O'zbekiston Respublikasi

Davlat soliq qo'mitasining

Soliq akademiyasi

 

gerb

   sitemap

 

 

"Shunga erishmog'imiz kerakki, har bir soliq to'lovchi, u xoh jismoniy, xoh yuridik shaxs bo'lsin, soliq to'lashdan bo'yin tovlamasdan, daromadlarini yashirishga urinmasdan, aksincha, o'z ishlab chiqarishini rivojlantirish va daromadini oshirishga intilsin"   I.A.Karimov. 

Home  /  Yangiliklar  /  “DINIY EKSTREMIZM, TERRORIZM VA UNING SALBIY OQIBATLARI”

“DINIY EKSTREMIZM, TERRORIZM VA UNING SALBIY OQIBATLARI”

« Back

“DINIY EKSTREMIZM, TERRORIZM VA UNING SALBIY OQIBATLARI” 01.03.2017 15:49

Bugun dunyodagi siyosiy vaziyatni kuzatar ekanmiz, turli xil mafkuraviy kurashlarning maydoniga aylanib xonavayron bo‘lgan mamlakatlardagi ayanchli manzaralar va ularda minglab begunoh insonlarning qurbon bo‘layotganini guvohi bo‘lasiz.

DSCN0478

 Muqaddas islom dinining mukammal qonuniyatlarini tushunmay, uning mohiyati, ezgu g‘oyalarini anglamasdan turib, turli buzg‘unchi, yovuz kuchlarning ta’siriga berilib, o‘z yurtiga tosh otish, o‘z yurtdoshlariga qurol o‘qtalish eng kamida ma’naviy manqurtlikdir.

2017 yilning 1 mart kuni Soliq akademiyasida “Diniy ekstremizm, terrorizm va uning salbiy oqibatlari” mavzusida profilaktik tadbir o‘tkazildi.Soliq akademiyasi Ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha prorektori B.K.Tuxliev kirish so‘zi bilan ochib, kun tartibidagi mavzu bilan tadbir ishtirokchilarini tanishtirdi. Shuningdek, tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad, professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlarni to‘g‘ri yo‘ldan ozdirishga harakat qilayotgan turli buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi immunitetni shakllantirish, zarur vaqtda ana shunday kuchlarga qarshi ma’rifat ilmi bilan qarshi kurashish kerakligini tushuntirishdan iborat ekanligini ta’kidlab, Soliq akademiyasidaham bu borada ko‘pgina amaliy tadbirlar o‘tkazib kelinayotganligi haqida to‘xtalib o‘tdi. SHundan so‘ng so‘z navbatini O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligidan biriktirilgan mas’ul xodimi X.X. Eshovga berdi.

                                             DSCN0481 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligidan biriktirilgan mas’ul xodimi X.X. Eshov -Bugungi kunda yurtimizda olib borilayotgan islohatlar va bunyodkorlik ishlari avvalambor yurtimizdagi tinchlik ortidan bo‘layotganligi va bu tinchlikni saqlashda har birimiz mas’ulmiz, dedi. Xalqaro terrorizm va dunyodagi qora kuchlar va ayniqsa, bugun o‘zlarini islom himoyachilari deb dunyoga jar solayotgan aslida esa islomga yot g‘oyalarni amalga oshirayotgan ISHID kabi terroristik tashkilotning dunyo davlatlarining suverentitetiga raxna solayotgani bizlarni sergaklikka chaqiradi. Shuningdek ushbu mavzuni mazmun-mohiyatini tadbirga ishtirok etmagan talaba-yoshlar o‘rtasida ya’ni har bir akademik guruh doirasida o‘tkazish hamda filmni namoyish etish bo‘yicha takliflar berib o‘tdi.

DSCN0486

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha Qo‘mita mas’ul xodimi B.K.Soipov-o‘z ma’ruzasida tadbir ishtirokchilariga din hamisha insonlarni yaxshilikka, ezgu maqsadlarga  chorlagan. Birinchi Prezidentimiz  ta’kidlaganlaridek, islom dini bu ota – bobolarimiz dini, u biz uchun ham imon, ham axloq, ham diyonat, ham ma’rifatdir. Shu bois keyingi davrda musulmonlarning e’tiqodi va diniy hissiyotlaridan ustakorlik bilan foydalanib, diniy ekstremistlar va terrorchilar tomonidan islom bayrog‘i ostida amalga oshirilayotgan jinoyatlar ularning haqiqiy qiyofasini namoyon etmoqda, dedi.

