O'zbekiston Respublikasi

Davlat soliq qo'mitasining

Soliq akademiyasi

 

gerb

   sitemap

 

 

"Shunga erishmog'imiz kerakki, har bir soliq to'lovchi, u xoh jismoniy, xoh yuridik shaxs bo'lsin, soliq to'lashdan bo'yin tovlamasdan, daromadlarini yashirishga urinmasdan, aksincha, o'z ishlab chiqarishini rivojlantirish va daromadini oshirishga intilsin"   I.A.Karimov. 

Home  /  Yangiliklar  /  “KITOB BILIM MANBAI”

“KITOB BILIM MANBAI”

« Back

“KITOB BILIM MANBAI” 11.05.2017 18:10

Akademiya Ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha prorektori B.K.Tuxliev kun tartibidagi mavzu bilan tadbir ishtirokchilarini tanishtirdi. SHuningdek, tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish ekanligini ta’kidlab, Soliq akademiyasida ham kitobxonlik madaniyati bo‘yicha ko‘pgina amaliy tadbirlar o‘tkazib kelinayotganligi haqida to‘xtalib o‘tdi. SHundan so‘ng so‘z navbatini Toshkent viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti professori Rahimboy Jumaniyozovga berdi.

                                     55

Rahimboy Jumaniyozov - ilmdan bebahra ko‘ngil – ojiz, kitobsiz uy – hamisha qarong‘u. SHu kabi jamiyatni, ma’naviy muhitni yaxshi va foydali kitobsiz, kitobxon va kutubxonasiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Internet va boshqa zamonaviy axborot texnologiyalari jadal rivojlanayotgan bugungi kunda yoshlarda kitobga qiziqishini oshirish, mutolaa madaniyatini shakllantirish nafaqat pedagoglar, balki barchamizning muhim vazifamizdir. Kitobga mehr qo‘ygan, kitob orqali dunyoni anglagan inson yomonlikdan yiroq bo‘ladi, ezgulik haqida o‘ylaydi, ezgu ishlar qilishga intiladi.                                                                                                     

                       22

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning 2017 yil 12 yanvarda imzolangan “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida”gi farmoyishi ana shu ezgu ishlarni yangi, yanada yuksak bosqichga ko‘tarishga qaratilganligi bilan g‘oyatda ahamiyatlidir .    

               33

Farmoyishning ibratli jihati shundan iboratki, unda kitob mahsulotlari nashr etish, tarqatish, kitob mutolaasi, kitobxonlik madaniyatining bugungi kundagi holati, mavjud kamchilik, xatolar ro‘y-rost ochib berilgan. Ayniqsa, badiiy, ma’rifiy, ilmiy-ommabop, tarbiyaviy, yoshlarning intellektual salohiyatini oshirishga qaratilgan adabiyotlarni chop etish, ular bilan ta’lim muassasalarini ta’minlash, milliy va jahon adabiyoti namoyandalarining etuk asarlarini saralash, tarjima qilish ishlari puxta o‘ylangan tizim asosida tashkil etilmagani, ta’lim va madaniyat muassasalari uchun kitob xarid qilishga mablag‘lar etarli darajada mavjud bo‘lgan manbalar hisobidan jalb etilmayotgani, kitob sotishga ixtisoslashgan korxonalar tomonidan ta’lim muassasalari, kutubxonalar va mahallalarda yangi kitoblar taqdimotlarini o‘tkazish, mutolaa madaniyatini oshirish, shu jumladan, ommaviy-axborot vositalari orqali targ‘ibot-tashviqot qilishga qaratilgan tadbirlar yuksak talablar darajasida emasligiga alohida e’tibor berilgan.

                   44

Shundan so‘ng O‘zbekiston YOzuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Shukur Qurbon - o‘z ma’ruzasida Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy hazratlari yozganidek, “Kitob – beminnat ustoz, bilim va ma’naviy yuksalishga erishishning eng asosiy manbaidir” deya ta’kidladi.

                 55

Xalqimiz tilida ham kitob o‘qib bilim va munosib ta’lim-tarbiya olish, ilm-fan bilan shug‘ullanish, kasb-hunar o‘rganishning ahamiyatiga doir maqollar juda ko‘p. Jumladan, “Kitobsiz aql — qanotsiz qush”, “Baxt belgisi — bilim”, “Bilim — aql chirog‘i”, “Go‘zallik — ilmu ma’rifatda”, “Ilm baxt keltirar, bilim taxt keltirar”, “Hunar — oqar buloq, ilm — yonar chiroq”, “Oltin olma, bilim ol, bilim olsang, bilib ol”. Bunday purhikmat naqllarni yana uzoq davom ettirish mumkin.

                      66

Eng muhimi, necha ming yillardan buyon sayqallanib, ne-ne avlodlarga yo‘lchi yulduzdek to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatib kelayotgan ana shu xalqona hikmatlar negizidagi asl haqiqat shuki, insonning bilimli, tarbiyali, kasb-hunarli va albatta baxtli va davlatli bo‘lishining muhim omili — bu kitobga do‘st bo‘lish, hamisha kitob o‘qish va kitob mutolaasini umr bo‘yi kanda qilmaslikdir.

Ayniqsa, yoshlarning baxtu kamoli, osoyishta va farovon hayotida kitobning alohida o‘rni bor. CHunki yaxshi kitob insonda Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini yuksaltirib, yaxshilik hamda ezgulikka undaydi.

Tadbir so‘nggida Akademiya Axborot resurs markazidagi mavjud badiiy adabiyotlar bo‘yicha ko‘rgazma tashkil etildi. 

Qizg‘in suhbatdan so‘ng Soliq akademiyasi Ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha prorektori B.K.Tuxliev tadbir qatnashchilariga minnatdorchilik bildirib, bu kabi davra suhbatlarini tez-tez o‘tkazish foydadan holi bo‘lmasligini ta’kidladi.