O'zbekiston Respublikasi

Davlat soliq qo'mitasining

Soliq akademiyasi

 

gerb

   sitemap

 

 

"Shunga erishmog'imiz kerakki, har bir soliq to'lovchi, u xoh jismoniy, xoh yuridik shaxs bo'lsin, soliq to'lashdan bo'yin tovlamasdan, daromadlarini yashirishga urinmasdan, aksincha, o'z ishlab chiqarishini rivojlantirish va daromadini oshirishga intilsin"   I.A.Karimov. 

Home  /  Yangiliklar  /  Prezidentimizning yorqin siymosi bir umr qalblarimizda yashaydi!

Prezidentimizning yorqin siymosi bir umr qalblarimizda yashaydi!

« Back

Prezidentimizning yorqin siymosi bir umr qalblarimizda yashaydi! 04.09.2016 12:17

Davlat soliq qo‘mitasining Soliq akademiyasida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning porloq xotirasiga bag‘ishlangan «Xotira darsi» bo‘lib o‘tdi.

Qayd etilganidek, Islom Karimov mustaqil O‘zbekiston davlatining asoschisi, yurtimizni qaramlikdan ozod qilib, dunyoda «O‘zbek modeli» deb keng e’tirof etilgan taraqqiyot yo‘lini ishlab chiqqan, jahon miqyosida katta obro‘-e’tibor qozongan buyuk davlat va siyosat arbobi sifatida Vatanimiz tarixida o‘chmas va yorqin iz qoldirdi. Shu nuqtai nazardan, xalqimiz tarixan qisqa muddat – 25 yilda erishgan barcha yutuq va marralarini haqli ravishda Prezident Islom Karimov nomi bilan bog‘laydi.

d016b8326db0216888b9c77e174e0fba

 «Xotira darsi»da ma’ruza qilgan Davlat soliq qo‘mitasi raisi Botir Parpiyev, O‘zbekiston Mustaqillikka erishish uchun xalqimiz qanday azob-uqubatlarni boshidan kechirganliklari, o‘ta jiddiy va murakkab davrda mamlakatimiz hududi yaxlitligi va aholisining farovonligini ta’minlashda Birinchi Prezident Islom Abdug‘aniyevich Karimov tomonidan tom ma’nodagi jasorat, Vatanga muhabbat, yurtga sadoqat namunalari ko‘rsatilganligini tinglovchilar bilan o‘rtoqlashdi.

Ta’kidlanganidek, Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan Farmon va qarorlar soliq siyosatini erkinlashtirish, tadbirkorlikni rivojlantirish, ijtimoiy sohani rag‘batlantirish, soliq yukini kamaytirish hamda soliq ma’murchiligini takomillashtirishga qaratilayotganligi alohida ahamiyat kasb etdi. Xususan, respublikamiz soliq siyosatida soliq yukini tobora kamaytirib borishga yo‘naltirilgan tadbirlar natijasida iqtisodiyotimizdagi soliq yuki yalpi ichki mahsulotga nisbatan 1995 yildagi 41,2 foizdan ikki martadan ortiq kamayib, 2015 yilda 20,0 foizni tashkil etdi.

Bu ko‘rsatkich boshqa mamlakatlarga qaraganda ancha pastdir. Masalan, soliq yuki darajasi Turkiyada 32,5%, Avstriyada 43,4%, Qozog‘istonda 26,8% yoki Estoniyada 32,3% ni tashkil etadi. Jumladan, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining yuqori shkalasi bo‘yicha soliq stavkasi 1990 yilda 60 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2016 yilga kelib, mos ravishda 23 foiz belgilandi yoki 2,6 barobarga kamaydi. E’tiborlisi shundaki, 2015 yildan boshlab fuqarolarning daromadlarini soliqqa tortishda «nol» darajali stavka joriy etilib, past darajali daromadga ega bo‘lgan aholi qatlamini ijtimoiy himoya qilishga erishildi.

0110a3547dea9fa4ea8b748251bcc7b3

 Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 2008 yil 1 yanvardan boshlab amalga kiritilib, bugungi kunga kelib u soliq qonunchiligini tartibga soluvchi yagona huquqiy hujjatga aylandi.

Shuningdek, tadbirkorlik subyektlarning qonuniy manfaatlari himoya qilinib, ularning moliya-xo‘jalik faoliyatiga asossiz aralashuvlarni oldini olish borasida davlat soliq xizmati organlari tomonidan o‘tkaziladigan soliq tekshiruvlari soni 2001 yilga nisbatan 2015 yilda 3,7 martaga qisqardi.

Bunday yutuqlarning barchasi bugun biz boshimizdan kechirayotgan o‘ta tahlikali zamonda, yon-atrofimizda turli tahdid va xatarlar kuchayib borayotgan bir sharoitda eng katta va bebaho boyligimiz bo‘lgan tinchlik va osoyishtalikni ko‘z qorachig‘idek asrash, millatlar va fuqarolararo do‘stlik va hamjihatlik, o‘zaro hurmat va mehr-oqibat muhitini mustahkamlash evaziga erishildi.

«Xotira darsi»da ishtirokchi yoshlar davlatimiz rahbarining o‘zlariga ko‘rsatgan otalarcha mehribonligi va g‘amxo‘rligini minnatdorlik bilan yodga oldi.

– Mustaqilligimiz asoschisi, buyuk davlat va siyosat arbobi Islom Karimovning yorqin siymosi bir umr qalblarimizda yashaydi, - dedi Davlat soliq qo‘mitasining Soliq akademiyasi 2-kurs tinglovchisi Hojiakbar Yusufjonov. – Prezidentimiz doim biz – yoshlarga murojaat etganlarida «Aziz farzandlarim, marrani baland olinglar. O‘qib-o‘rganish, kasb egallash, izlanishdan bir muddat ham to‘xtamang», deb ko‘p bora takrorlab, shu muqaddas zaminni obod etish, uni himoyalash barchamizning burchimiz ekanini uqtirar edi. Biz Prezidentimiz bildirgan yuksak ishonchga munosib bo‘lish, Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligi yo‘lida fidokorona xizmat qilishga va’da beramiz.