O'zbekiston Respublikasi

Davlat soliq qo'mitasining

Soliq akademiyasi

 

gerb

   sitemap

 

 

"Shunga erishmog'imiz kerakki, har bir soliq to'lovchi, u xoh jismoniy, xoh yuridik shaxs bo'lsin, soliq to'lashdan bo'yin tovlamasdan, daromadlarini yashirishga urinmasdan, aksincha, o'z ishlab chiqarishini rivojlantirish va daromadini oshirishga intilsin"   I.A.Karimov. 

Home  /  Umumiy ma'lumot

Umumiy ma'lumot

Soliq akademiyasi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil  10 yanvardagi «Davlat soliq qo’mitasining Soliq akademiyasini tashkil etish to’g’risida»gi 16-sonli qaroriga asosan tashkil etilgan.

Akademiya davlat soliq xizmati organlari uchun «Soliqlar va soliqqa tortish» yo’nalishi bo’yicha mutaxassislar tayyorlovchi, soliq tizimida ishlayotgan xodimlarning malakasini oshiruvchi oliy o’quv yurti hisoblanadi.

Akademiyaning asosiy maqsadi «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»ning talablaridan kelib chiqqan holda, yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashning uzluksizligi va uzviyligini ta’minlash, davlat soliq idoralarini jahon andozalari darajasidagi iqtisodiy, ijtimoiy bilimlarga hamda yuksak ma’naviy fazilatlarga ega bo’lgan malakali kadrlarni etishtirishdan iborat.

Akademiya bakalavriatiga soliq kollejlarining bitiruvchilari qabul qilinadi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasining Soliq akademiyasi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi 2006 yil 3 iyuldagi 397-sonli qarori bilan Soliq akademiyasi davlat soliq xizmati organlari kadrlarini tayyorlash va malakasini oshirish bo’yicha soliq xizmatlari uchun kadrlar tayyorlash tizimidagi ishlarni muvofiqlashtirishni ta’minlovchi respublikaning bazaviy ilmiy-metodik markazi hamda oliy ta’lim muassasasi etib belgilandi.

Akademiyaning moddiy-tehnika bazasi yildan-yilga yangilanib va takomillashib bormoqda. Akademiyada shinam va yorug’ o’quv auditoriyalariga ega bo’lgan o’quv binosi, zamonaviy kompyuterlar va multimedia vositalari bilan jixozlangan o’quv-kompyuter sinflari, eng so’nggi nashrlar bilan boyitilgan Axborot-resurs markazi va uning tarkibida tashkil etilgan elektron kutubxona, barcha qulayliklarga ega bo’lgan talabalar turar joyi, o’z mikroiqlimiga ega bo’lgan orasta hudud, sport maydonchalari va inshootlari kabi eng qulay imkoniyat va sharoitlar yaratilgan.

Bundan tashqari, Akademiya tarkibidagi harbiy kafedrada tahsil olgan talabalarga zahiradagi leytenant harbiy unvoni berilmoqda.

Akademiyada bakalavr va magistrlar tayyorlanadigan «Soliqlar va soliqqa tortish» fakulteti hamda davlat soliq xizmati organlarining xodimlar malaka oshiradigan va qayta tayyorlanadigan qayta tayyorlash va malaka oshirish fakulteti faoliyat ko’rsatadi.

Akademiya faoliyatining istiqbolli va yillik rejalari asosida olib borilgan ma’naviy-ma’rifiy va o’quv-tarbiyaviy ishlar va belgilangan tadbirlar bo’lajak yagona tizimga birlashtirib, soliq xizmati xodimlarining yuksak kasbiy va ahloqiy sifatlarni egallashi va jamiyatni demokratlashtirish, modernizatsiyalash va mamlakatni demokratik yangilashga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.

Soliqlar va soliqqa tortish fakultetida talabalarni ilg’or zamonaviy yangi pedagogik texnologiyalar asosida ta’lim olishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan bo’lib, shundan 2 ta lingafon o’quv xonalari, kompyuter xonalari hamda barcha o’quv xonalari zamonaviy texnik vositalari bilan jixozlangan.

Talabalar dars mashg’ulotlaridan so’ng bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishni uchun «Soliqchi», «Hisobchi-auditor», «Moliyachi», «Soliqchi huquqshunos», «Informatika», «Young talented students», «Sportchi» to’garaklar faoliyati yo’lga qo’yilgan.