O'zbekiston Respublikasi

Davlat soliq qo'mitasining

Soliq akademiyasi

 

gerb

   sitemap

 

 

"Shunga erishmog'imiz kerakki, har bir soliq to'lovchi, u xoh jismoniy, xoh yuridik shaxs bo'lsin, soliq to'lashdan bo'yin tovlamasdan, daromadlarini yashirishga urinmasdan, aksincha, o'z ishlab chiqarishini rivojlantirish va daromadini oshirishga intilsin"   I.A.Karimov. 

Home  /  Tuzilma  /  Fakultetlar  /  Qayta tayyorlash va malaka oshirish fakulteti

Qayta tayyorlash va malaka oshirish fakulteti

 

Qayta tayyorlash va malaka oshirish fakulteti O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 10 yanvardagi 16-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining Soliq akademiyasini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Soliq akademiyasining tuzilmasi bo‘lib,

-Davlat soliq xizmati organlarida ishlayotgan, oliy o‘quv yurtlarini tamomlagan xodimlarni  qisqartirilgan bir yillik dastur bo‘yicha qayta tayyorlash;

-soliq organlari xodimlari uchun o‘qitish muddati 3 oygacha bo‘lgan malaka oshirish kurslari tashkil etish faoliyatini amalga oshiradi.

Soliq akademiyasi Qayta tayyorlash va malaka oshirish fakulteti faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2006 yil 13 apreldagi “Malaka oshirish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 76-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Kadrlar malakasini oshirish fakulteti haqida namunaviy Nizom”, Davlat soliq qo‘mitasining 2010 yil 12 sentabrdagi “Davlat soliq xizmati organlari xodimlarining kasbiy bilimlari va malakasini oshirish ishlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
253-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Davlat soliq xizmati organlari xodimlarini malaka oshirishga jalb qilish, ularning monitoringini yuritish, malaka oshirish kurslari tinglovchilari bilimlarini nazorat qilish tartibi to‘g‘risida Nizom” hamda “Soliq akademiyasi ustavi” asosida Soliq akademiyasining moddiy, ilmiy va uslubiy salohiyati asosida amalga oshiradi.

O’zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organlari xodimlarining mamlakatimizda ro‘y berayotgan iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy voqealarga daxldorlik hissini kuchaytirish, soliq siyosati va soliq ma’murchiligi sohasidagi nazariy va amaliy bilimlarini chuqurlashtirish va yangilash, kasbiy tayyorgarligining bajariladigan vazifalar va funksiyalarga muvofiqligini ta’minlash, zimmasiga yuklatilgan funksional vazifalarni bajarishda ularning shaxsiy mas’uliyatini yanada oshirish hamda rahbarlik qobiliyatlarini mustahkamlash, ma’naviy saviyasi va madaniyatini yuksaltirish fakultetning asosiy maqsadi hisoblanadi.

Asosiy maqsaddan kelib chiqib, fakultet quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:

-Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan belgilangan malaka oshirish yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv-uslubiy ishlarni tashkil etish;

-malaka oshirish bo‘yicha marketing izlanishlari o‘tkazish, istiqbolli va joriy rejalarni ishlab chiqish;

-Davlat soliq qo‘mitasi Markaziy apparatining tarkibiy tuzilmalari bilan birgalikda qayta tayyorlash va malaka oshirishga qo‘yilgan Davlat talablariga muvofiq qayta tayyorlash va malaka oshirish borasida xodimlarning bilim va ko‘nikmalariga qo‘yiladigan talablarni shakllantirish, ular asosida o‘quv reja va dasturlarni ishlab chiqish hamda belgilangan tartibda Soliq akademiyasi rektoriga tasdiqqa kiritish;

-malaka oshirish ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etish yuzasidan tavsiyalar kiritish;

-tinglovchilar bilimlarini joriy va yakuniy nazorat qilish va baholashning xolis va tezkor usullarni ishlab chiqish va ularni qo‘llash yuzasidan Soliq akademiyasi rektoriga takliflar kiritish;

-pedagogik faoliyatga yuqori malakali, yetarli (kamida 5 yil) ish stajiga ega bo‘lgan pedagog va mutaxassislarni jalb qilish;

-tinglovchilar uchun zaruriy sharoitlar yaratish;

-kadrlarni malaka oshirish tizimi va uslubiyotini takomillashtirish hamda yangi texnologiyalarni ishlab chiqishga bag‘ishlangan ilmiy-uslubiy tadqiqotlar o‘tkazish.

Fakultetda o‘quv jarayonini va joylarda o‘tadigan amaliy mashg‘ulotlarni tashkil qilish, o‘quv va uslubiy adabiyotlarni nashr qilish va ularning nusxasini ko‘paytirish, tinglovchilarga kutubxona, kompyuter sinfi va Internet tarmog‘i xizmatidan foydalanish imkoniyatlarini yaratish bilan bog‘liq xarajatlar tasdiqlangan yagona smetasi orqali moliyalashtiriladi.

Soliq akademiyasining xodimlari shtat birliklariga muvofiq Fakultetning xodimlar shtat birliklari tarkibiga quyidagilar kiradi:

- fakultet dekani;

- fakultet dekani o‘rinbosari;

- kotib-ish yurituvchi.

Fakultet tomonidan tashkil etiladigan kurslardagi o‘quv yuklamalari Davlat soliq qo‘mitasi Markaziy apparatining malakali mutaxassislari va Soliq akademiyasi kafedralarining professor-o‘qituvchilari tarkibi tomonidan bajariladi.

Fakultetdagi o‘quv jarayoni tasdiqlangan o‘quv rejalari va dasturlari hamda dars jadvallari asosida amaldagi me’yoriy hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi.

Auditoriya mashg‘ulotlarining barcha turlari uchun davomiyligi
80 minutli juft akademik soat joriy qilinadi.

Fakultet tinglovchilarini o‘qitish jarayonida professor-o‘qituvchilarning shaxsiy ish rejalarida o‘qish vositalari (o‘quv va boshqa adabiyotlar, audio-video va texnik vositalar, ma’ruza matnlari, test savollari va boshqa tarqatma materiallar) ishlab chiqish rejalashtiriladi.

Professor-o‘qituvchilar o‘z o‘quv-uslubiy faoliyatida davlat soliq xizmati organlari kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish borasidagi ilg‘or xalqaro tajribalarni o‘rganib, ularni amaliyotga joriy

Fakultetga Тoshkent shahridan tashqari boshqa viloyatlardan kelgan tinglovchilar o‘qish davrida belgilangan tartibda yotoqxona bilan ta’minlanadi.