O'zbekiston Respublikasi

Davlat soliq qo'mitasining

Soliq akademiyasi

 

gerb

   sitemap

 

 

"Shunga erishmog'imiz kerakki, har bir soliq to'lovchi, u xoh jismoniy, xoh yuridik shaxs bo'lsin, soliq to'lashdan bo'yin tovlamasdan, daromadlarini yashirishga urinmasdan, aksincha, o'z ishlab chiqarishini rivojlantirish va daromadini oshirishga intilsin"   I.A.Karimov. 

Home  /  Yangiliklar  /  Akademiyada umumxalq xayriya hashari

Akademiyada umumxalq xayriya hashari

« Back

Akademiyada umumxalq xayriya hashari 13.03.2016 19:35

Shu yilning 12-13 mart kunlari butun mamlakatimizda bo’lgani kabi Soliq akademiyasida ham umumxalq xayriya hashari o’tkaziladi. Hashar xalqimizga xos bo’lgan ezgu fazilatlardan biri bo’lib, bayramlar, tantanalar arafasida Akademiya binolari artoflari, maydonlarini tozalash, obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirildi. Jumladan har yili erta bahorda katta uyushqoqlik bilan o’tkaziladigan ana shunday tadbirda Akademiyamiz hududlarida yangi ko’chatlar va gullar o’tqazildi, daraxtlar shoxlari tartibga keltirilib, oqlandi, ariqlar chiqindilardan tozalandi. Qolaversa, hashar tufayli jamoa o’rtasidagi mehr-oqibat, birdamlik rishtalari yanada mustahkamlanadi, ish joyiga daxldorlik hissi kuchayadi, ma’suliyat oshadi.

"Navro’z" umumxalq bayrami yaqinlashayotgan shu kunlarda har bir kishi yon-atrofini tartibga keltirib, obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish ishlarida faol ishtirok etish orqali yurtimiz ko’rkiga yanada ko’rk qo’shgan bo’ladi. Zero, ozoda yurtga bayram yarashadi.

asdf21

asdf2w

2wer

asf2