O'zbekiston Respublikasi

Davlat soliq qo'mitasining

Soliq akademiyasi

 

gerb

   sitemap

 

 

"Shunga erishmog'imiz kerakki, har bir soliq to'lovchi, u xoh jismoniy, xoh yuridik shaxs bo'lsin, soliq to'lashdan bo'yin tovlamasdan, daromadlarini yashirishga urinmasdan, aksincha, o'z ishlab chiqarishini rivojlantirish va daromadini oshirishga intilsin"   I.A.Karimov. 

Home  /  Yangiliklar  /  “Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi mudiri B.I.Isroilov tomonidan malaka amaliyoti o’tashni masofaviy nazorat qilish bo’yicha “ELECTRONIC DIARY FOR PRACTICUM (EDFP)” dasturiy mahsul yaratildi.

“Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi mudiri B.I.Isroilov tomonidan malaka amaliyoti o’tashni masofaviy nazorat qilish bo’yicha “ELECTRONIC DIARY FOR PRACTICUM (EDFP)” dasturiy mahsul yaratildi.

« Back

“Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi mudiri B.I.Isroilov tomonidan malaka amaliyoti o’tashni masofaviy nazorat qilish bo’yicha “ELECTRONIC DIARY FOR PRACTICUM (EDFP)” dasturiy mahsul yaratildi. 10.02.2016 15:08

Mamlakatimizda mustaqillik yillarida ta’lim tizimini isloh qilish va rivojlantirish bo’yicha bir qator ishlarga amalga oshirildi. Тa’lim muassasalari moddiy texnika bazasini rivojlantirish bilan birga o’quv jarayonlariga oid me’yoriy hujjatlar tizimi, o’quv adabiyotlar bilan ta’minlash shakllandi va o’qitishni ilg’or xorijiy zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish yo’lga qo’yildi.

Тa’lim tizimini isloh qilishning hozirgi yangi bosqichida masofaviy ta’limni rivojlantirish masalalariga katta e’tibor berilmoqda. Joriy o’quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalarida ta’limning ilg’or xorijiy texnologiyalaridan hisoblangan “Moodle” elektron o’qitish  tizimini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish boshlandi.

Soliq akademiyasi professor-o’qituvchilari tomonidan ham ta’lim jarayonlariga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni joriy etish bo’yicha izlanishlar olib borilmoqda.   Amalga oshirilgan izlanishlar natijasida “Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi mudiri B.Isroilov tomonidan  O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasiga qarashli o’quv mussasalari talaba va tinglovchilar bilimini chuqurlashtirnish hamda ularnng bilim va ko’nikmalarini mustahkamlashga amaliy yordam berishni ta’milash maqsadida “O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi Soliq akademiyasi bakalavriat va magistratura mutaxassisliklari hamda qayta tayyorlash kurslarida ta’lim oluvchilar malakaviy amaliyotini tashkil etish va o’tash bo’yicha USLUBIY QO’LLANMA ishlab chiqilib, akademiya Kengashining 2015 yil 26 dekabrdagi 5/5/2-sonli  qarori bilan tasdiqlandi.

Oliy ta’lim muasasasining tasdiqlangan o’quv rejasiga muvofiq talabalar, magistrlar va bir yillik qayta tayyorlash kursi tinglovchilari nazariy bilimlarini mustahkamlash maqsadida davlat soliq xizmati organlarida malaka amaliyoti o’taydi. Malaka amaliyoti o’tashni masofaviy nazorat qilish tizimini yaratilishi talaba bilan ta’lim muassasi  o’rtasida doimiy aloqani va amaliyot dasturini sifatli bajarilishini ta’minlash bilan birga amaliyot dasturini to’liq hamda sifatli bajarilishini doimiy ravishda axborot kommunikatsiya texnologiyalar yordamida masofiviy nazorat qilib borishga xizmat qiladi.

Shu maqsadda akademiya “Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi mudiri B.I.Isroilov tomonidan malaka amaliyoti o’tashni masofaviy nazorat qilish bo’yicha “ELECTRONIC DIARY FOR PRACTICUM (EDFP)” dasturiy mahsul yaratildi. Dasturiy mahsul:

  • talaba bilan ta’lim muassasi  o’rtasida doimiy aloqani;
  • amaliyot dasturini sifatli bajarilishini;
  • amaliyot o’tash kundaligini oliy ta’lim muasasasi tomonidan tayinlangan ilmiy rahbar tomonidan kunlik nazorat qilib borishni;
  • talabani amaliyot o’tash jarayonidagi ishtirokini nazorat qilish;
  • xizmat safari uchun sarflanadigan byudjet mablag’lari tejalishiga xizmat qiladi.

 

Yuqorida qayd etilgan qulayliklar va malaka amaliyotin masofaviy nazorat qilish tizimini tashkil etish maqsadida “ELECTRONIC DIARY FOR PRACTICUM (EDFP)” dasturiy mahsuli akademiya rektorining 2016 yil 9 fevraldagi 72-sonli buyrug’i bilan o’quv jarayoniga joriy etildi.