O'zbekiston Respublikasi

Davlat soliq qo'mitasining

Soliq akademiyasi

 

gerb

   sitemap

 

 

"Shunga erishmog'imiz kerakki, har bir soliq to'lovchi, u xoh jismoniy, xoh yuridik shaxs bo'lsin, soliq to'lashdan bo'yin tovlamasdan, daromadlarini yashirishga urinmasdan, aksincha, o'z ishlab chiqarishini rivojlantirish va daromadini oshirishga intilsin"   I.A.Karimov. 

Home  /  Yangiliklar  /  9 - may “Xotira va qadrlash kuni”

9 - may “Xotira va qadrlash kuni”

« Back

9 - may “Xotira va qadrlash kuni” 12.05.2016 00:46

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2016 yil 28 apreldagi 169–sonli buyrug‘i ijrosi yuzasidan Soliq akademiyasining 2016 yil 3 may kuni “Soliq akademiyasida 9 - may “Xotira va qadrlash kuni”ni nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi 269-sonli buyrug‘i va chora-tadbirlar Rejasi tasdiqlandi.

Soliq akademiyasi joylashgan hududdagi Uchtepa tumani “Bog‘iston” mahallasida istiqomat qiluvchi ikkinchi jahon urushi qatnashchisi va front ortida xizmat qilgan mehnat faxriylari xonadoniga tashrif uyushtirilib,bayram bilan tabriklandi, ular holidan xabar olinib, uy-ro‘zg‘or ishlarida ularga ko‘maklashildi.

Soliq akademiyasida 2016 yil 6 may kuni “Erkin muloqot soati”da guruh murabbiylari tomonidan “Tinchlik darslari” o‘tkazildi.

9-май Хотира ва кадрлаш куни