O'zbekiston Respublikasi

Davlat soliq qo'mitasining

Soliq akademiyasi

 

gerb

   sitemap

 

 

"Shunga erishmog'imiz kerakki, har bir soliq to'lovchi, u xoh jismoniy, xoh yuridik shaxs bo'lsin, soliq to'lashdan bo'yin tovlamasdan, daromadlarini yashirishga urinmasdan, aksincha, o'z ishlab chiqarishini rivojlantirish va daromadini oshirishga intilsin"   I.A.Karimov. 

Home  /  Yangiliklar  /  "Diniy ekstremizm va terrorizmning xavfli ko‘rinishlari hamda ularning yoshlar ongiga ta’siri” hamda “Bosh maqsad – adolat va qonun ustuvorligini ta’minlash” mavzusida tadbir

"Diniy ekstremizm va terrorizmning xavfli ko‘rinishlari hamda ularning yoshlar ongiga ta’siri” hamda “Bosh maqsad – adolat va qonun ustuvorligini ta’minlash” mavzusida tadbir

« Back

"Diniy ekstremizm va terrorizmning xavfli ko‘rinishlari hamda ularning yoshlar ongiga ta’siri” hamda “Bosh maqsad – adolat va qonun ustuvorligini ta’minlash” mavzusida tadbir 19.11.2015 17:13

Tadbirni Soliq akademiyasi Ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha birinchi prorektori B.Tuxliev ochib tadbir mehmonlarini tanishtirib o‘tdi. Prorektor O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining joriy yil 18 noyabrdagi 87-03-1263-sonli xati bilan Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasalari talabalarining huquqiy bilmlarini oshirish, ular tomonidan huquqbuzarliklar va jinoyatlarning sodir etilishini oldini olish maqsadida ushbu profilaktik tadbir o‘tkazilayotganligini ta’kidlab o‘tdi. Akademiya talabalari o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlik holati sodir etilishining oldini olish va ularni diniy ekstremistik oqimlar ta’siridan saqlash, darslarga o‘z vaqtida qatnashishi holati bo‘yicha olib borilayotgan profilaktik tadbirlar to‘g’risida qisqacha axborot berdi. Joriy o‘quv yili davomida Akademiyada talabalarning davomati va xulq-atvori masalasi doimo akademiya rahbariyati va murabbiylar tomonidan nazorat qilinib borilayotganligi qayd etildi.

din1

SHundan so‘ng so‘zni tadbir mehmoni, Toshkent shahar IIB TB bo‘limi boshlig’i A.M.Yakubovga berdi. A.Yakubov o‘z so‘zida quyidagilarni ta’kidladi. Dunyo yaralibdiki, tinchlik-osoyishtalik insoniyat uchun tengsiz nehmat bo‘lib kelmoqda. Chunki, birinchi galdaosuda hayot, yaratuvchan mehnat va farovonlik, umuman, barcha ezgu maqsadlarning ro‘yobi eng avvalo shu nehmatga bog’liq. Ammo azaldan yaxshilik bilan yomonlik, ezgulik bilan yovuzlik kabi nisbiy kuchlar bo‘lganidek, inson hayotiga raxna soluvchi ofatlar ham mavjud. Ulardan biri esa diniy aqidaparastlik va terrorizmdir. Bu baloyu ofat o‘tgan asrning so‘nggi o‘n yilligi va XXI asrga kelib, o‘zining jirkanch qiyofasini namoyon eta boshladi.

din2

Ayni paytda diniy ekstremizm, aqidaparastlik va terrorizm dunyo ahlining xavfsizligiga jiddiy tahdid solayotgani ko‘pchilikka sir emas. Yovuz niyatli diniy ekstremistik va terrorchi oqimlarning tarafdorlari xalqimizning tinch-totuv hayotiga raxna solishga, ayniqsa, kelajagimiz egalari bo‘lgan yoshlarimizni yo‘ldan ozdirishga harakat qilmoqdalar. Bu yovuz niyatlilarning farovon hayotimizni ko‘ra olmaslik kayfiyati, tuzumimizga qarshi tajovuzdan iborat urinishlari barcha taraqqiyparvar kishilarni g’azablantirmoqda. Ularning bunday xatti-harakatlarini qonun ham qattiq qoralaydi.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalarida diniy ekstremistik, boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilangan.

