O'zbekiston Respublikasi

Davlat soliq qo'mitasining

Soliq akademiyasi

 

gerb

   sitemap

 

 

"Shunga erishmog'imiz kerakki, har bir soliq to'lovchi, u xoh jismoniy, xoh yuridik shaxs bo'lsin, soliq to'lashdan bo'yin tovlamasdan, daromadlarini yashirishga urinmasdan, aksincha, o'z ishlab chiqarishini rivojlantirish va daromadini oshirishga intilsin"   I.A.Karimov. 

Home  /  Tuzilma  /  Bo'limlar  /  O'quv-metodik bo'lim

O'quv-metodik bo'lim

20160411_154646

O’quv bo‘limi  boshlig‘i:   Umarov Ilhomjon Yuldashevich
Qabul vaqti: Har kuni
Telefon: (0 371)230-16-34, 230-16-35
Email: umarov_iyu@rambler.ru

 

 

O‘quv-metodik bo’lim - o‘quv jarayonini boshqaruvchi tuzilma bo‘lib, u O‘zbekiston Respublikasining "Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da belgilangan vazifalarni amalga oshirishni maqsad qilib qo‘ygan va shu asosda faoliyat olib boradi.

O‘quv-metodik bo’lim akademiya ta’lim jarayonini ilg‘or ilm-fan yutuqlari asosida takomillashtirish, asosiy o‘quv hujjatlari bilan ta’minlash, fakultet, kafedralar o‘quv ishlarida yerishgan ilg‘or yutuqlarini umumlashtirish vakolatlariga ega.

O‘quv-metodik bo’lim talabalarni zamon talablari darajasida yetuk, malakali mutaxasis bo‘lib yetishib chiqishlari uchun zarur barcha fanlarni o‘quv jarayoniga kiritishga katta e’tibor beradi.

O‘quv-metodik bo’limning vazifalari etib quyidagilar belgilangan:

·  akademiya ta’lim jarayonini ilg‘or ilm-fan yutuqlari asosida takomillashtirish, akademiya tuzilmalarini davlat ta’lim standartlari va asosiy o‘quv hujjatlari bilan ta’minlash;

·  akademiyada o‘quv jarayonini rejalashtirish va tashkil qilish;

·  akademiya fakultetlari va kafedralarining o‘quv, o‘quv-uslubiy ishlarini muvofiqlashtirish;

·  o‘quv jarayonini boshqarishdagi me’yoriy-uslubiy hujjatlarni doimiy takomillashtirish;

·  akademiya ta’limini rivojlantirish uchun istiqbolli rejalarni ishlab chiqish va akademiya ilmiy kengashiga tavsiya qilish;

·  akademiya fakultetlari, kafedralari va tuzilmalarini o‘quv ishlarda erishgan ilg‘or yutuqlarini umumlashtirish va akademiya ta’lim jarayoniga tadbiq qilish;

·  talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to‘g‘risida yangi nizomni amaliyotga tadbiq etish;

·  professor-o‘qituvchilarning malaka oshirish rejasini shakllantirish;

·  talabalar davomatini tahlil etish;

·  akademiya professor-o‘qituvchilari va talabalarining o‘quv intizomiga rioya qilishini ta’minlash;

·  akademiyadagi barcha fakultetlar va magistraturada joriy, oraliq, yakuniy nazoratlarning tashkil etish va  tahlil qilish;

·  kafedra va dekanatlarda asosiy ish hujjatlarini yuritilishini ta’minlash;

·  akademiyada shtatlar jadvalini tuzish uchun hujjatlarni tayyorlash, o‘quv yuklamalarini bajarish yuzasidan nazoratni amalga oshirish;

·  o‘rindosh va soatbay dars o‘tuvchi o‘qituvchilarning hujjatlarini rasmiylashtirish, soatbay dars fondining taqsimlanishini tashkil qilish va muvofiqlashtirish;

·  akademiya fakultet va kafedralarini o‘quv masalalari bo‘yicha faoliyatini o‘rganish;

·  Professor – o‘qituvchilar tanlovini tashkil etish;

·  O‘quv jarayoniga rivojlangan chet el tajribalarini joriy etish;

·  Amaliyotlarni tashkil etish va uslubiy qo‘llanmalar bilan ta’minlanlash;

· Akademiya-filiallarida o‘quv jarayonlarini tashkil etishda ishtirok etish;

O‘quv-metodik bo’limda boshliq, nazoratchi, statist faoliyat olib boradi.