O'zbekiston Respublikasi

Davlat soliq qo'mitasining

Soliq akademiyasi

 

gerb

   sitemap

 

 

"Shunga erishmog'imiz kerakki, har bir soliq to'lovchi, u xoh jismoniy, xoh yuridik shaxs bo'lsin, soliq to'lashdan bo'yin tovlamasdan, daromadlarini yashirishga urinmasdan, aksincha, o'z ishlab chiqarishini rivojlantirish va daromadini oshirishga intilsin"   I.A.Karimov. 

Home  /  O'zbekiston yangiliklari  /  Prezident Islom Karimov Koreya Respublikasi sanoat, savdo va tabiiy resurslar vazirining birinchi o‘rinbosari Li Xvan Sopni qabul qildi

Prezident Islom Karimov Koreya Respublikasi sanoat, savdo va tabiiy resurslar vazirining birinchi o‘rinbosari Li Xvan Sopni qabul qildi

« Back

Prezident Islom Karimov Koreya Respublikasi sanoat, savdo va tabiiy resurslar vazirining birinchi o‘rinbosari Li Xvan Sopni qabul qildi 05.11.2015 21:56

Davlatimiz rahbari Janubiy Koreya O‘zbekistonning asosiy investitsion va texnologik hamkorlaridan ekanini ta’kidladi. Janubiy Koreya biznesining faol ishtirokida iqtisodiyotimizning turli sohalarida ko‘plab strategik loyihalar amalga oshirilmoqda. Surg‘il koni negizida yaqinda bunyod etilgan qiymati qariyb 4 milliard dollarga teng Ustyurt gaz-kimyo majmuasi ushbu hamkorlikning yorqin namunasidir. 

0037.jpg

Uchrashuvda Janubiy Koreyaning nufuzli delegatsiyasi Toshkentda o‘tayotgan Xalqaro investitsiyaviy forumda ishtirok etishi mamlakatlarimiz o‘rtasida strategik hamkorlikni yanada chuqurlashtirish va oliy darajadagi muzokaralar chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Suhbat chog‘ida janubiy koreyalik investorlarning mamlakatimizdagi davlat korxonalari va aktivlarini xususiylashtirish jarayonida ishtiroki, yetakchi sanoat va infratuzilma tarmoqlarida yangi investitsiya loyihalarini birgalikda amalga oshirish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

Tomonlar Xalqaro investitsiyaviy forum doirasida janubiy koreyalik hamkorlar bilan neft-gaz, kimyo, elektrotexnika, mashinasozlik va oziq-ovqat sanoati, qurilish materiallari ishlab chiqarish va infratuzilmaviy tarmoqlardagi davlat aktivlarini sotib olish bo‘yicha umumiy qiymati 220 million dollardan ziyod 24 bitim va memorandum imzolanishini yuksak baholadi.

Li Xvan Sop O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirdi va Koreya Respublikasi O‘zbekiston bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni, avvalo, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalardagi aloqalarni yanada rivojlantirish va mustahkamlashga ustuvor ahamiyat berishini ta’kidladi.

Manba: O'zA