O'zbekiston Respublikasi

Davlat soliq qo'mitasining

Soliq akademiyasi

 

gerb

   sitemap

 

 

"Shunga erishmog'imiz kerakki, har bir soliq to'lovchi, u xoh jismoniy, xoh yuridik shaxs bo'lsin, soliq to'lashdan bo'yin tovlamasdan, daromadlarini yashirishga urinmasdan, aksincha, o'z ishlab chiqarishini rivojlantirish va daromadini oshirishga intilsin"   I.A.Karimov. 

Home  /  Yangiliklar  /  "Keksalarni e'zozlash yili"ga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi

"Keksalarni e'zozlash yili"ga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi

« Back

"Keksalarni e'zozlash yili"ga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi 07.04.2015 13:15

Soliq akademiyasida joriy yilning 7 aprel kuni «Yosh avlodni milliy qadriyatlarga va keksa avlodga hurmat ruhida tarbiyalashning dolzarb masalalari» mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatiga Uchtepa tumani “Bog‘iston” MFY raisi o‘rinbosari– I.Hamroyev, “Bog‘iston” MFY maslahatchisi– N.Fayzullayeva, “Bog‘iston” mahallasi faxriylari - I.Тo‘raqulov, B.Babayevlar taklif etildi.

Prezidentimizning 2014 yil 13 oktabrdagi “1941-1945 yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni va 2015 yilning mamlakatimizda Keksalarni e’zozlash yili, deb e’lon qilingani urush va mehnat faxriylarini e’zozlash, ularni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash, urush yillarida ular ko‘rsatgan jangovar hamda mehnat jasorati munosib baholanayotganining yana bir amaliy namoyonidir.

Respublikamizda mazkur dastur ijrosi doirasida keksa avlod vakillari hayot darajasi va sifatini yanada oshirish, ayniqsa, 1941-1945 yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini manzilli ijtimoiy himoya qilish, moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash, ularga munosib turmush sharoiti yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va mehnat fronti faxriylarining sog‘lig‘ini tiklashi va mustahkamlashi uchun barcha sharoit yaratilgan. Faxriylar chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, yiliga bir marotaba o‘zlariga ma’qul muddatda sanatoriy-sog‘lomlashtirish sihatgohlarida bepul dam olishlari mumkin. Тa’lim muassasalari qoshida tashkil etilgan “Madad”, “G‘amxo‘rlik” guruhlari urush va mehnat fronti faxriylari holidan xabar olib, uy ishlarida, turar joylarini tartibga keltirishda ko‘maklashayotgani avlodlar o‘rtasidagi mehr rishtalarini yanada mustahkamlamoqda.

– Bayramlar arafasida tashkil etilayotgan uch avlod uchrashuvlari yoshlarimizni Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qilayotir, – dedi “Bog‘iston” MFY raisi o‘rinbosari Izzat Hamroyev. – Bunday tadbirlarda keksa avlod vakillari o‘zlari kechirgan mashaqqatli va murakkab hayot yo‘llari, bugungi tinch-osuda va farovon hayotimizning mazmun-mohiyati, qadr-qimmati xususida yoshlarga so‘zlab bermoqda. Davlatimiz rahbarining 2015 yil 18 fevraldagi qarori bilan tasdiqlangan “Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturi keksalarning hayot darajasi va sifatini yanada yaxshilash, ularni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash ko‘lamini kengaytirish, yoshi ulug‘ insonlar, ayniqsa, 1941-1945 yillardagi urush va mehnat fronti faxriylariga ijtimoiy, pensiya ta’minoti va tibbiy xizmat ko‘rsatishni takomillashtirish, oila va jamiyatda, yoshlarni o‘zbek xalqining ko‘p asrlik qadriyat va an’analari ruhida tarbiyalashda keksalarning o‘rnini mustahkamlashga qaratilgan.

rasm