O'zbekiston Respublikasi

Davlat soliq qo'mitasining

Soliq akademiyasi

 

gerb

   sitemap

 

 

"Shunga erishmog'imiz kerakki, har bir soliq to'lovchi, u xoh jismoniy, xoh yuridik shaxs bo'lsin, soliq to'lashdan bo'yin tovlamasdan, daromadlarini yashirishga urinmasdan, aksincha, o'z ishlab chiqarishini rivojlantirish va daromadini oshirishga intilsin"   I.A.Karimov. 

Home  /  Yangiliklar  /  “Kasb odobi va ma’naviy komillik” mavzusidagi ma’naviy ma’rifiy tadbir

“Kasb odobi va ma’naviy komillik” mavzusidagi ma’naviy ma’rifiy tadbir

« Back

“Kasb odobi va ma’naviy komillik” mavzusidagi ma’naviy ma’rifiy tadbir 16.10.2015 15:21

2015 yil 16 oktyabr kuni Soliq akademiyasida “Kasb odobi va ma’naviy komillik” mavzusidagi ma’naviy ma’rifiy tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirni Soliq akademiyasi “Soliqlar va soliqqa tortish” fakulteti dekani A.Valiev kirish so‘zi bilan ochib, davlat soliq xizmati organlari shaxsiy tarkibining kasb-etikasi va madaniyatini yanada yuksaltirish, soliq to‘lovchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini kafolatlovchi qonun hujjatlariga qat’iy rioya etilishini ta’minlash, mansabni suiiste’mol qilish, poraxo‘rlik va boshqa nojo‘ya xatti-harakarlarni sodir etish kabi holatlarning oldini olish hamda ularni bartaraf etishning zarurligi haqida fikr bildirdi.111

Jumladan, 2009 yil 11 sentyabrda “O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organlari xodimlarining Kasb odobnomasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 184-sonli buyrug‘i tasdiqlandi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Soliq kodeksi, «Davlat soliq xizmati to‘g‘risida»gi Qonuni va boshqa qonun hujjatlari bilan davlat soliq xizmati organlari oldiga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning byudjetga to‘liq va o‘z vaqtida tushishini ta’minlash yuzasidan qo‘yilgan vazifalarning muvaffaqiyatli bajarilishi tizimning har bir xodimidan xizmat vazifalariga vijdonan va mas’uliyat bilan yondashishni, zarur ko‘nikma va malakaga, odob-axloq va boshqa umuminsoniy jihatlarga ega bo‘lishni hamda fidoiylik, halollik va qat’iyatlikni talab etadi – deya qayd etilgan.
Muhtaram Prezidentimiz Islom Abdug‘aniyevich Karimov aytganlaridek: “Biz jamiyatimiz taraqqiyotini faqatgina iqtisodiy, ijtimoiy farovonlik bilangina emas, xalqimizning ma’naviy barkamolligi, demokratik va insonparvarlik tamoyillarining kishilar ongida nechog‘lik chuqur ildiz otishi bilan baholaymiz”.333

Davlat soliq xizmati organlari xodimlarining xavfsizligini ta’minlash, ularning mas’uliyatini yanada oshirish, ular orasida mansabni suiiste’mol qilish holatlarining oldini olish hamda ularga barham berish borasidagi faoliyatni yanada ko‘chaytirish maqsadida davlat soliq xizmati organlari xodimlarining Kasb odobnomasi tasdiqlangan.
Shundan so‘ng bayramni badiiy qismiga navbat berildi. Tadbirda akademiya talabalari soliq organlari kasbiy odobi, ularning o‘z xizmat vazifalariga vijdonan va mashuliyat bilan yondashishishlari zarurligini idoda etuvchi hodatlarni o‘zlarining sahna ko‘rinishlari misolida ko‘rsatib berdilar.

Soliq xizmati xodimlarining ma’naviy-ruhiy qiyofasi va intellektual salohiyati tushunchasini aniqlash, shaxs ma’naviy qiyofasini o‘rganish, uning dunyoqarashida paydo bo‘lgan loqaydlik, mas’uliyatsizlik, tashabbuskorlik, tadbirkorlikning sustligi sabablarini ochish hamda jonkuyarlik, fidoiylik, vatanparvarlik, insonparvarlik, xalqparvarlik, mehnatsevarlik kabi sifat va fazilatlarni kengroq yoritishining yo‘llarini topishga jiddiy e’tibor berishga qaratilgan ushbu tadbir barchaga foydali bo‘ldi.

444

Tadbir ko‘tarinki kayfiyatda o‘tib, talaba-yoshlarning kasb odobi haqidagi tushunchalarini yanada boyishiga, kelajakda yetuk, o‘z kasbini hakikiy mutaxassisi bo‘lib yetishishlarida, vijdonan pok va halol mehnat qilib, egallagan kasblaridan faxrlanish tuyg‘usini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Tadbir barcha ishtirokchilarda katta taassurotlar qoldirdi.