O'zbekiston Respublikasi

Davlat soliq qo'mitasining

Soliq akademiyasi

 

gerb

   sitemap

 

 

"Shunga erishmog'imiz kerakki, har bir soliq to'lovchi, u xoh jismoniy, xoh yuridik shaxs bo'lsin, soliq to'lashdan bo'yin tovlamasdan, daromadlarini yashirishga urinmasdan, aksincha, o'z ishlab chiqarishini rivojlantirish va daromadini oshirishga intilsin"   I.A.Karimov. 

Home  /  Tuzilma  /  Fakultetlar  /  Soliqlar va soliqqa tortish fakulteti

Soliqlar va soliqqa tortish fakulteti

dekan

Fakulteti dekani:                     

Valiyev Abbosxon Akmalovich
Qabul vaqti: dushanba-shanba
Telefon: (0371) 230-16-43
Email:

SSTdekanat@inbox.uz, SSTdekanat@umail.uz

 

zamdekna

Fakulteti dekani o’rinbosari: Vaxobov Farrux Valiyevich
Qabul vaqti: dushanba-shanba
Telefon: (0371) 230-16-44
Email: SSTdekanat@inbox.uz, SSTdekanat@umail.uz

 

 

”Soliqlar va soliqqa tortish” fakulteti to’g’risida

MA’LUMOT 

“Soliqlar va soliqqa tortish” fakulteti O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 10 yanvardagi “O’zbekiston Respublikasi  Davlat soliq qo’mitasining Soliq akademiyasini tashkil etish to’g’risida”gi 16-sonli qaroriga asosan tashkil etilgan bo’lib soliq tizimi uchun bakalavriat yo’nalishi va magistratura mutaxassisliklarida yosh kadrlar tayyorlash bilan shug’illanadi.

“Soliqlar va soliqqa tortish” fakultetida 5230800 – “Soliqlar va soliqqa tortish” bakalavriat ta’lim yo’nalishi hamda 5A230801 – Soliqlar va soliqqa tortish magistratura mutaxassisliklari mavjud bo’lib, o’zbek va rus tillarida ta’lim beriladi. “Soliqlar va soliqqa tortish” fakultetida talabalarni ilg`or zamonaviy yangi pedagogik texnologiyalar asosida ta`lim olishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan bo`lib, shundan 2 ta lingafon o`quv xonalari, 3 ta kompyuter xonalari hamda barcha o`quv xonalari zamonaviy texnik vositalari bilan jihozlangan.

Hozirgi kunda bakalavriat ta’lim yo’nalishida 297 nafar, magistratura mutaxassisligida 15 nafar, jami 312 nafar talaba tahsil olmoqda.

Fakultet talabalari orasidan 3 nafari Navoiy nomidagi Davlat nomdor stipendiyasi, 1 nafari “Kamolot” stipendiyasi sovrindori bo`lgan.

Fakultet 2005-2015 yillar davomida O’zbekiston Respublikasi soliq tizimi uchun 890 nafardan ortiq yosh mutaxassislarni tayyorlab yetkazib berdi.

Hozirgi kunda fakultetda taxsil olayotgan talabalarni dasr mashg`ulotlaridan so`ng bo`sh vaqtlarini mazmunli o`tkazish maqsadida quyidagi fan to`garaklari: “Soliqchi”, “Hisobchi-auditor”, “Moliyachi”, “Soliqchi huquqshunos”, “Informatika”, “Young talanted students”, “Sportchi” to`garaklarida fakultetning 150 nafarga yaqin talabalari muntazam ravishda qatnashib kelmoqdalar. Fakultet talabalari Respublika iqtidorli talabalar hamda yosh olimlar uchun o`tkaziladigan  ilmiy – amaliy konferentsiyalarida o`zlarining ilmiy tezislar va maqolalari bilan muntazam qatnashib kelishmoqda.

Davlat soliq xizmati organlarida joriy etilgan dasturiy mahsullarni ishlatishning axborot-texnik talablari, ma’lumotlar bazasini shakllantirishning bosqichlari, undan olinadigan hisobotlar va foydalanish tamoyillari bo‘yicha talabalarda ko‘nikmalar hosil qilish maqsadida, “Soliqlar va soliqqa tortish” ta’lim yo‘nalishining 4-kursida tahsil oladigan talabalarga “Soliq tizimida dasturiy mahsullar” fanidan dars mashg‘ulotlari o‘tiladi. Тalabalarning fan bo‘yicha nazariy hamda amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida, Akademiyaning o‘quv-kompyuter sinflariga Davlat soliq xizmati organlarida joriy etilgan dasturiy mahsullar o‘rnatilgan.

Fakultet talabalari Akademiya ma’naviy-ma’rifiy hayotida doimiy ravishda faol ishtirok etib kelmoqdalar.