O'zbekiston Respublikasi

Davlat soliq qo'mitasining

Soliq akademiyasi

 

gerb

   sitemap

 

 

"Shunga erishmog'imiz kerakki, har bir soliq to'lovchi, u xoh jismoniy, xoh yuridik shaxs bo'lsin, soliq to'lashdan bo'yin tovlamasdan, daromadlarini yashirishga urinmasdan, aksincha, o'z ishlab chiqarishini rivojlantirish va daromadini oshirishga intilsin"   I.A.Karimov. 

Home  /  Yangiliklar  /  8-mart Xotin qizlar bayramiga bag‘ishlab o‘tkazilgan sport musobaqalari

8-mart Xotin qizlar bayramiga bag‘ishlab o‘tkazilgan sport musobaqalari

« Back

8-mart Xotin qizlar bayramiga bag‘ishlab o‘tkazilgan sport musobaqalari 07.03.2017 12:44

     Bahorning ilk ayyomi 8-mart Xalqaro xotin qizlar bayramiga bag‘ishlab Soliq akademiyasining latofatli, go‘zal va dono talaba qizlari o‘rtasida bayram musobaqalari o‘tkazildi. Bayram musobaqalari ikki kun davom etib, bu musobaqada sportning stol tennisi, shaxmat va shashka turlari bo‘yicha shaxsiy birinchilik uchrashuvlari tashkil etildi. Bayram musobaqa uchrashuvlari bir-biridan qiziqarli va keskin tarzda bo‘lib o‘tdi.

   Bayram musobaqalarining birinchi kunida o‘tkazilgan stol tennisi bo‘yicha barcha uchrashuvlarda o‘z raqiblarini mag‘lubiyatga uchratgan St-163 guruh talabasi Abdullayeva Charos birinchi o‘rinni egalladi. Ikkinchi kuni o‘tkazilgan shashka musobaqasi uchrashuvlarida St-166 guruh talabasi Ishmuratova Kristinaning qo‘li baland kelgan bo‘lsa, shaxmat bo‘yicha bahslarda esa birinchi o‘rinni yana ST-163 guruh talabasi Abdullaeva Charos egalladi.

     O‘tkazilgan bayram musobaqalarining sport turlari bo‘yicha barcha sovrindor o‘rin egalari Soliq akademiyasining faxriy diplomlari bilan taqdirlandilar.

20170306_155536

20170306_155212

20170306_155322

20170306_144810