O'zbekiston Respublikasi

Davlat soliq qo'mitasining

Soliq akademiyasi

 

gerb

   sitemap

 

 

"Shunga erishmog'imiz kerakki, har bir soliq to'lovchi, u xoh jismoniy, xoh yuridik shaxs bo'lsin, soliq to'lashdan bo'yin tovlamasdan, daromadlarini yashirishga urinmasdan, aksincha, o'z ishlab chiqarishini rivojlantirish va daromadini oshirishga intilsin"   I.A.Karimov. 

Home  /  Yangiliklar  /  Intellektual yoshlar tabriklaymiz!

Intellektual yoshlar tabriklaymiz!

« Back

Intellektual yoshlar tabriklaymiz! 27.05.2015 17:16

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati markaziy kengashi hamkorligida 2015 yil 27 may kuni «Soliq bilimdonlari – 2015» ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.

Ko‘rik-tanlovda O‘zbekiston Milliy universitetining «O‘zbekiston yoshlari», Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining «Soliq xizmati-farovonlik ziynati», Toshkent davlat agrar universitetining «Agroislohotchi», Soliq akademiyasining «Intellektual yoshlar», Toshkent moliya institutining «Soliq bilimdonlari», Toshkent temir yo‘l transporti muhandislari institutining «Afrosiyob», Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining «Dizayn», Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutining «Tadbirkor irrigator» jamoalari o‘zlaring soliq haqidagi bilimlarini, turli sahna ko‘rinishlari va badiiy chiqishlar, savol-javoblar orqali namoyish etishdi.

Jamoalarning bilimlari 5 ta shart bo‘yicha hakamlar hay’ati tomonidan baholandi. Bunda ularning mamlakatimizda shakllantirilgan qulay ishbilarmonlik muhiti, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari uchun yaratilgan shart-sharoit, soliq imtiyoz va preferensiyalari, iste’molchilar huquqlari kafolatlari xususidagi bilimlari muhim mezon bo‘ldi.

Tadbir yakuniga ko‘ra, Toshkent davlat agrar universitetining «Agroislohotchi» jamoasi g‘olib bo‘ldi. Soliq akademiyasining «Intellektual yoshlar» jamoasi ikkinchi va Toshkent moliya institutining «Soliq bilimdonlari» jamoasi faxrli uchinchi o‘rinni egalladi. Hakamlar hay’ati tomonidan 3-kurs ST-121 guruh talabasi Dilshod Baxtiyorov eng yaxshi soliq bilimdoni deb topildi. Akademiya jamoasi II-darajali diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

 

IMG_1018