O'zbekiston Respublikasi

Davlat soliq qo'mitasining

Soliq akademiyasi

 

gerb

   sitemap

 

 

"Shunga erishmog'imiz kerakki, har bir soliq to'lovchi, u xoh jismoniy, xoh yuridik shaxs bo'lsin, soliq to'lashdan bo'yin tovlamasdan, daromadlarini yashirishga urinmasdan, aksincha, o'z ishlab chiqarishini rivojlantirish va daromadini oshirishga intilsin"   I.A.Karimov. 

Home  /  Universiada-2016

Universiada-2016

universiada

 “UNIVERSIADA-2016”

Тoshkent shahar oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan “Universiada-2016”ga tayyorgarlikning II tur saralash musobaqalarida Soliq akademiyasi talabalari sportning to‘qqiz turi bo‘yicha bellashdilar.

Sport musobaqalari natijalariga ko‘ra 2016 yil 14 yanvar kuni sportning “Boks” turi bo‘yicha O’zbekiston Respublika olimpiya zahiralari kollejida bo‘lib o‘tgan musobaqada 75 kg vaznda ishtirok etgan SТ-131 guruh talabasi Ro‘ziboyev Jahongir o‘z vazn toifasida Тoshkent shahri bo‘yicha faxrli III o‘rinni egalladi.

2016 yil 15 yanvar kuni Тoshkent davlat texnika universitetida sportning “Basketbol” turi bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada Soliq akademiyasining basketbol terma jamoasi qatnashdi.

2016 yil 15-16 yanvar kunlari Gubkin nomli Neft-gaz instituti sport zalida stol tennisi bo‘yicha musobaqalar bo‘lib o‘tdi. Musobaqada akademiyaning 3 bosqich SТ-132 guruh va 1 bosqich SТ-151 guruh talabalaridan S.Gafurov bilan A.Imomovlar qatnashdilar. Stol tennisi bo‘yicha SТ-132 guruh talabasi Gafurov Sardor final bosqichida umumiy ochkolar hisobida Тoshkent shahri bo‘yicha turnirning faxrli III o‘rnini egalladi va musobaqaning faxriy diplomi bilan taqdirlandi.

2016 yil 15-16 yanvar kunlari Тoshkent davlat agrar universitetining kurash zalida “Erkin kurash” bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi. Bu musobaqada akademiyadan 2 bosqich SТ-121 guruh talabalari A.Mansurov va M.Norqulovlar ishtirok etdilar. Musobaqa yakunida A.Mansurov va M.Norqulovlar o‘z vazn toifasida Тoshkent shahar bo‘yicha faxrli III o‘rinni egalladilar.

2016 yil 20-23 yanvar kunlari Тoshkent temir yo‘l transporti muhandislar institutining sport zalida Voleybol sport turi bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi. Musobaqada Soliq akademiyasining voleybol jamoasi ishtirok etdilar. Soliq akademiyasi jamoasi o‘z guruhida faqat O’zbekiston davlat Jismoniy tarbiya instituti jamoasiga mag‘lub bo‘lib ikkinchi o‘rinni egalladi va musobaqani tark etdi.

2016 yil 21-22 yanvar kunlari Plexanov nomli iqtisodiyot akademiyasida “Shaxmat” bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi. Musobaqada akademiya talabalari SТ-141 guruhdan J.Jabborov, SТ-151 guruhdan Z.Saidqulova, SТ-152 guruhdan esa Z.Rashidov va M.Sayfullayevalar qatnashdilar.

20160115_113243

20160115_113300

20160115_113823

20160116_102119

20160116_115749

 20160116_120347