 Bizga ma’lumki ayni paytda diniy ekstremizm, aqidaparastlik va terrorizm dunyo ahlining xavfsizligiga jiddiy tahdid solayotgani ko‘pchikilikka sir emas. Yovuz niyatli kimsalarning tarafdorlariga aylanib qolayotgan ayrim yoshlarimizning nafaqat o‘z yurti balki dunyo tinchligiga ham raxna solayotgani bizni tashvishga soladi. Bu yovuz niyatlilarning farovon hayotimizni ko‘ra olmaslik kayfiyati, tuzumimizga qarshi tajovuzdan iborat urinishlari barcha taraqqiyparvar kishilarni g‘azablantirmoqda. Ularning bunday hatti-harkatlarini qonun ham qattiq qoralaydi.

DSCN0498

Hozirgi kunda dunyoda sodir bo‘layotgan mudxish jarayonlar, xususan Suriya va Iroqda bo‘layotgan qonli urushlar uning oqibatida minglab begunox aholi vafot etmoqda, eng achinarlisi shundaki, ular orasida yosh bolalar ham bor. Shunday voqealar bizning ham yurtimizda sodir bo‘lmasligi uchun siz-u bizdan doim ogohlik va sergaklik talab etiladi. Bundan tashqari bu borada targ‘ibot- tashviqot ishlari muhim o‘rin tutmoqda. Islom dinini niqob qilib, o‘zlarini musulmonman, deya qo‘poruvchilik, terrochilik harakatlarini olib borish jarayonida begunoh odamlarning o‘limiga sababchi bo‘layotgan manfur kimsalarning qilmishlari haqida talabalarga batafsil tushuntirib berdi.

DSCN0496

Rus pravoslav cherkovi Toshkent seminariyasi dotsenti O.S.Shkovardyuk o‘z ma’ruzasida quyidagilarga ahamiyat berdi. Diniy ekstremizm va missionerlik harakatlari tinchlik va osoyishtalikka o‘z ta’sirini o‘tkazayotganligini, terrorizm va din niqobidagi siyosiy ekstremizm - allaqachon, milliy, etnik, diniy va hududiy xususiyatini yo‘qotib, xalqaro muammoga aylanganligini ta’kidlab, birinchi o‘rindagi  vazifangiz faqat o‘qib, bilim olib, mamlakatimiz rivojiga o‘z hissangizni qo‘shishdan iboratdir, - dedi.“O‘zbekiston   Respublikasi mustaqilligining 25 yilligi davomida xalqimizning ijtimoiy - siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy – madaniy hayotida ulkan yangiliklar sodir bo‘ldi. Eng muhimi, ong va tafakkurimiz o‘zgarib, Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi yo‘lida xalqimizning shaxsiy, umummilliy maqsadlar mushtarakligiga hamda g‘oyaviy birlikka intilish hissi uyg‘ondi.Mamlakatimizda millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik tamoyillari amal qilib keladi.Barcha millat va din vakillari o‘z diniy va milliy urf-odat va an’analarini emin-erkin bajarishlari uchun ham huquqiy ham ijtimoiy sharoitlar yaratilgan. Biroq, bizning mustaqil yuksalish natijalarimizni ko‘ra olmaydigan, ma’naviy qadriyatlarimizni qadrsizlantirishga qaratilgan g‘oyaviy tahdidlar hamon  davom etmoqda. Madaniyatsiz va insoniy xislatlarini yo‘qotgan ashaddiy jinoyatchilar  qabih ishga qo‘l urishlari hamda hozirgi kunlarda terrorizm yangi shakl olib, eng zamonaviy qurollardan foydalanish orqali qabih niyatlarini amalga oshirayotganliklari” - haqida  gapirdi.

 DSCN0491

Tadbir davomida “Qiyomatga qolgan qarz” nomli film namoyish etildi.Tadbir so‘ngida talabalar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tushunarli va ogohlikka da’vat etgan holda javob berdilar.

Talaba-yoshlar tomonidan tadbir tashkilotchilariga minnatdorchilik bildirilib, buyuk kelajakni qurish yo‘lida oliy maqsadlar sari og‘ishmay mehnat qilishlari haqida gapirdilar.

Qizg‘in suhbatdan so‘ng Soliq akademiyasi Ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha prorektori B.K.Tuxlievtadbir qatnashchilariga minnatdorchilik bildirib, bu kabi davra suhbatlarini tez-tez o‘tkazish foydadan holi bo‘lmasligini ta’kidladi.