O'zbekiston Respublikasi

Davlat soliq qo'mitasining

Soliq akademiyasi

 

gerb

   sitemap

 

 

Home  /  Tuzilma  /  Kafedralar  /  "Moliya va kredit"

"Moliya va kredit"

moliya1

Kafedra o‘qituvchisi: Ruziyev G‘anisher Usarovich
Qabul vaqti: Har kuni
Telefon: (0 371) 230-16-29 ichki: 134
Email: g‘anisherruziev@soliq.uz

 

 

 

“Moliya va kredit” kafedrasi Soliq akademiyasining ixtisoslik fanlari o‘qitiladigan kafedrasi hisoblanadi. Kafedra Soliq akademiyasi talabalari, magistrantlari va tinglovchilari bilan o‘quv-uslubiy, ilmiy, ma‘naviy-ma‘rifiy ishlarni hamda madaniy tadbirlarni amalga oshiradi. Kafedraning asosiy vazifalari quyidagilar;

* respublika davlat soliq xizmati organlari uchun soliqlar va soliqqa tortish sohasida yetuk, yuqori malakali, fidoiy, halol, chuqur nazariy va amaliy bilimga ega bo‘lgan kadrlarni tayyorlash;

* tasdiqlangan davlat ta‘lim standartlari va o‘quv dasturlariga muvofiq talabalarga zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida ixtisoslik fanlarini o‘qitish, bu borada o‘quv-uslubiy majmualarni yaratish va ularni milliy moliya va soliq qonunchiligi talablariga doimiy moslashtirib borish;

 * davlat soliq xizmati organlarida ishlab kelayotgan xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;

* Moliya va kredit tizimini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish, moliya va kredit fanlariga oid darslik, o‘quv qo‘llanma va adabiyotlarni yaratish;

* davlat soliq xizmati organlari xodimlariga molia va kredit tizimini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar berish, ularga yaqindan ko‘mak ko‘rsatish va axborot-maslahat berish;

* turdosh oliy ta‘lim muassasalari professor-o‘qituvchilariga ilmiy-pedagogik faoliyatni olib borishda va o‘quv jarayonini takomillashtirishda yaqindan yordam berish;

* Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Markaziy bank, Savdo-sanoat palatasining malakali mutaxassislari, taniqli iqtisodchi olimlar, iqtisod va moliya sohasidagi nufuzli oliy ta‘lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, ilmiy izlanuvchilar, talabalar, soliq to‘lovchilar ishtirokida ilmiy-amaliy konferentsiyalar o‘tkazish, davra-suhbatlari va seminarlar tashkil etish.

 

Kafedrada 3 nafar professor-o‘qituvchi uchun belgilangan lavozimlar tasdiqlangan bo‘lib, hozirgi vaqtda kafedrada 1 nafar professor-o‘qituvchi to‘liq, 2 nafar professor-o‘qituvchi o‘rindoshlik asosida o‘quv va ilmiy-pedagogik faoliyatni olib bormoqdalar.

moliya2

moliya3

“Moliya va kredit” kafedrasida faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilar haqida

MA’LUMOT

T.r.

F.I.SH

Tug‘ilgan yili

Lavozimi va ilmiy darajasi

Mutaxassisligi va tamomlagan oliy o‘quv yurti

O‘tadigan fanlar

1.

Xamidova Faridaxon Abdulkarim qizi

22.08.1960

0,5 stavka katta o‘qituvchi,

i.f.n.

Iqtisodchi,

TMI.

 (1995 yil)

Investitsiyalarni boshqarish,

Moliya, Moliya bozori

2

Bekimbetova Gulnora Maratovna

14.05.1984

0,5 stavka katta o‘qituvchi

Davlat moliyasini boshqarish

TMI. Magistr

 (2008 yil)

Investitsiyalarni boshqarish, Moliya bozori

3.

Ruziyev G‘anisher Usarovich

21.02.1980

O‘qituvchi

“Soliqlar va soliqqa tortish”

TDIU. Magistr

(2003 yil)

Moliya

 

 “Moliya va kredit” kafedrasi tomonidan bakalavr va magistratura bosqichi talabalari va qayta tayyorlash kurslari tinglovchilari uchun 2017-2018 o‘quv yili davomida o‘qitiladigan

FANLAR RO‘YXATI

Fan nomi

Kurs

Semestr

Soat

BAKALAVRIYAT

1.

Moliya

2

III-IV

76/76

2.

Moliya

3

V

18/38

3.

Investitsiyalarni boshqarish

3

V

48/48

4.

Sug‘urta ishi

3

VI

28/30

5.

Moliya bozori

4

VIII

30/26

MAGISTRATURA

1.

Davlat moliyasiniboshqarish

1

II

20/20