O'zbekiston Respublikasi

Davlat soliq qo'mitasining

Soliq akademiyasi

 

gerb

   sitemap

 

 

"Shunga erishmog'imiz kerakki, har bir soliq to'lovchi, u xoh jismoniy, xoh yuridik shaxs bo'lsin, soliq to'lashdan bo'yin tovlamasdan, daromadlarini yashirishga urinmasdan, aksincha, o'z ishlab chiqarishini rivojlantirish va daromadini oshirishga intilsin"   I.A.Karimov. 

Home  /  Yangiliklar  /  “Betakrorimsan, yagonasan, ona Vatanim – O‘zbekistonim!”

“Betakrorimsan, yagonasan, ona Vatanim – O‘zbekistonim!”

« Back

“Betakrorimsan, yagonasan, ona Vatanim – O‘zbekistonim!” 02.09.2015 15:37

2015 yil 2 sentyabr kuni Soliq akademiyasida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma to‘rt yillik bayrami hamda yangi 2015/2016 o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan “Betakrorimsan, yagonasan, ona Vatanim – O‘zbekistonim!” mavzusida tadbir tashkil etildi.

  Tadbir avvalida O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi yangradi.
   Shundan so‘ng Davlat soliq qo‘mitasi Raisi o‘rinbosari, Soliq akademiyasi Rektori E.Gadoev tadbirni kirish so‘zi bilan ochib, mustaqillik yillarida muhtaram Yurtboshimiz Islom Karimov rahbarligida mamlakatimiz hayotining siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy sohalarida amalga oshirilgan ulkan ishlar xususida alohida to‘xtalib o‘tdi va o‘tgan davr mobaynida qo‘lga kiritilgan yutuq va natijalarimizni, mamlakatimizning salohiyati va qudratini, uning xalqaro maydondagi nufuzining tobora yuksalib borayotgani, tub islohotlarmizning mohiyati va ahamiyatini aholining keng qatlamlariga yanada chuqurroq ochib berish maqsadida bugungi madaniy-mahrifiy tadbirning ham o‘tkazilishi bejiz emasligini alohida ta’kidladi.
   Mustaqillik bayrami har yili eng ulug‘, eng aziz bayram sifatida yurtimiz bo‘ylab katta tantana qilinadi. Ehtiborlisi esa, har yilgi bayram tadbirlari o‘zgacha ma’no-mazmun kasb etadigan shior ostida nishonlanadi. Bu yilgi bayram “Betakrorimsan, yagonasan, ona Vatanim O‘zbekistonim!” degan shiorni asosiy g‘oya sifatida o‘zida mujassam etmoqda.
   E.Gadoev ma’ruzada tadbir qatnashchilariga mustaqillik biz uchun milliy davlatchiligimizni, o‘zligimiz, insoniy haq-huquq va qadr-qimmatimizni tiklash, urf-odat va anhanalarimizni, muqaddas islom dinimizni, buyuk ajdodlarimizning tabarruk nomlarini ulug‘lash, sog‘lom va barkamol yangi avlodni shakllantirish bo‘yicha ilgari tasavvur ham qilib bo‘lmaydigan beqiyos imkoniyatlar ochib berganini keng aks ettirish, O‘zbekiston o‘z vaqtida sobiq mustabid tuzumning mahmuriy-buyruqbozlik tizimidan, biryoqlama rivojlangan nochor iqtisodiyotdan, “shok terapiyasi” kabi nomahqul modellardan butunlay voz kechib, mashhur besh tamoyilga asoslangan o‘z taraqqiyot yo‘lini qat’iy tanlab olgani va dunyoda “O‘zbek modeli” sifatida e’tirof etilgan ushbu rivojlanish strategiyasining real natijalarini aniq tahlillar orqali qayd etib o‘tdi.
