O'zbekiston Respublikasi

Davlat soliq qo'mitasining

Soliq akademiyasi

 

gerb

   sitemap

 

 

"Shunga erishmog'imiz kerakki, har bir soliq to'lovchi, u xoh jismoniy, xoh yuridik shaxs bo'lsin, soliq to'lashdan bo'yin tovlamasdan, daromadlarini yashirishga urinmasdan, aksincha, o'z ishlab chiqarishini rivojlantirish va daromadini oshirishga intilsin"   I.A.Karimov. 

Home  /  O'zbekiston yangiliklari  /  O‘zbekiston Prezidenti AQSh davlat kotibini qabul qildi

O‘zbekiston Prezidenti AQSh davlat kotibini qabul qildi

« Back

O‘zbekiston Prezidenti AQSh davlat kotibini qabul qildi 01.11.2015 17:39

O‘zbekiston Prezidenti AQSh davlat kotibini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 1-noyabr kuni Samarqand shahridagi Forumlar majmuasida Amerika Qo‘shma Shtatlari davlat kotibi Jon Kerrini qabul qildi. 

Davlatimiz rahbari mehmonni yurtimizga tashrifi bilan samimiy qutladi va uning O‘zbekistonga ilk tashrifi o‘zaro hamkorlikka doir keng ko‘lamli masalalar va xalqaro ahamiyatga molik muammolar yuzasidan fikr almashish uchun yaxshi imkoniyat ekanini ta’kidladi. 
9591.jpg
Bugungi kunda mamlakatlarimiz o‘rtasida iqtisodiy aloqalar izchil rivojlanib, o‘zaro savdo hajmi barqaror o‘smoqda. AQShning “General Motors” korporatsiyasining O‘zbekistondagi samarali faoliyati bu sohadagi muvaffaqiyatli hamkorlikning yorqin misollaridan biridir. Strategik sheriklik doirasida Andijon, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahrida yuqori texnologiyali uchta yirik loyiha amalga oshirilmoqda. 


Mamlakatimizda AQShning dunyoga mashhur “Boeing”, “Lockheed Martin”, “Honeywell” va boshqa kompaniyalari samarali hamkorlik qilib kelmoqda.

Uchrashuvda mintaqaviy dolzarb muammolar yuzasidan ham atroflicha fikr almashildi. Afg‘onistondagi vaziyat, xavfsizlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

AQSh davlat kotibi samimiy qabul uchun O‘zbekiston Prezidentiga chuqur minnatdorlik izhor etib, Amerika Qo‘shma Shtatlari rahbariyati ikki mamlakat manfaatlariga asoslangan munosabatlarni izchil rivojlantirishga tayyor ekanini bildirdi.

manba:O'zA