O'zbekiston Respublikasi

Davlat soliq qo'mitasining

Soliq akademiyasi

 

gerb

   sitemap

 

 

"Shunga erishmog'imiz kerakki, har bir soliq to'lovchi, u xoh jismoniy, xoh yuridik shaxs bo'lsin, soliq to'lashdan bo'yin tovlamasdan, daromadlarini yashirishga urinmasdan, aksincha, o'z ishlab chiqarishini rivojlantirish va daromadini oshirishga intilsin"   I.A.Karimov. 

Home  /  Tuzilma  /  Kafedralar  /  "Tillar" kafedrasi

"Tillar" kafedrasi

til1

Kafedra mudiri v.b: Axmedov Oybek Saporboyevich
Qabul vaqti: Har kuni 
Telefon: (0 371)230-16-33  ichki: 116 
Email: ahmedov.oybek@mail.ru

 

Tillar kafedrasi Soliq akademiyasida tahsil olayotgan talabalar va magistrlarni xorijiy tillarni puxta va mukammal egallashlarini ta’minlovchi tarkibiy tuzilma bo‘lib, u O‘zbekiston Respublikasining "Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da belgilangan vazifalarni toliq amalga oshirishni maqsad qilib qo‘ygan va shu asosda faoliyat olib boradi.

Tillar kafedrasi professor-oqituvchilari akademiyada chet tillarni oqitish jarayonini Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi “Chet tillarni organish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari togrisida”gi PQ-1875-sonli hamda Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 8 maydagi “Chet tillar boyicha ta’limning barcha bosqichlari bitiruvchilarining tayyorgarlik darajasiga qoyiladigan talablar togrisidagi 124-sonli Qarorlari va Yevropa Kengashining “Chet tilini egallash umumyevropa kompetentsiyalari: organish, oqitish va baholash” togrisidagi umume’tirof etilgan xalqaro me’yorlari (CEFR – Common European Framework of Reference) ga va bugungi kunning ilg‘or ilm-fan yutuqlari, zamonaviy pedogogik texnologiyalar tamoyillariga muvofiq taskil qilgan.

Soliq akademiyasi «Tillar» kafedrasida faoliyat yuritayotgan professor-o’qituvchilar haqida
MA’LUMOT 

 

 

 

 

T/r

 

 

Asosiy shtatdagi

professor-o’qituvchilarning

FISh

Tug’ilgan yili

 

 

Lavozimi

 

Stavkasi

 

Diplom bo’yicha ixtisosligi

1

O. Axmedov

1978

Kafedra mudiri v.b.

1

Roman-german filologiyasi (ingliz tili)

2.

M.Norboyeva

1987

O’qituv

chi.

1

Roman –german filologiyasi  (ingliz tili

3.

N.Aripova

1960

 

O’qit.

0.25

Rus tili

o’qituvchisi

4.

A.Amirova

1990

O’qituv

chi

0,75

Tarjima nazariyasi va amaliyoti

Soliq akademiyasi «Tillar» kafedrasida o’tiladigan fanlar haqida
MA'LUMOT 

 

O’qitiladigan fanlar nomi

Kafedra professor-o’qituvchilar ism-sharfi

 

1.

Ingliz tili (bakalavr)

O.Axmedov

M.Norboyeva

2.

Nemis tili (bakalavr)

 

A.Amirova

3.

O’zbek tili (bakalavr)

 

N.Tohtasinova

4.

Rus tili (bakalavr)

 

N.Aripova

5.

Amaliy xorijiy tili (magistratura)

 

M.Norboyeva

A.Amirova

6.

Amaliy chet tili

Qayta tayyorlash va malaka oshirish 1-yillik kursi

M.Norboyeva

A.Amirova

M.Norboyeva

 

til2O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedogok kadrlarini qayta tayorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to’g’risidagi 2015 yil 12 iyundagi PF-4732 sonli farmonini ijrosini taminlash maqsadida O’zbekiston respublikasi vazirlar Mahkamasining 2015 yil 20 avgustdagi Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedogok kadrlarini qayta tayorlash va malakasini oshirishni tashkil etish chora tadbirlari to’g’risida”gi 242 sonli qarori ijrosini bajarish maqsadida Soliq akademiyasi rektorining 2015 yil 28 avgustdagi 387-sonli buyrugiga asosan “Tillar” kafedrasi mudiri v/b O.Ahmedov joriy o’quv yilining sentyabr oktyabr oylarida O’zbekiston Respublikasi bosh ilmiy metodik markazida “Ta’lim menejmenti” yo’nalishi bo’yicha o’z malaka va ko’nikmalarini oshirib o’quv kursini muvaffaqiyatli o’qib keldi. Shuningdek kafedra mudiri O.Ahmedov O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2016 yil 8 apreldagi 87-03-896-sonli topshiriq xati asosida O’zDJTUda joriy yilning 12 aprel kuni soat 10-00 da bo’lib o’tgan seminarida ishtirok etdi.

