O'zbekiston Respublikasi

Davlat soliq qo'mitasining

Soliq akademiyasi

 

gerb

   sitemap

 

 

"Shunga erishmog'imiz kerakki, har bir soliq to'lovchi, u xoh jismoniy, xoh yuridik shaxs bo'lsin, soliq to'lashdan bo'yin tovlamasdan, daromadlarini yashirishga urinmasdan, aksincha, o'z ishlab chiqarishini rivojlantirish va daromadini oshirishga intilsin"   I.A.Karimov. 

Home  /  Yangiliklar  /  O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 23 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 23 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir

« Back

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 23 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir 30.11.2015 16:07

2015 yil 30 noyabr kuni Soliq akademiyasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 23 yilligi munosabati bilan   ma’naviy-ma’rifiy tadbir  tashkil etildi. Tadbirda O‘zbekiston Milliy akademik drama teatri aktrisasi, O‘zbekiston xalq artisti – Gavhar Zokirova, Muqimiy nomidagi musiqali drama teatri aktrisasi – Munojot Alimboeva hamda Toshkent shahar Uchtepa tumani hokimligi Ma’naviyat   targ‘ibot bo‘limi boshlig‘i – Shohida Shomutalovalar ishtirok etdilar.

SAM_0440

Tadbir avvalida Soliq akademiyasi Ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha birinchi prorektor  B.Tuxliev kirish so‘zi bilan ochib - dunyodagi har bir suveren demokratik mamlakatlarda har bir shaxsning   o‘z xohish-irodasini erkin amalga oshirishi bevosita Konstitutsiya va joriy qonunlar bilan amalga oshiriladi. Konstitutsiyada mustahkamlangan me’yorlar esa mamlakatdagi mavjud  demokratik jarayonlar va tamoyillar bilan bog‘liq holda amalga oshadi. Hozirgi kunda biz bozor iqtisodiyoti jarayonining tamoyillariga asoslangan ijtimoiy adolatli fuqarolik jamiyati qurish yo‘lidan bormoqdamiz. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining o‘ziga xos eng muhim xususiyati shundaki, unda ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor munosabatlari va ijtimoiy adolatli fuqarolik jamiyatining asosiy yo‘nalishlari asoslab berilganligini tahkidlab o‘tdi.  Ma’ruzachi shuningdek, - ushbu asosiy Qomusimizda halqimizning o‘z hohish-irodasi, manfaatlari va milliy qadriyatlarimiz o‘z ifodasini topgan. Shu ma’noda, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 23 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan  bugungi mahdaniy-ma’rifiy uchrashuvning ham o‘tkazilishi bejiz emasligini alohida ta'kidladi.

SAM_0448

Shundan so‘ng, O‘zbekiston xalq artisti G.Zokirova so‘zga chiqib, hozirgi tinch va farovon xayotimizning negizini avvalambor, yurtimiz mustaqilligi,  amalga oshirilayotgan islohotlarning to‘g‘ri tanlangani hamda  qabul qilinayotgan qonunlarning insonparvarligi    tashkil qiladi. Huquqiy davlatning quroli ham, himoyasi ham, qalqoni ham qonun hisoblanadi. Jamiyat hayotidagi eng asosiy hujjat Konstitutsiyadir. Yillar o‘tgan sayin asosiy qonunimizning hayotimiz, taraqqiyotimiz uchun ahamiyati qanchalik katta, tanlagan yo‘limiz nihoyatda to‘g‘ri ekanligiga qayta-qayta ishonch hosil qilaveramiz.

SAM_0469

Prezidentimiz I.Karimov ta'kidlaganlaridek, Konstitutsiya har qanday davlatning yuzi, uning obro‘-e'tibori hisoblanadi. U davlatni davlat, millatni millat sifatida dunyoga tanitadigan Bosh Qomusdir.

 Bir so‘z bilan aytganda, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi barcha sohalar uchun manba bo‘lib hisoblanadi. Buni eng avvalo unda belgilab berilgan yo‘nalishlar bo‘yicha – davlat qurilishi, iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy va xalqaro sohalarda qabul qilingan ko‘plab qonunlar misolida ko‘rishimiz mumkin.

 Toshkent shahar Uchtepa tumani hokimligi Ma’naviyat   targ‘ibot bo‘limi boshlig‘i – Shohida Shomutalova so‘z olib, shu kunlarda Vatanimiz uchun mustaqil, erkin hayot kechirish, uni taraqqiy topgan demokratik davlatlar qatoriga ko‘tarish yo‘lining asosiy printsip va qoidalarini muhrlab bergan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini qabul qilganimizning 23 yilligi bayramini nishonlash arafasidamiz. Tariximizda chuqur iz qoldirgan ana shu buyuk sana bilan siz, azizlarni, chin qalbimdan samimiy tabriklayman. Konstitutsiyamizda belgilab berilgan asosiy maqsadlarimiz barchamizga yaxshi ma'lum. Ya’ni, Bosh qomusimiz bozor iqtisodiyotiga asoslangan mustaqil demokratik davlat qurish, inson manfaatlari, huquq va erkinliklari, qonun ustuvorligi va mamlakatimiz barcha fuqarolari uchun qonun oldida tenglik tamoyili ta’minlanadigan fuqarolik jamiyatini shakllantirishning mustahkam poydevorini yaratib berdi.

SAM_0484

Tadbirda Muqimiy nomidagi musiqali drama teatri aktrisasi – Munojot Alimboeva barchani bayram bilan tabriklab, xalqimizning boy ma’naviy merosi hisoblanmish o‘zbek mumtoz musiqa asarlaridan jonli ijroda kuylab berdi.

O‘tkazilgan tadbir qatnashchilarda katta taasurot qoldirdi va qatnashchilar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar bo‘yicha barcha savollarga tegishli javoblar oldilar.

SAM_0499