiy ko’rib chiqish va tahlil qilish, ulardan ilmiy faoliyatida foydalana olish;
- ilmiy faoliyati natijalarini his qilishga yo’naltirilgan ijtimoiy mas’uliyat shakllangan bo’lish;
- kasbiy faoliyatda o’zlashtirgan fanlarning asosiy qonunlaridan foydalanish, metodlarni tasniflash, metodologik tamoyillardan ilmiy faoliyatida foydalana olish;
- xorijiy tillardan birini ilmiy muloqot va kasbiy malaka almashish vositasi sifatida foydalana olish;
- axborotni to’plash, saqlash, ularga ishlov berish va ulardan foydalanish usullarini egallash;
- axborot, bilim, ma’lumotni bir-biridan farqlash malakasiga ega bo’lish, axborot texnologiyalaridan foydalana olish;
- bugungi axborotlashgan jamiyat sharoitida axborot texnologiyalarining mohiyati va ahamiyatini tushunish, axborot xuruji xavfi va tahdidlarni anglash, axborot xavfsizligining asosiy talablariga rioya qilish;
- internet tarmog’idan axborotlarni olish, saqlash, qayta ishlashning asosiy usullari va vositalariga ega bo’lish, axborotni boshqarish vositasi sifatida kompyuter bilan ishlash;
- pedagogik faoliyatida axborot va pedagogik texnologiyalardan foydalanish;
- ta’lim sifati va samaradorligini oshirishga innovatsion yondashish;
- ilmiy faoliyati natijalari bo’yicha davlat va xorijda e’lon qilingan loyihalarda ishtirok etish uchun loyiha tayyorlash;
- patent olish uchun ish me’yoriy hujjatlar tayyorlay olish;
- davlat, nodavlat va notijorat tashkilotlari tomonidan e’lon qilingan loyihalarda ishtirok etish uchun loyiha tayyorlash malakalariga ega bo’lishi lozim.

 

Magistratura to'lov shartnomasi