O'zbekiston Respublikasi

Davlat soliq qo'mitasining

Soliq akademiyasi

 

gerb

   sitemap

 

 

Home  /  Yangiliklar  /  Mustaqilligimizning 26 yilligiga bag'ishlab, Akademiya talabalari o'rtasida sportning futbol turi bo'yicha kurslararo birinchilik musobaqasi o'tkazildi

Mustaqilligimizning 26 yilligiga bag'ishlab, Akademiya talabalari o'rtasida sportning futbol turi bo'yicha kurslararo birinchilik musobaqasi o'tkazildi

« Back

Mustaqilligimizning 26 yilligiga bag'ishlab, Akademiya talabalari o'rtasida sportning futbol turi bo'yicha kurslararo birinchilik musobaqasi o'tkazildi 15.09.2017 15:49

     O'zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining yigirma olti yillik bayramiga bag'ishlab, Jismoniy tarbiya kafedra tomonidan 13-14 sentabr kunlari Akademiya talabalari o'rtasida sportning futbol turi bo'yicha kurslararo birinchilik musobaqasi o'tkazildi. O'tkazilgan musobaqada Akademiyaning bakalavr yo'nalishidagi birinchi kursdan to'rtinchi kursgacha bo'lgan talabalar ishtirok etdilar.

13

      Musobaqada to'rtta kurs terma jamoalari, birinchi kurs terma jamoasi uchinchi kurs terma jamoasi bilan bahs yuritgan bo'lsa, ikkinchi kurs terma jamoasi esa to'rtinchi kurs terma jamoasi bilan bahs olib bordilar. Musobaqa qoidasiga ko'ra ikki juftlik uchrashuvidan g'alaba qozongan jamoalar to'g'ridan-to'g'ri finalga chiqishi belgilangan bo'lib, uchinchi o'rin uchun bellashuv bo'lmadi.

11                   14

       Musobaqaning birinchi kunining birinchi uchrashuvida ikkinchi va to'rtinchi kurslar terma jamoalari kuch sinashdi. Hisob 3-1 bo'ldi va to'rtinchi kurs terma jamoasi finalga chiqdi. Keyingi kunda 5-0 hisobida uchinchi kurs terma jamoasi yutib finalga chiqdi.

12

      Musobaqaning so'nggi kunidagi final uchrashuvida uchinchi va to'rtinchi kurs terma jamoalari kuch sinashdilar. Keskin hamda teng o'tgan uchrashuvda musobaqada chiroyli o'yin ko'rsatgan uchinchi kurs talabalari 3-0 hisobida g'alaba qozonishdi. Mustaqilligimizning 26 yilligiga bag'ishlab o'tkazilgan kurslararo futbol musobaqasi juda qiziqarli tarzda o'tdi. G'oliblarga sovrinlar a faxriy yorliqlar topshirildi.