Darhaqiqat, davlatimiz rahbari Islom Karimov dunyo miqyosida hali ko‘plab qo‘poruvchilik, xunrezliklar yuz bermasdan turib, bu xavfni ilg’agan va jahon jamoatchiligini unga qarshi birgalikda keskin choralar bilan kurashishga da’vat etgan edi. Bizning xalqimiz terrorizm dahshatini o‘z boshidan bir necha bor kechirgan, bu buzg’unchilik harakatining aziyatlarini tushunadi. Jumladan, Toshkentda ro‘y bergan fevralg’ voqealari, Surxondaryo viloyatining Sariosiyo, Uzun tumanlaridagi xunrezliklar, poytaxtimizdagi xorijiy davlatlar elchixonalarida terror akti sodir etishga bo‘lgan urinishlar va boshqa terroristik harakatlarning bari ana shu yovuz kuchga birikkan jangarilarning konstitutsiyaviy tuzumga qarshi xurujlari edi. Biroq, qabih va razil to‘dalar har qancha urinishmasin, bizni o‘z tanlagan yo‘limizdan chalg’ita olmaydi. Davlatimiz ayni paytda diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash borasida izchil siyosat yuritib kelmoqda. Buni viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatidan ham ko‘rish mumkin. Ularning hamkorligida viloyatda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, diniy ekstremizm, terrorizm va konstitutsion tuzumga tajovuz qilish bilan bog’liq og’ir va o‘ta og’ir jinoyatlarning oldini olishga jiddiy e’tibor berilmoqda.

din3

Xususan terroristik tashkilotlar va diniy ekstremistik oqimlarning 20 asrning 80 yillarida vujudga kelganligi, O‘zbekistonda asosan Turkiston islom harakati (O‘zbekiston islom harakati) va Islom jihodi guruhi keng faoliyat olib borayotganligi haqida qayd etib o‘tdi. Ma’ruzachi shuningdek o‘z so‘zida bu ikkala tashkilotning rahbarlari o‘z safiga tarafdorlarini qay yo‘sinda jalb qilish usullari, ular asosan xorijiy rahnamolari ko‘magi bilan qo‘poruvchilik harakatlarini amalga oshiryotganligi xususida hayotiy misollar bilan so‘zlab berdi. Xususan, 2009 yilda bu tashkilot tomonidan ichki ishlar tizimi xodimlari va bir qator shaxslarga nisbatan suiqasd uyushtirilganligini aytib o‘tdi.

Bu qo‘poruvchi tashkilotlar tomonidan so‘nggi yillarda asosan yoshlarni internet tarmog’i orqali turli ijtimoiy tarmoqlar va saytlar vositasida o‘z safiga da’vat qilayotganligini ta’kidlab o‘tdi. Yoshlar internet tarmog’idan foydalanish davrida yuqorida ta’kidlab o‘tilgan saytlarga kirib qolishidan ogoh bo‘lishi zarurligi qayd etildi. Mahruzachi har birimiz ogoh bo‘lib bunday salbiy holatlarni paydo bo‘lishining oldini olishga mas’ul bo‘lishimiz zarurligini ta’kidladi.

Mustaqillikning ilk yillaridan qonun ustuvorligiga, barcha fuqarolarning qonun oldida tengligiga katta e’tibor qaratilishi va ushbu masalaning mazkur besh tamoyil qatoriga kiritilishi mamlakatimizda sud-huquq tizimini huquqiy davlatni shakllantirishning muhim tarkibiy qismi sifatida chuqur isloh etish va erkinlashtirish bo‘yicha yangi kontseptsiyaning hayotga tatbiq etilishi uchun zamin yaratdi. Buning natijasi o‘laroq, Konstitutsiyamizda, qonunlarimizda va umume’tirof etilgan xalqaro normalarda mustahkamlangan inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash, insonning hayoti, daxlsizligi, qadr-qimmati va boshqa qonuniy manfaatlarini himoya qilishning samarali mexanizmi shakllantirildi.

Talabalarning xulq-atvori bo‘yicha mas’ul sifatida avvalo guruh murabbiylarining mas’uliyatini oshirish lozimligi qayd etildi. Tadbirda talabalarga mavzu bo‘yicha tayyorlangan “Mahallalardagi “poligonlar” va “Hujra ortidagi sirlar” videofilg’mlari namoyish etildi. Soliq akademiyasi Prorektori B.Tuxliev tadbir mehmonlariga ishtiroki uchun minnatdorchilik bildirib, Soliq akademiyasi professor-o‘qituvchilari va talabalariga yuqorida bildirilgan fikrlardan xulosa chiqargan holda hushyor va ogoh bo‘lish barchamizning burchimiz ekanligini ta’kidladi.