O'zbekiston Respublikasi

Davlat soliq qo'mitasining

Soliq akademiyasi

 

gerb

   sitemap

 

 

"Shunga erishmog'imiz kerakki, har bir soliq to'lovchi, u xoh jismoniy, xoh yuridik shaxs bo'lsin, soliq to'lashdan bo'yin tovlamasdan, daromadlarini yashirishga urinmasdan, aksincha, o'z ishlab chiqarishini rivojlantirish va daromadini oshirishga intilsin"   I.A.Karimov. 

Home  /  Soliq turlari

Soliq turlari

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIDA AMALDAGI

SOLIQ VA BOSHQA MAJBURIY TO‘LOVLARNING TURLARI

O’zbekiston Respublikasi hududida Soliq kodeksining 23-moddasida nazarda tutilgan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar amal qiladi.

Soliqlarga quyidagilar kiradi:

 

1) yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i;

Qarang: SKning V bo’limi

 

2) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i;

Qarang: SKning VI bo’limi

 

3) qo’shilgan qiymat solig’i;

Qarang: SKning VII bo’limi

 

4) aksiz solig’i;

Qarang: SKning VIII bo’limi

 

5) yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus to’lovlar;

Qarang: SKning IX bo’limi

 

6) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;

Qarang: SKning X bo’limi

 

7) mol-mulk solig’i;

Qarang: SKning XI bo’limi

 

8) yer solig’i;

Qarang: SKning XII bo’limi

 

9) obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’i;

Qarang: SKning XIII bo’limi

 

10) transport vositalariga benzin, dizel yoqilg’isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq.

Qarang: SKning XIV bo’limi


 

Boshqa majburiy to’lovlarga quyidagilar kiradi:

1) ijtimoiy jamg’armalarga majburiy to’lovlar:

yagona ijtimoiy to’lov;

fuqarolarning byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga sug’urta badallari;

byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga majburiy ajratmalar;

 

Qarang: SKning XV bo’limi

 

2) Respublika yo’l jamg’armasiga majburiy to’lovlar:

Respublika yo’l jamg’armasiga majburiy ajratmalar;

Respublika yo’l jamg’armasiga yig’imlar;

Qarang: SKning XVI bo’limi

 

2-1) byudjetdan tashqari Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg’armasiga majburiy ajratmalar;

 

3) davlat boji;

Qarang: SKning XVII bo’limi

 

4) bojxona to’lovlari;

Qarang: SKning XVIII bo’limi

 

5) ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlarni ko’rsatish huquqi uchun yig’im.

Qarang: SKning XIX bo’limi


 

Ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida ko’rsatilgan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar umumbelgilangan soliqlardir.


Ushbu Kodeksda belgilangan hollarda va tartibda soliq solishning soddalashtirilgan tartibida to’lanadigan quyidagi

soliqlar qo’llanilishi mumkin:

yagona soliq to’lovi;

yagona yer solig’i;

tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo’yicha qat’iy belgilangan soliq.

Qarang: SKning XX bo’limi


 

Ushbu modda ikkinchi qismining 1-6-bandlarida, uchinchi qismining 1-4-bandlarida, beshinchi qismining ikkinchi va to’rtinchi xatboshlarida nazarda tutilgan soliqlar hamda boshqa majburiy to’lovlar umumdavlat soliqlari va boshqa majburiy to’lovlardir. Ushbu modda ikkinchi qismining 7-10-bandlarida, uchinchi qismining 5-bandida, beshinchi qismining uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan soliqlar hamda boshqa majburiy to’lovlar mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar jumlasiga kiradi.

Davlat umummilliy dasturlarini amalga oshirish davrida tegishli jamg’armalar tashkil etilishi mumkin bo’lib, ularga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda majburiy to’lovlar belgilanadi.