O'zbekiston Respublikasi

Davlat soliq qo'mitasining

Soliq akademiyasi

 

gerb

   sitemap

 

 

"Shunga erishmog'imiz kerakki, har bir soliq to'lovchi, u xoh jismoniy, xoh yuridik shaxs bo'lsin, soliq to'lashdan bo'yin tovlamasdan, daromadlarini yashirishga urinmasdan, aksincha, o'z ishlab chiqarishini rivojlantirish va daromadini oshirishga intilsin"   I.A.Karimov. 

Home  /  Yangiliklar  /  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga bag‘ishlab o‘tkazilgan siyosiy-huquqiy va ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbir

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga bag‘ishlab o‘tkazilgan siyosiy-huquqiy va ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbir

« Back

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga bag‘ishlab o‘tkazilgan siyosiy-huquqiy va ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbir 27.03.2015 16:32

2015 yil 27 mart kuni Soliq akademiyasida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga bag‘ishlab siyosiy-huquqiy va ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda akademiya rahbariyati, professor-o‘qituvchilar va talabalar qatnashdilar.

Akademiya jamoasi bilan bugungi kunning ushbu dolzarb masalasini muhokama etish uchun O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi raisi Shadmanov Adham Хursanboyevich, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, Pardayev Azamat Kenjaboyevich, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Markaz direktori o‘rinbosari Хodjayev Abbos Agzamovich, Toshkent Davlat yuridik universiteti dotsenti Turg‘unov Oybek Karimovichlar tashrif buyurishdi.

Tadbirda ma’ruzachilar talaba-yoshlarga mamlakatimizda o‘tkazilayotgan ushbu siyosiy tadbirning ahamiyati, yurtimiz taqdirida har bir saylovchining xohish irodasining o‘z o‘rni borligi, saylov tizimi, fuqarolarning saylov huquqlari va saylov qonunchiligiga kiritilgan o‘zgarishlar hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentligi saylovi xalqaro huquq normalariga mos tarzda o‘tkazilayotganligiga alohida to‘xtalib, barcha fuqarolarni, xususan yoshlarni saylovlarda faol ishtirok etishga chaqirdilar. Professor-o‘qituvchilar va talabalar tadbir mavzusiga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan ma’ruzachilarga murojaat qilib, ulardan kerakli javoblar oldilar.

Tadbirda talabalar O’zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O’zbekiston”, “Yoshlar” va “Toshkent” telekanallarining informatsion-axborot ko‘rsatuvlariga intervyular berishdi.

rasm2   rasm3