O'zbekiston Respublikasi

Davlat soliq qo'mitasining

Soliq akademiyasi

 

gerb

   sitemap

 

 

"Shunga erishmog'imiz kerakki, har bir soliq to'lovchi, u xoh jismoniy, xoh yuridik shaxs bo'lsin, soliq to'lashdan bo'yin tovlamasdan, daromadlarini yashirishga urinmasdan, aksincha, o'z ishlab chiqarishini rivojlantirish va daromadini oshirishga intilsin"   I.A.Karimov. 

Home  /  Talabalar uchun  /  Talabalar turar joyi

Talabalar turar joyi

SOLIQ AKADEMIYaSI TALABALAR TURAR-JOYI

 

   Soliq akademiyasi Talabalar turar joyi 200 o’ringa mo’ljallangan bo’lib, o’rganish holatiga 160 nafar talabalar istiqomat qiladi. Shulardan 8 nafarini talaba qizlar tashkil qiladi. Talabalar turar joyining bir qismi kapital tahmirdan chiqarilgan bo’lib, qolgan qismi tahmirdan chiqarilib foydalanishga topshirilishga tayyor holatda. Talabalar turar joyida talabalarning o’z-o’zini boshqarish organi - Talabalar kengashi faoliyat ko’rsatmoqda.Talabalarning ichki tartib qoidalarga rioya qilishi talabalar kengashi tomonidan nazorat qilinadi. Kengash tomonidan talabalar turar joyi va qavatlar bo’yicha navbatchiliklar tashkil qilingan. Talabalar turar joylarida professor-o’qituvchilardan iborat tungi navbatchilik tashkil qilingan, maxsus jurnal yuritilgan.

   Soliq akademiyasida Talabalar turar joyining 2015-2016 o’quv yili uchun ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy ishlar rejasi Akademiya Kengashining 2015 yil 30 avgustdagi
1-sonli yig’ilishida muhokama qilinib, 1/7-sonli qaror bilan tasdiqlangan. Reja ijrosi bo’yicha joriy o’quv yilida ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar yo’nalishida 15 ta davra suhbati va tadbirlar o’tkazilgan. Xususan, 2015 yil 19 noyabr kuni Soliq akademiyasi Talabalar turar joyida talabalarining huquqiy bilimlarini oshirish, ular tomonidan huquqbuzarliklar va jinoyatlarning sodir etilishini oldini olish maqsadida “Diniy ekstremizm va terrorizmning xavfli ko’rinishlari hamda ularning yoshlar ongiga ta’siri” hamda “Bosh maqsad – adolat va qonun ustuvorligini tahminlash” mavzusidagi tadbir tashkil etilgan. Tadbirda Toshkent shahar IIB TB bo’limi boshlig’i A.M.Yakubov ishtirok etgan.

   2015 yilning 27 noyabr kuni 1-dekabr “Xalqaro OITSga qarshi kurash kuni” munosabati bilan akademiya TTJ ma’naviyat-ma’rifat xonasida talabalar bilan OITS/VICH kasalligi profilaktikasi bo’yicha davra suhbati o’tkazilib, ushbu mavzudagi hujjatli film namoyish etilgan.

  Soliq akademiyasi Talabalar turar-joyidagi “Ma’naviyat va ma’rifat xonasi” belgilangan talablar darajasida jihozlangan. Xonada ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o’tkazish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.

    Akademiya Talabalar turar joyida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish maqsadida Akademiyadagi 8 ta kafedra tomonidan “Kafedra kunlari” doirasida turli mavzularda talabalar bilan davra suhbatlari va uchrashuvlar tashkil qilingan. Xususan, O’zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 24 yilligiga bag’ishlangan “Betakrorimsan, yagonasan, ona Vatanim – O’zbekistonim!” mavzusida, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning “Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo’lida xizmat qilish – eng oliy saodatdir” deb nomlangan yangi kitobining mazmun-mohiyati mavzusida, 2015 yil 16 oktyabrg’ kuni Soliq akademiyasida «Kasb odobi va ma’naviy komillik» mavzusida, “Keksalarni ehzozlash yili Davlat dasturi ahamiyati” haqida, O’zbekiston Respublikasi davlat bayrog’i qabul qilingan kunga bag’ishlab “Davlat bayrog’iga chuqur ehtirom – barchamizning burchimizdir” mavzusida,  Prezident I.Karimovning mamlakatning ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirishning 2015 yil yakunlari 2016 yilning ustuvor vazifalari to’g’risidagi mahruzasi, “Yoshlar ongida vatanparvarlik hissini uyg’otish, qonunni hurmat qilish va ularning huquqiy madaniyatini yanada oshirish borasida mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati xususida”, “Tadbirkor senga jamiyatimizda omilkorlik eshiklari ochiq”, “Soliq tizimida axborot texnologiyalaridan foydalanishdagi muammolar va ularni bartaraf etish masalalari”  kabi  mavzularda, jami 15 dan ortiq davra suhbatlari, ochiq muloqotlar tashkil etilgan.

Ma'naviyat-ma'rifat xonasi

4. Маънавият-маърифат хонаси

6. Маънавият-маърифат хонаси 3

Talabalar turar joyidan foto lavhalar

13. Томоша зали

 

14. ТТЖ Ошхона

15. ТТЖ ошхона 2

Kamolot xonasi

8. Камолот хонаси

Talabalar turar joyi kutubxonasi

9. ТТЖ Кутубхона

10. ТТЖ Кутубхона 2

Talabalar yotoqxonasi

17. Яшаш хонаси