I. O’quv va o’quv –uslubiy ishlar 

Kafedra professor – o’qituvchilari 2016 yil 1 – chorak davrida «Soliqlar va soliqqa tortish» bakalavriat ta’lim yo’nalishi bo’yicha «Ingliz tili», «Nemis tili”, “Rus tili”, “O’zbek tili” fanlaridan magistratura mutaxassisligida “Amaliy xorijiy til”, “Nutq madaniyati” fanlaridan dars mashg’ulotlari olib borishdi.

Kafedra o’qituvchilari tomonidan kafedrada o’qitiladigan barcha fanlar bo’yicha o’quv-uslubiy majmualarga tegishli o’zgartirishlar kiritildi. Shuningdek, kafedrada tegishli shaklda tasdiqlangan o’zaro darslarga kirish va ochiq darslarni tashkil etish bo’yicha grafik-jadvaliga muvofik kafedra o’qituvchilari belgilangan tartibdagi ishlarni amalga oshirishdi.O’zaro darslarga tashriflar tasdiqlangan jadval asosida o’z vaqtida amalga oshirib kelindi. Kafedraning o’zaro darslarga tashrif jadvaliga asosan 2016 yilning 1-choragida 3 ta dars rejalashtirilgan bo’lib, kafedra mudiri v.b.O.Axmedov hamda kafedra o’qituvchilari M.Norboyeva, A.Amirovalar tomonidan o’tilgan amaliy mashғulotlarga kirgan professor-o’qituvchilar tomonidan taqrizlar berildi, darslar tashrif natijalari  kafedrada muhokama qilinib, dars o’tish jarayoni bo’yicha fikr mulohazalar bildirilib, o’zaro darslarga tashrif daftariga qayd etildi.  2016 yil yanvar , fevral, mart oylarida bo’lib o’tgan Akademiya Kengashida o’quv-uslubiy ishlar yuzasidan muhokama qilingan ishlarni o’z vaqtida so’zsiz bajarish bo’yicha tegishli kafedrada tegishli ishlar amalga oshirildi. Jumladan, Akademiyada tahsil olayotgan talabalarning barcha nazorat ishlari natijalari o’z vaqtida qo’yilib, rahbariyatga bu haqda ma’lumot berildi. Kafedra qoshida faoliyat yuritayotgan “Young talented students”  iqtidorli talabalar to’garagining faoliyati yanada jonlantirildi, yangi reja asosida iqtidorli talabalarga turli mavzular bo’yicha yangi pedagogik texnologiyalar asosida mashғulotlar o’tkazib borildi.

Kafedra mudiri v.b.O.Axmedov, kafedra o’қituvchisi M.Norboyevalar “Ustoz-shogird” tizimi asosida Akademiya professor-o’qituvchilari uchun “Amaliy ingliz tili» fani bo’yicha rahbariyat tomonidan tasdiqlangan   seminar-trening mashg’ulotlari dars jadvaliga muvofiq joriy yilning 13 fevralidan 24 martiga qadar amaliy mashғulotlar olib bordilar.

 II. Ilmiy-tadqiqot ishlari

 Kafedrada joriy o’quv yili bo’yicha ilmiy – tadqiqot ishlarini amalga oshirish bo’yicha reja ishlab chiqilgan.

Kafedra mudiri O.Ahmedovning “Soliq-bojxona terminlarining lingvistik tahlili va tarjima muammolari” nomli doktorlik dissertatsiya bo’yicha barcha malakaviy imtihonlar muvaffaqiyatli topshirildi. U 2016 yil 20 yanvarda doktorlik dissertatsiyasini Toshkent Davlat sharkshunoslik institute, Ozbekiston Davlat jahon tillari universiteti, Ozbekiston milliy universiteti huzuridagi fan doktori ilmiy darajasini beruvchi 16.07.2013.Fil.09.01 raqamli ilmiy kengashning ilmiy –metodologik seminar muhokamasiden otkazilgan va dissertatsiya himoya qilishga tavsiya etilgan.