O'zbekiston Respublikasi

Davlat soliq qo'mitasining

Soliq akademiyasi

 

gerb

   sitemap

 

 

"Shunga erishmog'imiz kerakki, har bir soliq to'lovchi, u xoh jismoniy, xoh yuridik shaxs bo'lsin, soliq to'lashdan bo'yin tovlamasdan, daromadlarini yashirishga urinmasdan, aksincha, o'z ishlab chiqarishini rivojlantirish va daromadini oshirishga intilsin"   I.A.Karimov. 

Home  /  Talabalar uchun  /  Stipendiyalar, grantlar, tanlovlar

Stipendiyalar, grantlar, tanlovlar

Dastur doirasida har yili mamlakatimiz oliy o'quv yurtilarida tahsil olayotgan iqtidorli 3-4 bosqich talabalariga stipendiyalar ajratiladi. Shu tariqa tanlovdan muvaffaqiyatli o'tgan ishtirokchilarga bir yil davomida har oyda qo'shimcha ravishda stipendiya to'lab boriladi. Stipendiyalar navbatdagi yilga cho'zdirilishi mumkin.​

IQTIDORLI TALABALAR UCHUN STIPENDIYALAR

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari davlat oliy ta'lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlarining so'nggi o'quv yili aspirantlariga O'zbekiston Respublikasi fuqarolariga O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan o'tkaziladigan tanlov asosida tanlab olish natijalariga ko'ra tayinlanadi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari O'zbekiston Respublikasi fuqarolari bo'lgan davlat oliy ta'lim muassasalari (bakalavriat va magistratura bo'yicha alohida) talabalariga O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan o'tkaziladigan tanlov natijalariga binoan tayinlanadi. Beruniy, Ibn Sino, Navoiy, Ulug'bek va Imom al-Buxoriy nomidagi davlat stipendiyalari O'zbekiston Respublikasi davlat oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat bo'yicha o'qiyotgan oxirgi ikki kurs talabalariga tayinlanadi.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 13 oktyabrdagi "O'zbekiston iqtidorli yoshlarini taqdirlash va moddiy rag'batlantirish to'g'risida"gi 226-sonli qarori

2014-2015 yillarga mo’ljallangan yosh olimlar amaliy tadqiqotlar davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida amalga oshiriladigan loyihalar ro’yxati

 

2014-2015 yillarga mo’ljallangan yosh olimlar fundamental tadqiqotlar davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida amalga oshiriladigan loyihalar ro’yxati