Muhtaram Prezidentimiz Islom Karimov “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tashkil topgan ilk kunlardanoq, uning faoliyatini qo’llab quvvatlab, “Kamolot – yoshlarning chinakam suyanchi va tayanchi bo’lsin!”, deya tilak bildirgan edilar. O’tgan vaqt davomida harakat keng miqyosda samarali faoliyat olib borayotgani bugun hech kimga sir emas. Harakat tizimlaridagi boshlang’ich tashkilotlar soni 14877 ta, 15-30 yoshdagi a`zolar soni 4093395 nafarni tashkil etmoqda. Birgina yuqoridagi raqamlarning o’zigina harakat faoliyatining nechog’lik muhim ahamiyat kasb etayotganligini ko’rsatmoqda.
Yangi 2016-yilni puxta rejalar bilan boshlash va yakunlangan davrni sarhisob qilish maqsadida harakatning hududiy Kengashi tomonidan joylarda qator tadbirlar tashkil etilmoqda. Jumladan, 2016-yil 17-fevral kuni Soliq akademiyasida “Kamolot” YIH boshlang`ich tashkiloti hisobot-saylov yig`ilishi bo`lib o`tdi. Hisobot-saylov yig’ilishida 2015 yilda amalga oshirilgan ishlar va 2016-yilga mo`ljallangan ish rejasini tasdiqlash yuzasidan qarorlar qabul qilindi.
Boshlang’ich tashkilotning 100 nafar delegatdan 100 nafar delegatlari ishtirok etayotganligi ta`kidlanib, yig’ilish vakolatli deb e`lon qilindi. Yig`ilishni Soliq akademiyasi Ma`naviyat va ma`rifat ishlari bo`yicha prorektor B.Tuxliyev olib bordi.
Yig`ilishning belgilangan tartib-qoidalar asosida o`tishini nazorat qilish maqsadida 4 kishidan iborat tarkibda yig`ilish hay`ati shakllantirildi. Uning tarkibiga Ma`naviyat va ma`rifat ishlari bo`yicha birinchi prorektori – Tuxliev Bozor Karimovich, “Kamolot” YIH ning Uchtepa tuman Kengashi tashkiliy kadrlar bo`limi boshlig`i- Yaratov Jamil Vasilievich, “Soliqlar va soliqqa tortish” tortish fakulteti dekani Valiev Abbosxon Akmalovich, 2-kurs talabasi Ergashev Sardorlardan iborat tarkibda yig`ilish Hay`ati saylandi. Yig`ilish kotibiyati tarkibiga 2-bosqich talabalari (Z.Mirzaahmadova va M.Begbutova)lar saylandi.
Yig’ilish reglamenti tasdiqlanib, unga ko’ra kun tartibidagi birinchi masala, ya`ni 2015-yil yakunlari bo’yicha akademiya boshlang’ich tashkiloti yetakchisining hisoboti eshitildi, hamda yig’ilish qatnashchilari tomonidan qoniqarli deb to’ildi. Harakat faoliyatida yo’l qo’yilgan ayrim kamchiliklar haqida atroflicha fikr yuritildi va bu bo’yicha tegishli xulosalar chiqarildi.
Kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan Boshlang`ich tashkilot Kengashi a`zoligiga akademiya talabalaridan 2-kurs talabalari SH.Xayrullaev, X.Maxmudov, M.Sunnatov, S.Ergashev, S.Mirzaliev, 1-kurs talabalari X.Yusufjonov, M.Murtozaev, 3-kurs talabasi A.Tilloev nomzodlari taklif etildi hamda delegatlar tomonidan saylandi.
Boshlang`ich tashkilot yetakchiligiga akademiya Ma`naviyat-ma`rifat va iqtidorli talabalar bilan ishlash bo`limi uslubchisi Turaqulov Temirjon To`lqin o`g`li hamda 2-kurs ST-141 guruh talabasi Sobirov Shoxboz Sohibqiron o`g`li nomzodlari taklif etildi. Nomzodlarning saylovoldi dasturi eshitildi. So`ng, ularning nomzodi ovozga qo`yilib, 70 foiz ovoz bilan T.Turaqulov boshlang`ich tashkilot yetakchiligiga saylandi. Shuningdek, yig`lishda Harakatning Soliq akademiyasi “Soliqlar va soliqqa tortish” tortish fakulteti yetakchiligiga 2-kurs ST-141 guruh talabasi Sobirov Shoxboz Sohibqiron o`g`li nomzodi ovozga qo`yildi va tasdiqlandi.
Kun tartibidagi uchinchi masala yuzasidan yangi saylangan boshlang`ich tashkilot yetakchisi T.Turaqulov axborot berib o`tdi. Boshlang`ich tashkilot faoliyatining 2016-yildagi ustuvor masalalari (ish rejasi) ovozga qo`yilib, delegatlar tomonidan bir ovozdan ma`qullandi.
Hisobot-saylov yig`ilishida akademiya iqtidorli talaba yoshlaridan shakllantirilgan delegatlar faol ishtirok etishdi.