O'zbekiston Respublikasi

Davlat soliq qo'mitasining

Soliq akademiyasi

 

gerb

   sitemap

 

 

"Shunga erishmog'imiz kerakki, har bir soliq to'lovchi, u xoh jismoniy, xoh yuridik shaxs bo'lsin, soliq to'lashdan bo'yin tovlamasdan, daromadlarini yashirishga urinmasdan, aksincha, o'z ishlab chiqarishini rivojlantirish va daromadini oshirishga intilsin"   I.A.Karimov. 

Home  /  Yangiliklar  /  Elektr energiyasi va tabiiy gazni iste'mol qilishda to‘lov intizomiga qattiy rioya qilish.

Elektr energiyasi va tabiiy gazni iste'mol qilishda to‘lov intizomiga qattiy rioya qilish.

« Back

Elektr energiyasi va tabiiy gazni iste'mol qilishda to‘lov intizomiga qattiy rioya qilish. 14.07.2017 14:29

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining 2017 yil 3 iyundagi  "O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 maydagi PF-5059-son Farmoni ijrosini ta'minlash to‘g‘risida"gi  366-sonli buyrug‘i ijrosini ta'minlash yuzasidan Soliq akademiyasining 2017 yil 6 iyuldagi 330-sonli   buyrug‘i  qabul qilindi. Mazkur buyruq bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 may kuni qabul qilingan  PF-5059-son  Farmoni ijrosini ta'minlashga qaratilgan chora-tadbirlar yuzasidan Soliq akademiyasining chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

Ushbu Farmon mazmuni bilan Akademiya professor-o‘qituvchilari, xodimlar va talabalar tanishtirildi. Xodimlar va talabalarda energiya resurslariga nisbatan tejamkorona munosabatda bo‘lish va undan oqilona foydalanish madaniyatini shakllantirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilib ijrosi bo‘yicha tegishli ishlar amalga oshirilmoqda. Elektr energiya va tabiiy gazni tejamli ishlatish, elektr energiya va tabiiy gaz bo‘yicha to‘lovlarni o‘rnatilgan tartibda o‘z vaqtida amalga oshirish, qarzdorlikka yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha qat'iy chora-tadbirlar belgilandi.

2 1