O'zbekiston Respublikasi

Davlat soliq qo'mitasining

Soliq akademiyasi

 

gerb

   sitemap

 

 

"Shunga erishmog'imiz kerakki, har bir soliq to'lovchi, u xoh jismoniy, xoh yuridik shaxs bo'lsin, soliq to'lashdan bo'yin tovlamasdan, daromadlarini yashirishga urinmasdan, aksincha, o'z ishlab chiqarishini rivojlantirish va daromadini oshirishga intilsin"   I.A.Karimov. 

Home  /  Yangiliklar  /  Akademiyaning “Informatsion texnologiyalar”kafedrasi mudiri K.Djurayeva Davlat mukofotiga sazovor bo‘ldi.

Akademiyaning “Informatsion texnologiyalar”kafedrasi mudiri K.Djurayeva Davlat mukofotiga sazovor bo‘ldi.

« Back

Akademiyaning “Informatsion texnologiyalar”kafedrasi mudiri K.Djurayeva Davlat mukofotiga sazovor bo‘ldi. 05.12.2016 16:58

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 25 avgustdagi PF-4827-sonli «O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma besh yilligi munosabati bilan huquqni muhofaza qilish organlari, mudofaa va favqulodda vaziyatlar vazirliklari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida»gi Farmoniga muvofiq, Akademiyaning “Informatsion texnologiyalar”kafedrasi mudiri K.Djurayeva Davlat mukofotiga sazovor bo‘ldi.

Davlat soliq qo‘mitasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirda Vatanimizning yuksak mukofoti tantanali sur’atda topshirildi.

Shuningdek, tadbirda o‘zlarining xizmat vazifalarini sidqidildan bajarayotgan va samarali mehnatlari bilan jamoaga o‘rnak bo‘layotgan Akademiyaning xodimlari (O. Xudoyorova, X.Yangiboyev) Davlat soliq qo‘mitasining Faxriy yorlig‘i va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi.

0B4A7294