   Jumladan, yaqin o‘tmishda qoloq agrar respublika bo‘lgan, iqtisodiyotining asosini paxtachilik va paxtani qayta ishlash korxonalari tashkil etgan O‘zbekistonning bugungi kunda sanoati tez surhatlar bilan rivojlanib borayotgan, zamonaviy ishlab chiqarish tarmoqlarini barpo etish hisobidan iqtisodiyotda sanoatning ulushi 25 foizga yetgan, eksportbop va raqobatdosh mahsulotlarning 60 foizdan ortig‘i yuqori texnologiyalarga asoslangan sohalarda ishlab chiqarilayotgan, kuch-qudrati va salohiyati yuksalib borayotgan mamlakatga aylangani, tarixan qisqa davrda mamlakatimiz iqtisodiyoti 5,5 barobardan ko‘proq o‘sgani, aholimizning real daromadlari jon boshiga hisoblaganda qariyb 9 barobar oshgani, bunga erishish uchun o‘tgan davr mobaynida iqtisodiyotimizga 190 milliard dollar hajmidagi investitsiyalar, jumladan, 65 milliard dollardan ortiq xorijiy sarmoyalarni jalb etish hisobidan biz uchun mutlaqo yangi bo‘lgan avtomobilsozlik, neftg’ va gaz kimyosi, neftg’-gaz mashinasozligi, zamonaviy qurilish materiallari sanoati, temir yo‘l mashinasozligi, maishiy elektronika, farmatsevtika, yuqori texnologiyalarga asoslangan oziq-ovqat va to‘qimachilik sanoati kabi soha va tarmoqlarga asos solinganini alohida ta’kidladi.
   E.Gadoev o‘z ma’ruzasida Vatanimiz mustaqilligining 24 yillik bayrami arafasida “O‘zbekiston” nashriyoti tomonidan chop etilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning “Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo‘lida xizmat qilish – eng oliy saodatdir” deb nomlangan yangi kitobining mazmun-mohiyati haqida o‘z fikrlarini bayon qildi.
    Bu kitobning bosh g‘oyasi, asosiy ma’no-mazmuni haqida uning “So‘zboshi o‘rnida” deb nomlangan kirish qismida atroflicha mahlumot beriladi. Kitob 304 sahifadan iborat bo‘lib, yuqorida zikr etilgan kirish qismidan tashqari “Bizning maqsadimiz – erkin va farovon, demokratik hayot qurish”, “Mustaqillik – tog‘dek tayanchimiz, qudratli zaminimizdir”, “Kecha kim edigu bugun kim bo‘ldik? Ertaga qanday marralarni egallashimiz kerak?”, “Saylov – demokratiyaning oliy shaklidir”, “Tarix – bamisoli ko‘zgu”, “O‘zbek modeli” – o‘zini oqlagan, yorug‘ istiqbolimizni belgilab bergan taraqqiyot yo‘li”, “Qishloq taraqqiy topsa, yurtimiz obod, hayotimiz yanada farovon bo‘ladi”, “Obodlik ko‘ngildan boshlanadi”, “Zamonaviy rahbar doimo olinga intilib yashashi kerak”, “Keksalar – xonadonimizning fayzu farishtasi”, “Ayol baxti – jamiyat baxti”, “Farzandlarimiz bizdan ko‘ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo‘lishlari shart”, “Xalqimizga tinchlik va omonlik kerak” kabi 13 ta bo‘limni o‘z ichiga oladi.
    Ushbu to‘plamdan mamlakatimizda 2015 yilning yanvar-may oylarida o‘tkazilgan davlat tadbirlarida, 2015 yil 29 mart kuni bo‘lib o‘tgan Prezident saylovi oldidan davlatimiz rahbarining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri saylovchilari vakillari bilan bo‘lgan uchrashuvlardagi nutq va ma’ruzalarida bildirilgan eng muhim fikr va g‘oyalar o‘rin olgan. Kitobning bosh g‘oyasi “Kecha kim edigu bugun kim bo‘ldik? Ertaga qanday marralarni egallashimiz kerak?” degan o‘zak fikrda mujassamdir.
    Ma’ruzada yurtimizda hukm surayotgan tinch va osoyishta hayot, millatlararo do‘stlik va hamjihatlikni saqlash, chegaralarimiz daxlsizligini asrash, uzoq va yaqin atrofimizdagi davlatlar bilan do‘stona munosabatlar va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlash, turli mintaqa va hududlarda xavf-xatar va tahdidlar tobora kuchayib borayotgan tahlikali zamonda doimo ogoh, sergak va hushyor bo‘lib yashash, safarbarligimizni yanada oshirish – bugun hayotning o‘zi barchamizdan talab qilayotgan eng muhim va dolzarb vazifamiz deya o‘z so‘zini yakunladi.
    O‘tkazilgan tadbir qatnashchilarda katta taasurot qoldirdi va qatnashchilar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar bo‘yicha barcha savollarga tegishli javoblar oldilar.

51514141