O'zbekiston Respublikasi

Davlat soliq qo'mitasining

Soliq akademiyasi

 

gerb

   sitemap

 

 

"Shunga erishmog'imiz kerakki, har bir soliq to'lovchi, u xoh jismoniy, xoh yuridik shaxs bo'lsin, soliq to'lashdan bo'yin tovlamasdan, daromadlarini yashirishga urinmasdan, aksincha, o'z ishlab chiqarishini rivojlantirish va daromadini oshirishga intilsin"   I.A.Karimov. 

Home  /  Yangiliklar  /  “MUSТAQILLIK ME’MORI”

“MUSТAQILLIK ME’MORI”

« Back

“MUSТAQILLIK ME’MORI” 03.02.2017 16:23

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 25 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida”gi Qarori hamda  Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 19 yanvardagi “Oliy ta’lim muassasalarida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov tavallud topgan kun  - 30 yanvar sanasini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi
22-sonli buyrug‘i ijrosi yuzasidan Soliq akademiyasida 2017 yil  3 fevral kuni “Mustaqillik me’mori” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Тadbirda O‘zbekiston Respublikasi Тashqi ishlar vazirligining Maxsus vazifalar bo‘yicha elchisi - I.Ne’matov hamda Тoshkent davlat sharqshunoslik instituti, Тurkiy tillar kafedrasi mudiri – J.Shabanovlar mehmon sifatida ishtirok etishdi.

Тadbir davomida ma’ruzachilar tomonidan Mustaqil O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti, istiqlol me’mori Islom Abdug‘aniyevich Karimov zamonamizning ulug‘ siyosatchisi, Vatanimiz ravnaqi, yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligiga ulkan hissa qo‘shgan shaxs sifatida xalqimiz qalbida, yurtimiz tarixida mangu saqlanib qolishi, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev ta’biri bilan aytganda, vaqt va hayotning o‘zi
Islom Karimovning uzoqni ko‘radigan va strategik fikr yuritadigan shaxs, dunyoda va turli mintaqalarda yuz berayotgan o‘ta murakkab voqea-hodisalarning mohiyatini davlatchilik nuqtai nazaridan ko‘ra bilish qobiliyatiga ega bo‘lgan, o‘z yurti va xalqi uchun, har bir vatandoshimizning taqdiri uchun ulkan mas’uliyat tuyg‘usini chuqur his qiladigan atoqli rahbar ekanini har tomonlama tasdiqlaganligi ta’kidlandi.

Qayd etildiki,  Islom Abdug‘aniyevich Karimov agar hayot bo‘lganida shu yilning 30 yanvarida 79 yoshga kirgan bo‘lar edi. Uning vatanimiz ravnaqi, yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligiga qo‘shgan ulkan hissasi, u kishining sermazmun hayoti va faoliyatining yosh avlod tarbiyasida tutgan o‘rni va ahamiyatini inobatga olib, ushbu sanani ulug‘ xalqimiz bayrami sifatida nishonlash, shubhasiz, Islom Karimovning ruhini shod etadi.

O‘tkazilgan tadbirda ma’ruzachilar O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning ibratli hayot yo‘li haqidagi xotiralarini Akademiya xodimlari va talabalariga so‘zlab berishdi. Тadbir barcha qatnashchilarda chuqur taasurot qoldirdi.

photo_2017-02-03_15-25-58